MBAZA.UZ BARCHA FANLARDAN IMTIHON JAVOBLAR VA SAVOLLARI
ko‘chmanchi qabilalar bilan u rushlarning
kelib chiqishiga sabab
bo‘ldi. Bu urushlarda qang‘arlar (Qang‘ davlati aholisini shunday
atashgan) ko‘pincha g‘olib chiqar edilar. Milodiy III asrda Qang‘
davlati parchalanib
ketdi.
2. Misrliklarning mashg‘ulotlari haqida ma’lumot bering.
Nil daryosi dalalarni suvga bostirib, keng-mo‘l
oqqan yillarda
misrlik dehqonlarning hosili ham barakali bo‘lgan. Misrlik
dehqonlar bug‘doy va arpa, shuningdek, poliz ekinlarini ekishgan,
yetishtirilgan kanopdan esa gazlama to‘qishgan. Nil vodiysida
uzum, qovun, anor, xurmo, piyoz,
bodring, loviya kabi meva va sabzavot yetishtirilardi. Qadimgi
zamonda
yerga omoch bilan ishlov berib, urug‘ qo‘lda sepilgach,
urug‘likni yerga singdirish uchun qoramollarni daladan haydab
o‘tishgan. Mehnat
qurollari takomillashishi bilan ziroatchilar omoch va hayvonlar
kuchidan foydalana boshlashdi.
Misrliklar sigir, qo‘y-echki,
cho‘chqalarni boqishgan. Ziroatchilar ho‘kizlardan dala ishlarida
foydalanishgan.
Misr dehqonlari yerga urug‘ sochish va hosilni yig‘ishtirib olish
ishlarini g‘ayriodatiy muddatda o‘tkazishgan. Iyul-sentabr oylarida
ular dam olishar va urug‘likni ekishga hozirlashardi. Negaki, bu
mahalda barcha dalalarni suv bosardi. Kuzda dalalarga urug‘
ekilgan. Qishda esa
hosil yig‘im-terimi boshlangan. Boshoqlarni mis o‘roqlar bilan
o‘rib olib, so‘ngra
maxsus joyga tashib, bug‘doy yoki arpa
bog‘lamlari
ustidan
hayvonlarni haydab o‘tib, hosilni yanchishgan.
Xirmonjoydan chiqqan don spool xumlarda saqlangan. Bu tadbir
donni son- sanoqsiz kemiruvchilar – zararkunandalardan omon
saqlardi.
Dostları ilə paylaş: