MBAZA.UZ BARCHA FANLARDAN IMTIHON JAVOBLAR VA SAVOLLARI
sirtiga
bitilgan yozuv va
Qo‘yqirilganqal’adan topilgan ayrim mahalliy yozuvlardir
(miloddan avvalgi III–II asrlar). Milodiy I asrda Xorazmda ishlab
chiqilgan
mahalliy taqvimdan xorazmliklar VIII asrga qadar foydalanishgan.
2. Marafon jangi haqida ma’lumot bering.
Mil. avv. 490-yil
fors harbiy fl oti Egey dengizini kesib o‘tdi va
Attika sohiliga langar tashladi.
Marafon tekisligiga
nayza, xanjar va
o‘q-yoylar bilan qurollangan fors suvoriylari va piyoda jangchilari
kemadan tushadilar. Yunonlar forslarga qaraganda kam sonli edi.
Shuning uchun ular fors suvoriylari uchun noqulay bo'lgan qoyali
balandliklarga
o'rnashib oldilar. Yunon lashkari forslarni
Attika ichkarisiga
boradigan yo'llardan to'sib qo'ydi. Biroq ular ochiq jangga kirishdan
cho'chir edilar. Bir hafta o'tdi. Sarkarda Miltiad boshchiligida
jangovar falanga tartibida saflangan yunonlar
Marafon tekisligida
fors qo'shinlariga qarshi hujum boshladilar. Qattiq jangda yunon
qo'shinlari forslarni qochishga majbur qildi. Forslar o'z kemalariga
qarab chekinishga majbur bo'ldilar. Yunonlar
forslarning yettita
kemasini egallab olganlar, boshqa kemalar qochib qolgan. Marafon
jangidagi g'alabani Afinaga yetkazish
uchun bir jangchi shaharga
qarab
yugurdi. Naq 42 kilometr yo'lni chopib o'tgan jangchi «G'alaba!
G'alaba!», deb shu zahotiyoq yuragi yorilib, jon bergan. Keyinchalik
olis masofaga yugurish Marafon yugurishi deb atala boshlandi.
Dostları ilə paylaş: