Mazkur uslubiy qo’llanmada Microsoft Office amaliy dasturi tarkibiga kiruvchi excel elektron jadvali imkoniyatlari, unda ishlashning zaruriy ma’lumotlari keltirilgan


Ro’yxatni malumotlar formasi yordamida qayta ishlash



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə22/33
tarix16.02.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#84629
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33
elektron jadvalini organish

Ro’yxatni malumotlar formasi yordamida qayta ishlash.
Ro’yxatlar jadval qanday qayta ishlansa, shunday qayta ishlanishi mumkin. Shuning bilan birga ularni qayta ishlashda bir qancha qo’shimcha imkoniyatlar bor. Shulardan biri Malumotlar formasi mulokot oynasidir. U ro’yxat bilan ishlashni ancha osonlashtiradi. Unda malumotni qidirish, yangi yozuvlar ko’shish, keraksizini olib tashlash, tahrirlash kabi ishlarni bajarish mumkin. Jadvalda ekranda bir necha yozuvlar(satrlar) ko’rinsa, muloqot oynasida ayni paytda jadval bitta satri(yozuvi) malumotlari ko’rinadi.
Muloqot oynasini o’rnatish uchun kursor ko’rsatkichini ro’yxatdagi ixtieriy joyga ko’yib Dannыe menyusi Forma buyrug’ini olsak ekran quyidagicha ko’rinish oladi:



Oynada PgUP, PgDN, , , tugmalari yordamida kerakli yozuvga o’tish mumkin. Muloqot oynasidagi tugmalar quyidagi amallarni bajaradi:


- Dobavit – jadvalga yangi yozuv qo’shish;

  • Udalit - jadvaldagi joriy yozuvni olib tashlash;

  • Vernut - yozuvga oxirgi kiritilgan o’zgarishlarni bekor qilish(ESC kabi);

  • Nazad - oldingi yozuvga o’tish;

  • Dalee - keyingi yozuvga o’tish;

  • Kriterii - yozuvlarni qidirish;

  • Zakrыt - oynani yopish.

Muloqot oynasida joriy yozuv maydonlari yuqoridan pastga qarab joylashadi. Maydonlardan birida kursor joylashgan, uni TAB, Shift-TAB tugmalari orqali maydonlar uzra yuritish mumkin. Biror maydonga kiritilgan o’zgarish boshka yozuvga o’tganda yoki ENTER bosilganda xotirada saqlanadi. Zakrыt tugmasi bosilganda ham oxirgi o’zgarishlar xotirada saqlanib oyna yopiladi.
Dobavit tugmasi bosilganda muloqot oynasi tozalanadi va unga yangi yozuv malumotlarini kiritish mumkin. Kiritishni ENTER tugallaydi.
Udalit tugmasi joriy yozuvni olib tashlashni bildiradi. Tugma bosilganda ekranda ogohlantiruvchi belgi paydo bo’ladi. Udalit tugmasi orqali o’chirilgan yozuvni qayta tiklab bo’lmaydi.
Kriterii tugmasi yozuvlarni biror maydon belgisiga ko’ra qidirish uchun ishlatiladi. Bu tugma bosilganda ekranda muloqot oynasi tozalanadi, qaysi maydon belgisi bo’yicha yozuv qidirmoqchi bo’lsak, shu maydonni to’ldirib Dalee tugmasini bosamiz: oynada shu shartni qanoatlantiruvchi birinchi yozuv paydo bo’ladi. Dalee va Nazad tugmalari orqali qidirishni yuqoriga yoki pastga qarab davom ettirish mumkin. Yozuvlarni qidirishda *, ? kabi shablonlardan ham foydalanish mumkin.
Sonli maydonlarda qidirish belgilarini qo’yishda =, <, >, <>(teng emas), <=(kichik yoki teng),>=(kata yoki teng) kabi solishtirish operatorlaridan ham foydalanish mumkin.
Yozuvni qidirishda bir necha maydonga bir paytda belgi kiritish ham mumkin. Bunda shu barcha yozilgan shartlarni qanoatlantiruvchi yozuv qidiriladi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin