Mazkur majmua Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/34
tarix26.09.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#149145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Badiiy matn tahlili МАЖМУА

 
 
 
 



 
O‘QUV MATERIALLARI 
 
Badiiy matn tahlili
 
 
fanining 
 
 
ma’ruzalar matni 
 
 



1-MAVZU: 
«BADIIY MATN TAHLIL» FANINING PREDMETI, 
MAQSADI, VAZIFALARI. 
Mavzu rejasi:
1.Badiiy matn tahlil fanining predmeti.
2. Badiiy matn tahlil fanining maqsadi. 
3. Badiiy matn tahlil fanining vazifalari. 
Adabiyotlar: 
1.
Yo’ldoshev Q., Yo’ldosheva M. Badiiy tahlil asoslari. (O’quv qo’llanma) –
T., Kamalak. 2016. 
2. Izzat Sulton Adabiyot nazariyasi. –T., O’qituvchi. 2005 yil. 
2. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – T.: “Oʻzbekiston”, 2000 yil. 
«Badiiy tahlilning ilmiy-nazariy asoslari” o‘quv kursi bo‘lajak 
mutaxassislarni badiiy asar bilan professional darajada ishlashga o‘rgatish omilidir. 
Dunyoning ko‘pgina universitetlarining filologiya fakultetlarida anchadan buyon 
"Badiiy tahlil" yoki “Hermenevtika” alohida predmet sifatida o‘rganilayotir. 
Badiiy tahlildan xabarsizlik yoki bu borada yetarli malakaga ega bo‘lmaslik oliy 
filologik ta’limni samarasiz qiladi. O‘zbek adabiyotshunoslik ilmining dunyo 
adabiyot tanuvi darajasidan orqadaligi, hermenevtik usullardan yiroqligi, 
psixoanalitik,strukturalizm imkoniyatlaridan foydalan olmasligi, badiiy talqinning, 
asosan, sotsiologik interpretatsiya tusida ekanligi badiiy tahlil nazariyasini 
bilmaslik amaliyotini o‘zlashtirmaganlik oqibatidir. Badiiy asar tahlili juda qadim 
zamonlardan buyon ilm egalarining diqqatini tortib kelgan. Shuning uchun ham 
unga olimlar tomonidan turlicha ta’rif berib kelingan. Badiiy tahlil Sharq 
adabiyotshunoslik ilmida azaldan muhokama mavzusi bo‘lgan. Forobiy, Ahmad 
Taroziy, Navoiy, Bobur singari mutafakkirlarning asarlarida badiiy tahlilga doir 
islomiy-turkiy qarashlar aks etgan. San’at inson evristik faoliyatining eng oliy 
ko‘rinishidir. Badiiy adabiyot san’atning boshqa turlari orasida alohida mavqega 
egadir. Chunki u inson ma’naviyatini shakllantirishda asosiy o‘rin tutadigan 
vositadir. G‘oyat ko‘p o‘lchovli murakkab butunlik bo‘lmish badiiy adabiyot 
o‘quvchi tomonidan o‘qilib, his etilib, anglanib olingandagina ta’sirchan estetik-
ma’naviy energiyaga aylanadi. His etilmagan, anglanmagan go‘zallik 
ma’naviyatga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Shuning uchun ham adabiyot o‘qitishda 



badiiy asar tahlili alohida mavqega, ahamiyatga egadir. Adabiy ta’lim oldidagi 
bosh maqsadga erishish uchun filolog mutaxassis badiiy asarni tahlillash yo‘llarini 
puxta egallab olishi shartdir. Badiiy matn tahlilisiz barkamol shaxs shakllantirilishi 
amalga oshmaydigan orzudir, xolos. Chinakam badiiy tahlil bo‘lmagan joyda 
badiiy matn o‘quvchining tuyg‘ulariga ta’sir etmaydi, ma’naviyatining 
shakllanishiga xizmat qilmaydi. Mafkuraviy adabiyot o‘qitish, aslida, badiiy 
asarsiz adabiy ta’lim edi. Bunda badiiy matnning o‘zi bilan emas, balki undan 
chiqarilishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy ma’no bilan ko‘zlanar edi, xolos. Natijada, 
adabiyot o‘q’itish quruq nasihat, yalang‘och aqidaparastlik, siyosatshunoslik, 
jamiyatshunoslikka aylanardi. Bu faqat O‘zbekiston adabiy ta’limigagina xos 
xususiyat bo‘lmay, kommunistik mafkura hukmronlik qilgan barcha o‘lkalarda 
ham ahvol shu edi. Sovet Ittifoqi atalmish bepoyon imperiyaning hamma joyida 
ham talabalarga yalang‘och haqiqatlar, zerikarli aqidalar, sinfiy kurashlar 
mohiyatiga daxldor umumlashmalar, adiblar hayotiga doir ma’lumotlar singari 
axborotlarni yetkazish adabiy ta’lim deb qaralar, yoshlar chinakam badiiy so‘z 
ta’mini his qilishdan, adabiy asar matnidan bevosita zavqlanishdan uzib qo‘yilgan 
edi. Jamiyat a’zolarining biror ilmiy haqiqatni bilmay qolishi jamiyat uchun ham, 
shaxsning o‘zi uchun ham jiddiy yo‘qotish bo‘lmagani holda, biror ma’naviy 
qadriyatni, axloqiy sifatni o‘zlashtirmaganligi chinakam fojiadir. Mamlakatimiz 
o‘rta maktablarida tahsil ko‘rgan har bir kishi Pifagor teoremasini yoxud suvning 
kimyoviy tarkibi nimadan iborat ekanligini tutilmay aytib beraoladi. "To‘g‘ri 
burchakli uchburchak gipotenuzasi kvadrati katetlar kvadratlari yig‘indisiga teng" 
ekani haqidagi ma’lumot ta’lim tizimi uchun o‘zlashtirish nihoyatda zarur haqiqat 
hisoblanadi. Holbuki, bu ta’rifni o‘zlashtirish yoki o‘zlashtirmaslik na tabiat, na 
jamiyat, na shaxs rivojiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsata oladi. Eng muhimi, mazkur 
haqiqatni bilish o‘quvchi ma’naviyatiga, qalbiga deyarli daxl qilmaydi. Pifagor 
teoremasini bilganda ham, bilmaganda ham kishining, uni o‘rab turgan olamning 
mohiyati o‘zgarishsiz qolaveradi. Lekin Hazrat Navoiyning: 
Qatra qonlarkim tomar ko‘ksumg‘a urg‘on toshdin, 
Zahmdindir demakim, qon yig‘lar ahvolimg‘a tosh. 



yoki: 
Menga nomehribon yor o‘zgalarga mehribon emish, 
Mening jonim olib, ag‘yorga oromijon emish. 
tarzida boshlanadigan g‘azallari bilan tanishgan, ularning badiiy jozibasi va 
mantiqiy qudratidan xabardor bo‘lgan odam uchun olam ham, odamlar ham, hayot 
ham boshqacharoq bo‘lib qolishi aniq. Demak, asl badiiy asar odamning o‘zida, 
uning tabiatida, ma’naviyatida evrilish sodir qiladi. Abdulla Oripovning har 
satridan insoniy dard balqib turuvchi "O‘ylarim" she’ridagi quyidagi satrlar 
o‘quvchi tuyg‘ularida o‘zgarish yasashini inkor etib bo‘ladimi: 
Olti oykim, she’r yozmayman, yuragim zada, 
Olti oykim, o‘zgalarga tilayman omad. 
Olti oykim, do‘stlarim ham pana-panada 
Iste’dodim so‘nganidan qilar karomat. 
...Ta’na qilmay axir sevgim mukofotini 
Inson uchun ming otashda kuyar edim men. 
O, qanchalar sevar edim inson zotini, 
Qanday buyuk muhabbat-la sevar edim men. 
Bugun to‘nib atrofimga qarayman g‘amgin, 
O‘t berolmas, qalbga endi u yoshlik damlar. 
Men insonni bir insonday sevardim, lekin 
Nechun ko‘pdir haligacha razil odamlar... 
Haqiqiy badiiyat, anglangan va anglatilgan go‘zallik kitobxonning 
ma’naviyatigagina emas, tafakkuriga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, uning shaxs 
sifatida shakllanish jarayoniga to‘g‘ri yo‘nalish beradi. Badiiy adabiyotni faqat 
hayotiy savollarga javob beradigan, o‘quvchilarni yashashga o‘rgatadigan amaliy 
vosita tarzidagina taqdim qilish zararlidir. Chunki badiiy adabiyot savollarga javob 
bermaydi, balki kitobxon oldiga savollar qo‘yadi. Shuningdek, u yoki bu tarzda 
yashash kerak deb tavsiya ham bermaydi, yo‘l ko‘rsatmaydi. Chunki inson 
tabiatining, hayotiy vaziyatlarning sanoqsizligi, hisobsiz muqobillarga egaligi bu 
xil tavsiyalarni darrov samarasiz qiladi. Mabodo, adabiyot biror buzilgan narsani 



tuzatsa ham, faqat muhabbat dorisi bilan, insoniylik malhami bilan tuzatadi. 
Saksoninchi yillardan boshlab, adabiy ta’limda asar tahlilining hal qiluvchi 
ahamiyati anglanadigan bo‘ldi. O‘sha anglanishning, asar tahlili inson 
ma’naviyatining shakllanishida tutgan yuksak mavqei tan olinishining natijasi 
o‘laroq "badiiy tahlil" yoki "hermenevtika" singari yangi filologik fanlar paydo 
bo‘ldi hamda bir qator respublikalardagi oliy maktablarning filologiya fakultetlari 
o‘quv rejalariga kiritilib, o‘qitila boshlandi. Afsuski, filolog mutaxassislarning ham 
badiiy tahlil madaniyati g‘oyat past, oliy maktablarni bitirib chiqayotgan yosh 
mutaxassislarda badiiy asarlarini tahlil qilish ko‘nikmalari shakllantirilishi lozim. 
Mazkur fan milliy adabiyotshunoslikda nazariy jihatdan ishlab chiqilmoqda. 
Xullas, hozirgi kunda, xuddi madaniy saviyasi baland mamlakatlarda bo‘lgani 
singari, "Badiiy tahlil" ilmini yaratish hamda uning 
oliy o‘quv yurtlarida 
o‘qitilishiga erishish o‘zbek adabiyotshunosligi oldidaga muhim vazifalardan
biridir. Qachonki, bo‘lajak o‘qituvchi badiiy asarlarni tahlil etish yo‘l-yo‘rig‘ini 
ilmiy
asoslarda o‘rganmas ekan va har qanday janrdagi asarni tahlillay olish 
malakasiga ega bo‘lmas ekan, adabiy ta’limdan kuzatilgan maqsad to‘liq amalga 
oshmaydi. Adabiyot o‘qituvchisi nochorligicha, adabiyot darslari zerikarliligicha, 
asardan chiqariladigan xulosa "ijtimoiy nasihat"ligicha qolaveradi. Tahlil g‘arib 
bo‘lganligi uchun adabiyot o‘qitish jarayoni oldiga qo‘yilgan bosh maqsad, ya’ni 
barkamol shaxsni shakllantirishga erishilmaydi, uning o‘rniga quruq va yoqimsiz 
nasihat bilan o‘quvchilarni haqiqiy adabiyotdan bezdirish, binobarin, ularning 
ma’naviyatini kambag‘allashtirish davom etaveradi. Adabiyot mutaxassislari 
tahlillash malakasiga yetarlicha ega bo‘lmaganliklari uchun talabalarga nima 
"berish"ni ham, ulardan nimani "olish"ni ham bilishmaydi. Shu bois, adabiyot 
darslarida talabalar zimmasiga g‘oyat yengil va keraksiz "yuk" qo‘yiladi. Yengil-
yelpi talabalarning hayolotini ishga solmaydigan, aqlini zo‘riqtirmaydigan 
"javob"lar adabiyot bo‘yicha ijobiy baho olish uchun yetarli hisoblanib kelinadi. 
Chunonchi, fizika darsida butun olam tortilish qonunini yaratish uchun Nyutonning 
boshiga tasodifan tushib ketgan olma turtki bo‘lganini aytgan, ammo qonunning 
mohiyatini bilmagan o‘quvchiga "yomon" baho qo‘yiladi va to‘g‘ri qilinadi. 



Ammo "Xamsa" asarining 2,5 yil mobaynida yaratilgani va uning besh dostondan 
iboratligini bilgan talabaga, garchi u "Xamsa"ni ochib ko‘rmagan bo‘lsa-da, 
"yomon" baho qo‘yish mumkin emas! Chunki adabiyot perdmeti uchun o‘sha 
"bilim" ham yetarli! Badiiy asar matni bilan ishlashni o‘z faoliyatining markaziy 
masalasi deb hisoblamaydigan adabiy ta’lim muvaffaqiyatsizlikka mahkumdir. 
Badiiy tahlilsiz adabiy ta’lim ma’naviyatsiz shaxs, bilimsiz mutaxassis demakdir. 
Yangilangan milliy adabiyotshunosligimiz o‘z oldiga ma’naviyati yuksak 
shaxslarni shakllantirish maqsadini qo‘yayotgan ekan, adabiy ta’limda badiiy tahlil 
hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi shubhasizdir. Malakali badiiy tahlil 
bo‘lmagan joyda mo‘jizaviy asarning sehri, siri, jozibasi yo‘qqa chiqadi, uning 
zamiridagi badiiy va hayotiy ma’no payqalmay qolaveradi. Adabiyot o‘qitishda 
badiiy tahlilga e’tibor g‘oyat sust bo‘lganligi uchun ham millat ahlining bir necha 
avlodi Navoiy, Bobur, Mashrab va Qodiriysiz yashab kelmoqda. Chunki yoshlarga 
daho ijodkorlarning asarlariga xos badiiy jihatlar butun ko‘lami, ko‘p qirraliligi 
bilan yetkazib berish mexanizmi ishlab chiqilgani yo‘q. Badiiy tahlil yo‘llari 
o‘zlashtirilmaguncha o‘quvchilar haqiqiy adabiyotni yengil-elpi, ommaviy 
bitiklardan farqlay olmay yuraveradilar. Bu holat ularni kaltafahmlikka, badiiy 
daltonizm (shabko‘rlik)ga, didsizlikka olib boradi. Estetik shabko‘rlik, didsizlik 
kishini ma’naviy bepisandlik va axloqiy loqaydlikka olib keladi. Adabiy asarni 
tahlil qila olmagan, binobarin, undan ta’sirlana bilmagan kishi ma’naviy 
qadriyatlarga mensinmay qaraydigan bo‘ladi. Chunki bunday kishiga o‘zgani his 
etish - begona. Unda tor amaliyotchilik, manfaatparastlik illatlari xuruj qilish 
imkoniyati katta. Shuning uchun ham badiiy tahlilni amalga oshirish oddiy 
didaktik yumush emas, balki o‘ta muhim ma’naviy tadbir hamdir. "Badiiy tahlil 
asoslari" kursining boshqa biror fan bevosita shug‘ullanmaydigan o‘z predmeti 
mavjud. "Badiiy tahlil asoslari" fani ulkan ijtimoiy-estetik ahamiyatga egadir. 
Asosli ilmiy tahlil bo‘lmagan joyda badiiy asar to‘la anglanmaydi. Badiiy matnni 
to‘la anglamagan filolog o‘zga odamning ma’naviyatini shakllantirishda samaraga 
erisha olmaydi. Holbuki, filologlar millat ahli ma’naviyatini shakllantirishga 
mas’ul bo‘lgan kasb egalaridirlar. Jamiyat a’zolari hayotida badiiy adabiyotning 


10 
baland martabadaligi, ta’lim tizimida adabiyot alohida imtiyozli mavqeda 
turishining sababi uning ulkan ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqadi. Ma’naviy-
axloqiy qadriyatlar ham shu yo‘nalishdagi muayyan tajribalarni o‘zlashtirishdan 
kelib chiqadi. Bu xil tajriba har bir odamning o‘z boshidan kechirilishi shart emas. 
Balki badiiy asar qahramonlari holatini anglash, ularning hissiyotlari, tuyg‘ulari 
junbushga kelganligi sababini tushunish kishida xuddi o‘sha qahramonlarniki 
singari sezimlarning shakllanishiga sabab bo‘ladi. "Badiiy tahlil asoslari" fanining 
o‘ziga xos tadqiqot metodlari ham mavjuddir. Chunonchi, komparavistika, 
kuzatish, dalillash, deduksiya, induksiya, umumlashtirish, shartlilik, psixologik 
asoslanganlik singari metodlar mazkur fanga doir xulosalarni chiqarishda 
qo‘llaniladigan ilmiy tadqiqot usullaridir. Bu tadqiqot metodlari fanning boshqa 
sohalarini tadqiq etishda boshqacha yo‘sinda ishlatiladi. Tilga olingan ana shu uch 
omil "Badiiy tahlil asoslari" kursining alohida fanligini ta’minlaydi. 
Adabiyotshunoslikda tahlil va talqin tushunchalari juda keng qo‘llanilib, ular 
badiiy asarni tushunish jarayonining bir-biriga bog‘liq jihatlaridir. Badiiy asarni 
tushunish, uning mazmun mohiyatini anglash jarayonida tahlil va talqin amallari 
har vaqt hozirdir. Tahlil atamasi odatda ilmda "analiz" deb yuritiladigan istilohning 
sinonimi sifatida tushuniladi. Analiz esa, ma’lumki, butunni anglash uchun uni 
qismlarga ajratishni, qismning butun tarkibidagi mohiyatini, uning boshqa qismlar 
bilan aloqasi va butunlikning yuzaga chiqishidagi o‘rnini o‘rganishni ko‘zda
tutadi. Ayrimlar badiiy asarni tirik organizmga qiyos etishadi-da, "uni qismlarga 
ajratish jonsiz tanaga aylantirishdan boshqa narsa emas" degan qarashga tayanib 
tahlilga 
qarshi 
chiqadilar. 
Biroq 
bu 
xil 
qarash 
asossizdir. 
Zero,
adabiyotshunoslikdagi tahlil ham - o‘qish, faqat bunda badiiy asarni tadqiqotchi 
sifatida o‘qish tushuniladi. Bu xil o‘qish jarayonida tadqiqotchi badiiy asarni 
qismlarga ajratarkan, uning badiiyat hodisasi sifatidagi mavjudligini, undagi 
o‘quvchi ongi va ruhiyatiga ta’sir qilayotgan, uning u yoki bu tarzda tushunilishiga 
asos bo‘layotgan omillarni o‘rganadi. Talqin atamasini biz "interpretatsiya" 
istilohining sinonimi sifatida tushunamiz. Talqin badiiy asarni sharhlash, uning 
mazmun mohiyatini, undagi badiiy konsepsiyani idrok etish demakdir. Keng 


11 
ma’noda "talqin" so‘zi o‘zga tomonidan aytilgan gap yoxud yozilgan asar (ilmiy,
falsafiy, diniy, badiiy va h.) mazmunini anglash, uni ma’lum yaxlitlikda tushunish 
va tushuntirish (adabiyotshunosning maqsadi tushunishning o‘zigina emas, 
tushuntirish hamdir) ma’nolarini anglatadi. Shu ma’noda qaralsa, mumtoz 
adabiyotshunosligimizda, umuman, o‘tmish ilmida "talqin" so‘zining ma’nosi 
qisman "sharh", "tafsir" atamalari bilan ham berilgan. Yana ham aniqroq aytsak,
talqin badiiy asardagi "obrazlar tili"ni "mantiq tili"ga o‘girmoq, obrazlar 
vositasida ifodalangan mazmunni tushunish va tushuntirmoqdir.Yuqorida aytdikki,
badiiy asarni tushunish jarayonida tahlil va talqin amallari har vaqt hozir, ular
tushunish jarayonining ikki qirrasidir. Aytaylik, "o‘quvchi badiiy asarni tushundi" 
degani, mohiyatan, "o‘quvchi asarni o‘zicha talqin qildi" deganidir. Ayni paytda, 
uning asarni tushunishida tahlil unsurlari ham mavjud, zero, oddiy o‘quvchi ham 
tushunish jarayonida asar qismlarini (mas., alohida epizodlarni, personajlarni,
ularning turli holatlardagi xatti-harakati, gap-so‘zlarini va h.), ularning o‘zaro 
mazmuniy aloqalarini tasavvur qiladi. Ilgari ham aytganimizdek, konkret badiiy 
asar turli o‘quvchilar tomonidan turlicha tushunilishi mumkin. Biroq shunisi ham 
aniqki, o‘quvchilar ongidagi minglab talqinlarni umumlashtiradigan mushtarak
nuqtalar ham mavjud. Demak, konkret asar talqinlari nechog‘li turfa bo‘lmasin, 
ularning chegaralarini belgilab beruvchi muayyan asos, deylik, yadro(javhar) 
mavjudki, barcha talqinlar shu yadro atrofida hosil bo‘ladi. Bu yadro esa - badiiy 
asarning o‘zi, badiiyat hodisasini o‘zida moddiylashtirgan badiiy matndir. Ayon 
bo‘ldiki, badiiy asarni tushunish jarayoni ob’yektiv va sub’yektiv ibtidolardan 
tarkib topar ekan: agar bu o‘rinda talqin qilayotgan shaxsni sub’yektiv ibtido deb 
olsak, badiiy matn ob’yektiv ibtidodir. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki,
agar talqin qiluvchi shaxs badiiy matnni yetarli darajada bilmasa, asar qismlarini
ularning o‘zaro aloqalarini yetarli tasavvur qilolmasa, uning talqini sub’yektivlik 
kasb etadi. Boshqa tomondan, badiiy adabiyotning obrazlar orqali fikrlashi,
obrazning esa assotsiativ tafakkur mahsuli ekanligini e’tiborga olsak, talqinning 
sub’yektsiz mavjud emasligi ayon haqiqatdir. Chunki ijodkorning assotsiativ 
fikrlashi mahsuli ularoq yaratilgan va asarda aksini topgan obrazning mazmun


12 
qirralari faqat sub’yekt ongidagina (ya’ni, uning ham assotsiativ fikrlashi asosida) 
qayta tiklanishi mumkin bo‘ladi. Aytilganlar tushunish jarayonida tahlil va 
talqinning har vaqt hozirligining yorqin dalilidir. Oddiy o‘quvchidan farq qilaroq, 
adabiyotshunos badiiy asarni talqin qilarkan, tahlilga tayanadi, uning talqini tahlil 
asosida yuzaga kelgani uchun ham ilmiy sanaladi. Shu ma’noda tahlil badiiy asarni 
tadqiqotchi sifatida o‘qish va o‘qish demakdir. 
Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, badiiy asar tahlilining maqsadi - asarni 
tushunish (asarni baholash ikkilamchi maqsad). Xo‘sh, "asarni tushunish" 
deganda nima nazarda tutiladi? Bu masalada ham adabiyotshunoslikda turlichalik 
mavjud: ayrimlar asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni tushunishni 
nazarda tutsalar, boshqalari asarda tasvirlangan narsalardan (ob’yektiv ibtidodan) 
kelib chiqadigan mazmunni tushunishni nazarda tutadilar. Bu qarashlarning
birinchisiga ko‘ra tushunish jarayonida tahlil yetakchilik qilsa, ikkinchisida 
talqinning mavqei ustunroq ekanligi tayin; birinchisi badiiy asarni uning ichki
va tashqi aloqalarini birlikda olib o‘rganishni (kontekstual tahlil) taqozo etsa, 
ikkinchisi badiiy asarga alohida mavjudlik sifatida qarab, uning ichki 
aloqalarini o‘rganish (immanent tahlil) bilan cheklanadi. Biroq mazkur 
qarashlarning ikkisini ham mutlaqlashtirib bo‘lmaydi, bu o‘rinda "oraliq" 
mavqenining egallangani, har ikki yo‘sindagi tahlilning ham mavjudligini, ularning 
bir-biridan ko‘zlagan maqsadi va ahamiyati jihatidan farqli ekanligining tan 
olingani to‘g‘riroq bo‘ladi. 
Tushunish jarayonining nazariy muammolarini o‘rganuvchi soha - 
germenevtikaning asosiy qoidasi shuki: qismni butun, butunni qism orqali 
tushunish darkor. Bu qoida yuqoridagi tahlil yo‘sinlarining ikkisiga ham birdek 
aloqador. Faqat bu o‘rinda immanent tahlil "kontekst" tushunchasini asar doirasi 
bilan cheklab olsa, kontekstual tahlilda "kontekst" tushunchasining ko‘lami
kengayib boradi (konkret asar "yozuvchi biografiyasi", "muallif yashagan davr 
shart-sharoitlari", "muallifning ijodiy merosi", asar yaratilgan davr adabiyoti",
"milliy adabiy an’analar" kabi kontekstlar doirasiga kiradi). Kontekstual tahlil 
asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni tushunishga yo‘l ochsa, immanent 


13 
tahlil asarda tasvirlangan narsalarga (va, albatta, undagi muallif obraziga) tayangan 
holda o‘quvchiga o‘z mazmunini shakllantirish imkonini beradi. Mutaxassisdan 
farqli o‘laroq, oddiy o‘quvchilarning asarni tushunishida immanent tahlil unsurlari 
yetakchilik qiladi (shu bois ham o‘quvchilar ongida konkret asarning turfa 
talqinlari mavjud). Zero, aksariyat o‘quvchilar uchun konkret asarning qay
maqsadda, qanday omillar ta’sirida yozilgani ahamiyatsiz - ular asarning 
o‘zinigina taniydilar, uning o‘zidangina zavq oladilar. Aksincha, adabiyotshunos 
uchun bularning bari muhim, chunki asarni tarixiylik tamoyiliga tayanib, biografik 
yoxud sotsiologik metodlar (kontekstual tahlil) asosida tekshirib chiqarilgan
xulosalar adabiy-nazariy tafakkur rivojida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. 
Ular, tabiiyki, badiiy adabiyot rivoji hamda badiiy did tarbiyasiga faqat bilvosita 
ta’sir qiladilar, bu xil xulosalar bilan badiiy didga bevosita ta’sir qilishga urinish 
esa adabiyotga faqat ziyon keltiradi. Demak, badiiy asarni alohida butunlik 
sifatida ham, kontekst doirasida ham tushunish (tahlil va talqin qilish) mumkin, - 
ikkisining ham o‘z o‘rni, vazifasi va maqsadi tayinlidir. Badiiy asarni kontekstual 
tahlil qilishda unga turli jihatlardan yondashish mumkinki, shu asosda bir qator 
tahlil metodlari haqida gapirish mumkin bo‘ladi. Sotsiologok tahlil metodi 
tadqiotchini badiiy asar voqeligi bilan real voqelik munosabatlari, uning tarixan 
haqqoniylik darajasi, hayot haqiqati bilan badiiy haqiqat munosabati kabi 
masalalarni o‘rganishga yo‘naltiradi. Bu xil yondashuv asarning g‘oyaviy-
mafkuraviy tomonlarini tahlil qilarkan, qahramonlarning xarakter xususiyatlari,
asardagi konfliktlar tabiati, obrazlar tizimi va h. badiiy unsurlarning ijtimoiy 
ildizlarini ochib beradi. Hayot haqiqatining badiiy haqiqatga aylanish jarayoni,
xarakter va tarixiy shaxs obrazi va real tarixiy shaxs munosabati kabi ijod 
jarayoni bilan bog‘liq muammolarni o‘rganishda ham sotsiologik yondashuv asos 
vazifasini o‘taydi. Sotsiologik metod adabiyotshunoslikda muhim ahaiyatga 
molikligi shubhasiz, biroq uni boshqalardan ustun qo‘yishlik, unga ayricha e’tibor 
berishlik adabiyot uchun zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinki, bunga yorqin 
misollarni sho‘ro adabiyotshunosligidan istalgancha topishimiz mumkin bo‘ladi.
Masalan, sho‘ro adabiyotshunosligidagi vulgar sotsiologizm ko‘rinishlari ayni 


14 
shu metodning mavqeini mutlaqlashtirilishining natijasi edi. Badiiy asar tahlilida 
shu metodgagina tayangan va shuning asosidagina baholagan tanqidiy maqolalar
keyincha ularning mualliflarini qatag‘on qilish uchun dastakka aylandigina emas,
o‘quvchi ommani o‘sha ijodkorlarni "xalq dushmani", asarlarini "zararli" deb 
tushunishga tayyorladi.Tarixiy-madaniy tahlil metodi badiiy asarni milliy madaniy 
an’analar, shuningdek, davr adabiy-madaniy kontekstida o‘rganishga 
qaratilgandir. Ma’lumki, badiiy asar madaniy-adabiy an’analar zaminida dunyoga 
keladi, uning qator badiiy xususiyatlari shu kontekstdagina yorqin namoyon 
bo‘ladi, anglashiladi. Masalan, Cho‘lponning qator she’rlari borki, ularning 
mazmun mohiyati mumtoz adabiyotimiz, xususan, tasavvuf she’riyati 
kontekstidagina o‘zining ramziy ma’nolarini ochishi, tushunilishi mumkin 
bo‘ladi. Yoki "O‘tgan kunlar"dagi bir qator xususiyatlar (Otabekning oshiqligi 
sahnalari, syujet motivlari, maktublar va h.) folklor va mumtoz dostonchilik
an’analari zaminida yetishgani shundoq ko‘zga tashlanadi. Mazkur yondashuv 
badiiy asarga umummilliy madaniyatning vakili sifatida qarashi diqqatga molikki, 
bu xil yondashuv adabiy jarayondagi yangi hodisalarning tub omillarini anglash 
imkonini beradi. 
Qiyosiy metod badiiy asarni boshqa asar(lar) bilan qiyosan tahlil qilishni
ko‘zda tutadi. Adabiyotshunos konkret asarni o‘tmishda yoki u bilan bir paytda, 
boshqa milliy adabiyotda yoki o‘zi mansub adabiyotda yaratilgan asar bilan
qiyoslab tadqiq etishi mumkin. Qiyoslash ob’yekti tadqiqot maqsadidan kelib 
chiqqan holda belgilanadi. Deylik, asarni o‘tmishda yaratilgan asar bilan 
qiyoslash undagi an’ana va yangilik nisbati, ayrim badiiy unsurlar haqida 
tasavvur hosil qilish imkonini yaratadi; boshqa milliy adabiyot vakili bilan 
qiyoslash asosida esa adabiy aloqa va ta’sir, milliy adabiyotlar rivojidagi tipologik
umumiylik kabi masalalarni o‘rganishga keng imkoniyat yaratiladi. Misol uchun 
Navoiy va Nizomiy "Xamsa"larini qiyosiy tahlil qilish har ikkala san’atkorning
ijodiy o‘ziga xosligi, ularning dunyoqarashidagi o‘ziga xos jihatlarni yorqin 
tushunish va tushuntirish, Navoiy dahosini xolis baholash imkonini yaratadi.


15 
Biografik metod badiiy asarni muallifining hayot yo‘li kontekstida 
o‘rganishni nazarda tutadi. Badiiy asarda ijodkor shaxsiyati akslangani bois 
undagi qator o‘rinlar muallif biografiyasi kontekstida yorqinroq anglashiladi. 
Shunga ko‘ra biografik metod asarga muallif tomonidan yuklatilgan mazmunni
anglashda yetakchi ahamiyat kasb etadi. Masalan, A.Qahhorning "O‘g‘ri" va 
"Dahshat" hikoyalari o‘tmishdan bahs yuritadi, biroq ularni biografik kontekstda 
olinsa, adib har ikki hikoyada ham ular yaratilgan davr muammolarini badiiy 
idrok etishga, o‘sha davr haqidagi, davr kishilari haqidagi fikrlarini ifodalashga 
harakat qilgani anglashiladi. Biografik metodning qanchalik samarali bo‘lishi ko‘p 
jihatdan tadqiqotchi qo‘l ostidagi biografik materialga bog‘liq bo‘lib qoladi. 
O‘zbek adabiyotshunosligida biografik metodning yetarli darajada samara bilan 
qo‘llanilmay kelayotgani ayni shu narsa - biografik materialning yetarli emasligi 
bilan izohlanadi. 
Ijodiy-genetik metod biografik metodga yaqin va u bilan birlikda qo‘llanib,
badiiy asarning ijodiy tarixini o‘rganishni maqsad qiladi. Bu metod 
adabiyotshunosga hayot materialining badiiy obrazga aylanish jarayoni, badiiy
matnning sayqallanish yo‘lini kuzatish imkonini beradi. Mazkur metod 
tadqiqotchining asar qoralamalari, uning turli nashr variantlari, tarixiy hujjatlar va 
h.ni chuqur o‘rganishini, konkret faktlar asosida asarning yaratilish tarixi va 
omillarini ochib berishini taqozo etadi. Adabiyotshunosligimizda ijodiy-genetik
yondashuv samara bilan qo‘llangan tadqiqotlardan biri sifatida R.Qo‘chqorning 
A.Qahhor romanlarining ijodiy tarixi haqidagi ilmiy ishini ko‘rsatish mumkin. 
Yuqoridagi metodlarning bari asarning tashqi aloqalarini o‘rganishga 
qaratilgan bo‘lib, ularning bari tarixiylik tamoyiliga tayanadi. Shuni ham 
ta’kidlash joizki, konkret badiiy asar tahlilida ular qorishiq holda qo‘llanadi, 
ya’ni, tahlilda ulardan bitta-ikkitasi yetakchi bo‘lgani holda, qolganlari ularni 
to‘ldiradi. Ikkinchi tomondan, kontekstual tahlil jarayonida adabiyotshunos 
immanent tahlil metodlaridan ham o‘rni bilan foydalanadiki, bu uning 
imkoniyatlarini kengaytiradi.


16 
Immanent tahlil metodlari sifatida struktural, stilistik va semiotik 
metodlarni ko‘rsatish mumkin. Struktural metod badiiy asar qismlari va ularning 
o‘zaro aloqalarini o‘rganadi. Bu o‘rinda tadqiqotchi matnning tashkillanishini 
yoki badiiy voqelikning tashkilanishini diqqat markaziga qo‘yishi mumkin bo‘ladi. 
Stilistik tahlil matnning uslubiy o‘ziga xosligini, semiotik tahlil esa badiiy 
asardagi lisoniy belgilarning ma’no qirralarini o‘rganishga qaratiladi.Bulardan 
tashqari, badiiy asarni, aniqrog‘i, uning ijtimoiy mavjudligini o‘rganishda konkret 
sotsiologik tadqiqot metodlari, shuningdek, o‘sha asar haqida yaratilgan tanqidiy 
asarlarni o‘rganish ham muhim ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin