MBAZA.UZ BARCHA FANLARDAN IMTIHON JAVOBLAR VA SAVOLLARI
davlatlarining birlashgan fl o ti forslarning harbiy fl otidan kuchli
bo‘lgan. Yengilganidan keyin Kserks Yunonistonni tark etishga
majbur bo‘ldi.
16-BILET
1. Qadimgi Xorazm davlati haqida ma’lumot bering.
Mil. avv. IV asrda
Xorazm Ahamoniylar davlatidan ajralib chiqib,
mustaqil davlatga aylandi. Makedoniyalik Aleksandr va salavkiylar
hukm ronligi davrida ham Xorazm davlati mustaqil edi. Bu o‘lka
aholisi xo‘jaligining asosini d ehqonchilik tashkil etgan. Xorazmda
shaharsozlikning boshlanishi
miloddan avvalgi VII asrga borib taqaladi (Ko‘zaliqir shahri
xarobalari). Bu yerda mahalliy hukmdorning qarorgohi bo‘lgan
ulkan qal’a bunyod etilgan edi (
Qal’aliqir
shahri xarobalari).
Miloddan avvalgi III–II asrlarda
Jonbosqal’a
Xorazmning qadimgi
shahri bo‘lgan.
Qo‘yqirilganqal’a
xarobalaridan aylana shaklda
qurilgan mustahkam ibodatxona qoldiqlari
t opilgan. Milodiy II–III asrlarda
Tuproqqal’a
shahrida bundan
ham ulug‘vor va muhtasham qurilish ishlari amalga oshirilgan edi.
Shahar
qudratli
mudofaa
devorlari
bilan o‘ralib, devor
burchaklarida burjlar qurilgan. Markazdan o‘tgan ko‘cha shaharni
ikki qismga bo‘lgan, undan esa, yon-atrofga ko‘chalar ketgan,
mahallalar bir-biridan ajralib turgan. Markaziy
maydonda muhtasham saroy va ibodatxonalar joylashgan. Qasrdagi
saroy devorlari shohlar, lashkarlar, sozandalar, shuningdek,
hayvonlar va
qushlar tasviri bilan bezatilgan. 20 dan ortiq bo‘yalgan loy
haykallar zallardan biridagi tokchalarda devor bo‘ylab o‘rnatilgan.
Xorazmda ayniqsa hunarmandchilik yuksak darajada rivoj topgan.
Kulolchilik, temir,
mis asboblar, qurollar, zargarlik buyumlariga talab katta bo‘lgan.
Xorazm aholisi So‘g‘diyona, Marg‘iyona, Baqtriya va dasht
ko‘chmanchilari bilan yaqindan savdo munosabatlarini o‘rnatgan.
Bu o‘lkadan muhim
karvon yo‘llari o‘tgan.
Dostları ilə paylaş: