1761y. Valerius-o‘simliklarni chirindi bilan oziqlanish nazariyasining asoschisi.
1836-38yy. Jon Battist Bussengo o‘simliklarni azot bilan oziqlanish nazariyasining asoschisi.
1840y. Yustis-Libix (Agrokimyo fanining asoschisi) U oziq elementlarni tuproqqa qaytarib berish haqidagi ta’limotni ilgari surdi.
1859y. Knop va Saks o‘simliklarning me’yorida o‘sib rivojlanishini ta’minlaydigan to‘liq oziq aralashmasini yaratdilar.
1920y. Tuproqshunoslik instituti ochildi
1929-30y. Paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti va o‘g‘it bo‘yicha ilmiy tadqiqot instituti ochildi.
1918y. Turkistonda xalq universiteti qoshida q/x fakulteti ochildi.
1930y. O‘rta Osiyo q/x instituti
1934y. Toshkent q/x instituti
1990y. Toshkent Davlat agrar universiteti.
Kafedralarda S.A.Kudrin, B.P.Machigin, P.V.Protasov, M.Z.Kaziev, I.N.Niyazaliev, T.P.Piroxunov kabi agrokimyogar olimlar faoliyat yuritishgan.
1964y. Respublikamizda ixtisoslashtirilgan agrokimyo xizmati yo‘lga qo‘yildi.
1840 yilda taniqli nemis ximigi YU.Libix hosildorlikni saqlash uchun tuproqni o‘g‘itlash nazariyasini ilgari surdi, bu nazariya tuproqdan olingan barcha mineral moddalarni tuproqqa qaytarish lozimligiga asoslangan edi. Bu qoida keyinchalik «Minimum qonuni» degan nom oldi. SHu munosabat bilan K.A.Temiryazov quyidagicha yozgan edi: «qaytarish zarurligi haqidagi ta’limotning ahamiyatini cheklashga har qancha urinishdan qat’iy nazar, bu ta’limot fanning eng buyuk yutuqlaridan biri bo‘lib qoladi».