Mazkur majmua Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti


Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/34
tarix26.09.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#149145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Badiiy matn tahlili МАЖМУА

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 
1.
Dramatik asar tahlilida sahnaviylik va dramatik konflikt. 
2.
Asar kompozitsion – suyujet elementlari tahlili. 
3. 
Dramatik asar tahlili jarayonida badiiy tilning o‘rni.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


49 
Amaliy mashg‘ulotlar uchun materiallar 
Amaliy mashg‘ulot-1. 
Mavzu: Badiiy asarning ilmiy tahlili(A.Qahhorning “Anor” va “O‘g‘ri” 
hikoyalari misolida) 
Reja: 
1.
Badiiy asarning ilmiy tahlili haqida tushuncha. 
2.
Abdulla Qahhorning “Anor” hikoyasi tahlili. 
3.
Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasi tahlili 
Badiiy asar mohiyatini ochishda ilmiy (filologik) tahlil baland rutbada 
turadi. Filologik (ilmiy) tahlilga xos xususiyatlarini aniqlash uchun bu xil 
tahlilning maqsadini belgilash zarurdir. Ilmiy tahlilning maqsadi o‘rganilayotgan 
asarning hayotiy va badiiy mantig‘i hamda estetik jozibasini ochishdan iboratdir. 
Tahlilning bu turi oldida tekshirilayotgan asarning haqiqiy badiiy qimmatini 
aniqlash, uning millat badiiy hayotidagi asl o‘rnini tayin etish, muayyan asarning 
millat badiiy tafakkuriga qo‘shgan yangiligini xolis aniqlab berish, uning jamiyat 
a’zolari ijtimoiy ongiga ta’sirini belgilash, asarning milliy estetik tafakkur 
taraqqiyotidagi o‘rni va inson ma’naviyatini shakllantirishdagi ahamiyatini ochish 
kabi vazifalar turadi. 
Ilmiy (filologik) tahlilda tahlil bajarilayotgan zamon va makon hamda 
tahlilning adresatiga xos xususiyatlar deyarli hisobga olinmagan holda ish 
ko‘riladi. Ya’ni biror asar tahlilini falon vaqt orasida, aytilgan joyda, kimlarningdir 
didi-yu, badiiy imkoniyatlariga moslab amalga oshirish zaruriyati bo‘lmaydi. 
Shuningdek, ilmiy tahlilda bajaruvchi bo‘lajak o‘quvchilarining yoshi va 
intellektual hozirlik darajalarining qandayligiga deyarli e’tibor qaratmaydilar. 
Chunki ilmiy tahlilda tadqiq qilinayotgan badiiy matn va u haqdagi xulosalarni 
qabul qiluvchi kishilar yo umuman tasavvur etilmaydi yoxud tasavvur qilinganda 
ham "ko‘zda tutilgan" o‘quvchi g‘oyat mavhum qiyofaga ega bo‘ladi. Filologik 
tahlilda faqat tahlilning teranligi, xulosalarning asosli ekanligi hamda 


50 
tekshirilayotgan badiiy asarning imkon qadar ko‘proq qirralari qamrab olinishi va 
unga xos xususiyatlarni iloji boricha to‘laroq ochishga diqqat qilinadi. 
Badiiy tahlilning har qanday turi uchun daxldor bo‘lgan bir oltin qoida 
borki, unga amal qilmaslik tahlilni boshi berk ko‘chaga kiritadi. Bu oltin qoida 
shundan iboratki, o‘rganilayotgan asarning janri, badiiy saviyasi, hajmi 
qandayligidan qat’i nazar uning mazmunini so‘zlab berish mumkin emas. Har 
qanday badiiy tahlil uch qudratli asos ustiga quriladi: yozuvchi, o‘quvchi, matn. 
San’at asari bilan o‘quvchi o‘rtasidagi to‘siq bartaraf qilinganda, uning estetik 
jozibasi anglab yetilgandagina, u ma’naviy faktorga aylanadi, shaxsning mulki 
bo‘lib, uning axloqiy qiyofasi shakllanishiga xizmat qiladi. Bu yo‘lda o‘quvchiga 
matnni to‘liq anglamaslik holati jiddiy to‘siq bo‘lib turadi. Uni bartaraf qilish 
uchun filolog mutaxassisning ilmiy tahlili zarur bo‘ladi. Shuning uchun ham 
filolog ilmiy tahlil jarayonida mushtariylari yuragida badiiy matnga daxldorlik 
hissini tug‘dirishga erishishi lozim. Filologik tahlilda tahlilchi yozayotgan ishining 
hajmi qandayligi haqida qayg‘urmay, ko‘nglidagi tuyg‘ularni, miyasidagi fikrlarni 
moddiylashtirishga intilgani ma’qul. Buning uchun u maxsus reja tuzib olishi, 
rejada tekshirilayotgan badiiy asarning qaysi jihatlariga qanday yondashmoqchi 
ekanligini belgilab qo‘ygani ma’qul. Shunda u tuyg‘u va fikri qolib ketmaydi, 
balki qarashlar va hissiyotlarni bosh maqsadiga xizmat qildira oladi. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin