Mil. 394- yilda sodir bo‘lgan zilzila oqibatida Olimpiya o‘yin maydoni
vayron bo‘lib, qadimgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish butunlay
to‘xtab qoladi.
Nihoyat,
1896-yilda Olimpiya o‘yinlari qayta tiklandi. Olimpiya
o‘yinlari ochiladigan kunda qadimgi mash’ala yoqish odati
hozirgacha
saqlanib qolgan. Quyosh nurlaridan yondirilgan mash’ala Olimpiya
musobaqalari o‘tkaziladigan joyga keltiriladi.
14-BILET 1. Davan davlati haqida ma’lumot bering. Davan davlati (Xitoy manbalarida bu o‘lka shu nom bilan tilga
olinadi) taxminan,
mil. avv. III asrda paydo bo‘lib, Farg‘ona
vodiysida joylashgan. Xitoy hukmdorlari bir necha bor bu davlatni
bosib olmoqchi
bo‘ldilar, biroq ularning harakatlari behuda ketdi. Harbiy
yurishlarning
birida ular Davan davlatining poytaxti Ershini qo‘lga kiritdilar,
biroq aholisining tovon to‘lashi evaziga uni tashlab chiqishgan.
Davan davlati Xitoy va Sharqning boshqa mamlakatlari bilan
bo‘lgan xalqaro savdoda
muhim o‘rin tutgan. Xitoy hukmdorlarini ko‘proq Farg‘onaning
zotli otlari qiziqtirardi. Otlar naslining biriga hatto ular «Samoviy»
deb nom berganlar. «
Samoviy otlar » baquvvat va chopqir bo‘lgan.
Qadimshunoslar
topgan
dalillar
Xitoy
solnomalaridagi
ma’lumotlarni tasdiqladi. Ko‘p sonli aholiga, yaxshi qurollangan
va mashq
ko‘rgan qurolli kuchlariga ega bo‘lgan Davan
mil. avv. II-I asrlarda yuksak taraqqiy etgan davlatga aylangan. Davan
davlatining
Sho‘rabashat ,
Uchqo‘rg‘on singari shaharlari atrofi
dagi aholi yerni ishlash, sholi va bug‘doy yetishtirish,
bog‘dorchilik va uzum yetishtirishda katta yutuqlarga erishgan.
Olimlarning aniqlashicha, milodiy III asrda Davan davlati barham
topgan.
MBAZA.UZ BARCHA FANLARDAN IMTIHON JAVOBLAR VA SAVOLLARI
2. Fermopil jangi haqida ma’lumot bering. Yangi urushga tayyorgarlik ketayotgan paytda Doro I vafot etdi.
Yunonistonga qarshi uning o‘g‘li Kserks yurish boshladi.