Mazvu : Davlatning korporativ sektorda qatnashishi Reja



Yüklə 49 Kb.
səhifə1/2
tarix07.04.2023
ölçüsü49 Kb.
#94574
  1   2
Davlatning korporativ sektorda qatnashishi


Mazvu : Davlatning korporativ sektorda qatnashishi
Reja:
1.Davlatning Korparativ boshqaruvda qatnashishi
2.Davlat aksiyalar paketlarini boshqarishning maqsad va tamoyillari

1.Davlatning korporativ boshqaruvda qatnashishi Davlat korporativ boshqaruvda ikki yoqlama ishtirok etadi. Birinchidan, zaruriyatga qarab korporativ boshqaruvning me'yoriy-huquqiy negizini hosil qilish va takomillashtirish hamda aksioner jamiyatlari (AJ) tomonidan qonunchilik me'yorlariga rioya qilinishi ustidan nazorat qilishda qatnashadi.Ikkinchidan, davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlar korporativ boshqaruvida bevosita ishtirok qilish va «oltin aksiya» qo'llanilishi haqida hukumat qarori qabul qilingan AJni boshqarishda qatnashish.Rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida ba'zi bir AJlar ma'lum bir miqdordagi aksiyasiga davlatning egalik qilishiga yagona sabab «bozordagi yo'qotishlar»ning (market failure) mavjudligidir. Bu bozorlarda jamiyat manfaatlari va yo'qotishlari xususiy manfaat va yo'qotishlardan ustun bo'ladi. Bunday holat, masalan, bozor tuzilmasining monopollashtirish holida ro'y beradi. Bunda xususiy mulkdorning intilgan foydani imkoni qadar oshirish maqsadi jamiyat uchun (erkin raqobatchilik modeliga nisbatan) mahsulot miqdorining pasayishiga va nisbatan yuqori narxlarda sotilishi shaklida zararni anglatadi.Davlat korxonalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish bo'yicha jahon amaliyotida eng keng tarqalgan modellar mavjuddir. Shular jumlasiga:


Amerika modeli - bu model, odatda, ishlab chiqarish sektorida davlatning ulushi kichik bo'lgan mamlakatlarda qo'llaniladi. Ularda davlat aksiya paketlarini shartnoma asosida xususiy boshqaruvchi kompaniyalariga berishi xususiyatlidir. Mazkur modelda «jamoatchilik uchun ochiq korporatsiyalar»mavjud bo'lib, ular mos ravishda tarmoq departamentlari va vazirliklarga bo'ysunadilar.
Italiya modeli - korxonalarda davlat ulushi katta bo'lgan davlatlarga xosdir. Davlat korxonalarini va davlat aksiya paketlarini boshqarish.
Uchun davlat mulki vazirligiga qarashli ko’p tarmoqli xolding kom-
Paniyalari tashkil qilinadi.
Aralash model – yuqorida sanab o’tilgan ikki modelning xususiyat-Larini o’zida birlashtiradi. Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va
Boshqa mamlakatlarda qo’llaniladi.Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlardan farqli o’laroq O’zbe-Kistonda davlat mulki iqtisodiyotning «bozor kamchiliklariga» duchorBo’lgan qismiga nisbatan kengroq sohasining ishlashiga ta’sir qiladiki,
Bu davlat mulkini xususiylashtirish jarayonining tugallanmaganligi
Bilan bog’liqdir.Oqibatda, aksiyalari to’liq yoki qisman davlat ixtiyorida bo’lgan
Aksiyadorlik jamiyatlar bilan birgalikda, ustav fondida davlatning
Ishtiroki vaqtincha bo’lgan korxonalar soni ham ko’p.
Masalan, xususiylashtirilishi kerak bo’lgan ko’pchilik korxonalar Ularni rekonstruksiya qilish uchun katta hajmdagi investitsiyalarga Muhtojdir. Ularning aksiyalari, nafaqat aksiyalarni sotib olishga, balki Ishlab chiqarishni rivojlantirishga ham investitsiya kiritishga tayyor Bo’lgan strategik investorlarga sotilishi nazarda tutiladi.
Bunday investorlarni topish oson bo’lmaydi va ma’lum bir vaqt
Talab qilinadi.
01.01.2008-yil holatiga ko’ra O’zbekiston Markaziy depozitariy
Hisobida ikki mingga yaqin aksiyadorlik jamiyatlar qayd qilingan bo’lib,
Shulardan 536 tasida davlat ulushi bor edi. 565 ta aksiyadorlik Jamiyatlaridagi davlat ulushi aksiyalari xolding, davlat aksiyadorlik va
Aksiyadorlik kompaniyalari ustav fondlariga berildi. Bundan tashqari,
600 dan oshiq mas’uliyati cheklangan jamiyatlarida (MCHJ) davlat
Ulushi bor edi. Respublikamiz barcha aksiyadorlik jamiyatlari chiqargan aksiya-
Larning umumiy miqdori 2,1 mlrd. Donadan, ularning jami nominal
Qiymati 3,0 trin. So’mdan oshib ketdi. Ulardan turli kompaniyalar Emissiya qilgan 2,4 trln. So’mlik (80,0%) 1,3 mlrd.dona (61,9%)
Aksiyalar davlat yoki davlat tomonidan nazorat qilinadigan turli
Kompaniyalar ixtiyorida edi. Strategik ahamiyatga ega bo’lgan korxonalar hamda deyarli barcha
Xolding, davlat – aksiyadorlik va aksiyadorlik kompaniyalari aksiya-
Larining 51% va undan ortiq ulushlari doimiy ravishda davlat mulkchiligida saqlab qolinadi. Ushbu AJ aksiyalarini davlat qanday
Boshqarishi ko’p jihatdan mamlakatning butun iqtisodiyoti rivojlanishi Darajasini belgilaydi
2. Davlat aksiyalar paketlarini boshqarishning
maqsad va tamoyillari Davlat aksiyalar paketlarini boshqarishning maqsadlari, tamoyillari
va modellari quyidagilardir:
- davlat budjetining soliqdan tashqari daromadlarini oshirish;
- tabiiy monopoliyalarni tartibga solish, mamlakat mudofaa
qobiliyatini va xavfsizligini oshirish, ijtimoiy barqarorlikni saqlab qolish
va boshqa dasturlarini amalga oshirish bilan bog'liq umumdavlat
vazifalarini bajarishda xo'jalik jamiyatlarining qatnashuvini ta'minlash;
- ishlab chiqarishning rivojlanishiga sharoit yaratish, xo'jalik
jamiyatlari faoliyatining moliyaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlarini yaxshilash,
investitsiyalar jalb qilish;
- iqtisodiyotda institutsional o'zgarishlarni amalga oshirish (korxo-
nalarni, tarmoqlarni restrukturizatsiya qilish, vertikal integratsiyalangan korporativ tuzilmalarni tashkil qilish).
Davlat aksiyalar paketlarini boshqarishning asosiy tamoyillari:
- aniq AJ (AJlar guruhi, masalan, paxta tozalash zavodlari) aksiya paketlarining davlat egaligida qoldirilishi zarur bo'lgan maqsadlarning aniqlanishi va mos ravishdagi huquqiy hujjatlarida aniq yoritilishi;
- minimal yetarlilik, ya'ni davlat manfaatlariga iqtisodiy tartibga solishning (soliq, bojxona siyosatini o'zgartirish va boshqalar) bilvosita
(indikativ) usullar bilan erishib bo'lmaydigan korxonalardagina aksiyalar
paketiga davlatning egalik qilishi yetarlidir;
- samarali boshqarish orqali resurslarni imkoni bor darajada
tejashga erishish uchun korxona ustav fondida davlat ishtirokining
zaruriyati;
- boshqaruvning professionalizmi, davlat aksiya paketlarinip
boshqarishga yuqori malakali mutaxassislarning jalb qilinishi nazarda tutilishi;
- davlat aksiya paketlarini boshqaruvchilar bilan samarali o'zaro munosabatda bo'lish tizimining mavjudligi.
O'zbekiston aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlat aksiya paketlarini
boshqarishda jahon amaliyotida keng tarqalgan uch variant (model)
qo'llaniladi:
- aksiyadorlik jamiyatlar boshqaruv organlariga davlat xizmatchilarini saylash (tayinlash). Bu variant O'zbekistonda 1998-yildan beri qo'llanadi. Davlat ulushi 25%dan oshadigan har bir aksiyadorlik jamiyatlarda aksiyadorlar umumiy yig'ilishida va kuzatuv kengashi majlislarida qatnashish uchun davlat ishonchli
vakillari tayinlanadi;Davlat aksiya paketlarini shartnoma asosida ishonchli boshqa-Ruvga berish (amerika modeli). 1998-yilgacha bu yo’l bilan barcha
Davlat aksiya paketlari boshqarilar edi. Ishonchli boshqaruvchilik Vazifasi, boshqariluvchi aksiya paketlari ustav fondlariga berilmagan Holda, bozor islohotlarining dastlabki yillarida tugatilgan tarmoq Vazirliklari negizida tashkil qilingan uyushmalar, korporatsiyalar va Boshqa xo’jalik birlashmalari zimmasiga yuklatilgan edi. 1998-2002- Yillarda xo’jalik birlashmalari ishonchli boshqaruvida 25% va undan Kam miqdordagi aksiya paketlari berilgan edi. Keyinchalik ushbu
Aksiya paketlarini professional boshqaruv kompaniyalariga ishonchli
Boshqaruvga berish boshlandi; Ishlab chiqariladigan mahsulot (xizmat)lar bir jinsliligi, koo- Peratsion aloqalar yaqinligi va boshqa belgilar bo’yicha ustav fondida
Davlat ulushi ishtirok qilgan korxonalarni tarmoq (ko’p tarmoqli) davlat
Xolding kompaniyalariga birlashtirish (italiya modeli). O’zbekistonda
Ustav fondlari to’liq yoki deyarli to’liq hajmda davlat aktivlaridan Shakllantirilgan qator xolding kompaniyalar («O’zbekneftgaz», «O’z-Qishloqxo’jalikmash – xolding» va boshqalar) hamda nomlanishi Boshqacharoq bo’lsada mohiyatan xolding kompaniyasi bo’lgan Davlat-aksiyadorlik va aksiyadorlik kompaniyalar («O’zbekenergo», «O’zkimyosanoat» va boshqalar) tashkil etildi.
«Oltin aksiya» - ayrim aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda Davlat ishtirokining maxsus huquqi bo’lib, u strategik ahamiyatga ega Bo’lgan davlat korxonalari xususiylashtirilayotganda yoki aksiyadorlik Jamiyatlarining davlat aksiya paketlari xususiy mulk etib realizatsiya Qilinayotganda O’zbekiston Respublikasi hukumatining qaroriga asosan Joriy qilinadi va mamlakatning iqtisodiy manfaatlarining himoya Qilinishini ta’minlaydi. Oltin aksiya» qiymatga ega emas, boshqa shaxsga berilmaydi Hamda garovga qo’yilmaydi, ustav fondi miqdorini belgilashda va Dividendlarni hisoblashda inobatga olinmaydi. «Oltin aksiya» ustav fondida davlat ulushi bo’lmagan yoki bu Ulush 25 foizdan oshmaydigan aksiyadorlik jamiyatlarida joriy etilishi Mumkin. Davlatning «oltin aksiya»dan foydalanish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. «Oltin aksiya» aksiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashi tarkibiga
Davlat vakilini (bundan buyon matnda davlat vakili deb yuritiladi) Tayinlash vositasida realizatsiya qilinadi. Davlat vakili aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishida va kuzatuv kengashi majlislarida ushbu qonunning 65-moddasi birinchi qismining ikkinchi, to’rtinchi, yettinchi, sakki- Zinchi, o’n sakkizinchi, o’n to’qqizinchi xatboshilarida, shuningdek, 82-moddasi birinchi qismining yettinchi, yigirma ikkinchi-yigirma To’rtinchi xatboshilarida ko’rsatilgan masalalar bo’yicha veto qo’yish
Huquqi bilan majburiy tartibda ishtirok etadi. Veto qo’yish ushbu Qarorlar qabul qilingan kuni yozma shaklda amalga oshiriladi. Boshqaruv kompaniyasining asosiy maqsadi – qaltislikning maqbul Darajasida mulkdorning mumkin qadar yuqori daromad olishini Ta’minlash.Davlat aksiyalar paketini ishonchli boshqarishda ushbu aktivlarni Saqlab qolish va boshqaruvdagi korxonalarning uzoq muddatli
Daromadli faoliyatini maksimallashtirish hisobiga ularning qiymatini
Ko’paytirishga intilish kerak.Buning uchun boshqa aksiyadorlar bilan tushuntirish ishlari olib Borilmoqda. Ya’ni, ular korxonaning uzoq muddatli foydaliligi
Korxonaning aksiyalari qiymatini ancha oshirishini anglab yetishlari Darkor.Strategik investorlar va aksiyadorlar (shu jumladan davlat ham), Umuman olganda, uzoq muddatli o’sishga yo’nalish olgan korxonalar Faoliyatini ijobiy qabul qilmoqda, vaholanki ular bugun katta foyda Keltirmasligi ham mumkin. Ushbu omillarni hisobga olib, boshqaruv
Kompaniyasi o’z faoliyatida boshqarilayotgan korxonalarning moliyaviy Ahvolini yaxshilash va ularning foydaliligini oshirishga katta e’tibor Berishi kerak.Davlat paketini ishonchli boshqarish bo’yicha shartnomalarni tuzishda korxonalarda korporativ boshqaruv tizimining yuqori samaradorligini ta’minlash muhimdir. Masalan, «Taskon Management» Boshqaruv kompaniyasi mutaxassislari tomonidan olib borilgan tahlil Shuni ko’rsatdiki, ayrim korxonalar kuzatuv kengashlarining faoliyati
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-yanvardagi PF 3202 – son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining yuqorida Keltirilgan 2003-yil 19-apreldagi 189-son qarorida belgilangan korporativ Boshqaruv talablariga javob bermaydi.Masalan, qator aksiyadorlik jamiyatlarida kuzatuv kengashlari bir
Yilda bir-ikki marta faqat rasmiyatchilik uchun yig’ilish o’tkazgan.
Kuzatuv kengashlari direktorlarning chorak yakunlari bo’yicha hisobotLarini tinglamaydi. Ijroiya organlari biznes-rejalari korxonaning o’tgan davrdagi faoliyati tahlil qilinmasdan qabul qilingan hamda navbatdagi Xo’jalik yilidagi rivojlanish istiqbollarini to’liq ochib bermaydi. Shu munosabat bilan, «Taskon Management» kompaniyasi aktivla-Rini boshqarayotgan barcha korxonalarda, qonunchilik talablariga
Muvofiq kuzatuv kengashlari faoliyati rejalarini tuzish, jamiyat ijroiya
Organlari rahbarlari tomonidan navbatdagi xo’jalik yili uchun biznes-Rejalar qabul qilinishi va ularda aniq maqsadlar, istiqboldagi vazifalarni Belgilab, aniq muddatlar va ijrochilarning ko’rsatilishi bo’yicha ishlar Tashkil qilgan. Boshqarilayotgan korxonalarni texnik qayta qurollantirish va modernizatsiyalash, mol-mulkini saqlash hamda undan samarali foyda-
Lanishni ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilishi lozim. Kuzatuv Kengashlarining ish rejalari va ijroiya organlarining biznes-rejalari Tuzilishi boshqarilayotgan korxonalarda ham Kuzatuv kengashi, ham Ijroiya organining samarali faoliyat tartibini yo’lga qo’yishga imkon beradi.Boshqaruv kompaniyasi xodimlari amaldagi qonunchilik doirasida
Jamiyatlar ijroiya organlariga moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga bog’liq
Turli masalalarning ijobiy yechimini topishga yordam bermoqdalar. Boshqaruv kompaniyasining yuqori ish sifati har bir xodimning kasbiy Mahoratiga, tajribasiga, boshqaruvning ilg’or usullaridan foydalanishga Hamda zamonaviy dasturiy ta’minotga bog’liqdir.
O’zbekiston Respublikasi 21.12.2007-y. O’zRQ-135-son qonunida
Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishda ishtirok etish huquqi shaxsan Aksiyador tomonidan yoki uning vakili orqali amalga oshiriladi. Davlat Vakilining aksiyadorlarning umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqi Uning shaxsan o’zi tomonidan amalga oshiriladi.
Aksiyador aksiyadorlarning umumiy yig’ilishidagi o’z vakilini
Istalgan vaqtda almashtirishga yoki yig’ilishda shaxsan o’zi ishtirok Etishga haqlidir. Aksiyadorning vakili aksiyadorlarning umumiy yig’ilishida yozma
Ishonchnoma asosida ish ko’radi. Ovoz berishga doir ishonchnomada
Vakolat bergan va vakil qilingan shaxslar to’g’risidagi ma’lumotlar (ismi yoki nomi, turar joyi yoki joylashgan manzili, pasport ma’lu-
Motlari) aks ettirilgan bo’lishi lozim. Jismoniy shaxs nomidan berilgan ovoz berishga doir ishonchnoma Notarial tasdiqlangan bo’lishi kerak. Yuridik shaxs nomidan beriladigan Ovoz berishga doir ishonchnoma qonun hujjatlarida belgilangan Tartibda beriladi

Xulosa
Davlat aksiya paketlari boshqarilar edi. Ishonchli boshqaruvchilik Vazifasi, boshqariluvchi aksiya paketlari ustav fondlariga berilmagan Holda, bozor islohotlarining dastlabki yillarida tugatilgan tarmoq Vazirliklari negizida tashkil qilingan uyushmalar, korporatsiyalar va Boshqa xo’jalik birlashmalari zimmasiga yuklatilgan edi. 1998-2002- Yillarda xo’jalik birlashmalari ishonchli boshqaruvida 25% va undan Kam miqdordagi aksiya paketlari berilgan edi.


Yüklə 49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin