Mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalami hal qilish maqsadida qo‘llanadi


TAVSIFNOMA, TAVSIYANOMA Tavsifnom a



Yüklə 161,04 Kb.
səhifə7/10
tarix07.06.2023
ölçüsü161,04 Kb.
#126167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
DTIY

TAVSIFNOMA, TAVSIYANOMA Tavsifnom a
M a’lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdek, uning o‘ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat. Tavsifnoma muassasa ma’muriyati yoki jamoat tashkilotlari (agar ular mavjud bo4Isa) tomonidan xodimga bir qancha maqsadlar uchun (o‘quv yurtiga kirishda, xorijiy mamlakatlarga ishlash va boshqa yumushlar uchun ketishda, lavozimga tayinlashda yoki shahodatlantirish va boshqa hollarda) beriladi. Tavsifnomada xodimning jamoatchilik va xizmat faoliyati, uning ishchanligi va axloqiy sifatlari ham ko‘rsatib o‘tiladi. Tavsifnomaning asosiy zaruriy qismlari quyidagilardan iborat:
1. Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma’lumotlar:
a) ismi, otaismi va familiyasi;
b) tug‘ilgan yili;
d) millati;
e) partiyaviyligi;
f) ma’lumoti;
g) lavozimi;
h) ilmiy darajasi va unvoni.
2. Hujjat nomi (Tavsifnoma).
3. Matn.
4. Imzolar.
5. Sana.
6. Muhr.
Ma lumot-axborot hujjatlari Tavsifhoma matnini o‘zaro mantiqan bog‘langan uch tarkibiy qismga ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi qismda shaxsning mehnat faoliyati, ya’ni mutaxassisligi, aynan shu korxona, tashkilot va boshqa joylarda qaysi muddatdan buyon ishlayotganligi, xizmat vazifasidagi o‘zgarishlar va boshqalar haqida m a’lumot beriladi. Ikkinchi qismda xodimning shaxsiy tavsifi, ya’ni ishga munosabati, mutaxassislik bo‘yicha mahorati, siyosiy saviyasi, tashkilotchilik qobiliyati, jamoat ishlarida ishtiroki, oilaviy ahvoli, xulq-atvori, hatto ba’zida siyrati, jamoa a’zolariga munosabati, qanday mukofotlarga sazovor bo‘lganligi va boshqa asosiy rag‘batlantirishlari qayd etiladi. Xolis bo‘lish uchun kamchiligi ham ko‘rsatilib, istak bildiriladi. Uchinchi qismda esa yuqorida bayon qilinganlardan xulosa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima uchun berilayotganligi ko‘rsatiladi. Tavsifhoma matni uchinchi shaxs tilidan bayon qilinadi. Xodimni tavsiflashda «halol», «topshiriqlami vaqtida bajaradigan», «mehnatsevar», «talabchan», «tashabbuskor», «tezkor», «prinsipial», «intizomli» kabi sifatlardan foydalaniladi. Agar tavsifhoma jamoat tashkilotlari yig‘ilishida tasdiqlangan bo‘lsa, shu yig‘ilish bayonnomasi raqami va sanasiga havola bo‘ladi. Qoidaga ko‘ra tavsifnomaga ikki shaxs: muassasa yoki bo‘linma) boshlig‘i vb kasaba uyushmasi tashkilotining iaisi imzo chekadi va ular imzosi yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi. Tavsifhoma xodimning qo‘liga topshiriladi yoki uni shaxsan xabardor qilgan holda, tavsifnomani talab qilgan muassasaga jo ‘natiladi. Tavsifhomalaming «ishlab chiqarish tavsifnomasi», «tavsifiy tavsiyanoma», «xizmat tavsifnomasi» kabi turlari mavjud bo‘lib, ular ayrim xususiyatlari jihatidan o‘zaro farqlanadi.

Yüklə 161,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin