MBAZA.UZ BARCHA FANLARDAN IMTIHON JAVOBLAR VA SAVOLLARI
Mil. avv. 74-yilda
boshlangan
Spartak
boshchiligidagi qullar qo’zg’oloni
qadimgi dunyoda eng ommaviy va uyushgan qo‘zg‘olonlardan biri bo’ldi. Rim
armiyasida xizmat qilishdan bosh tortganligi
uchun Kapuya shahridagi
gladiatorlik maktabiga sotib yuborilgan frakiyalik qul Spartak qullarni
qo‘zg‘olon ko‘tarishga undadi. Ammo kimdir bu haqda
rimliklarga xabar
yetkazadi. Shunda Spartak va uning 200 ga yaqin tarafdorlari qorovullarga
hujum qiladilar va qochib chiqib ketadilar. Ular
Vezuviy
tog‘idagi
qoyaga
chiqib oladilar. Asta-sekin boshqa qullar ham ularga kelib qo‘shila boshladi va
qo‘zg‘olon ko‘targanlar safi kengaya bordi. Ko‘p o‘tmay ularning soni 10
ming kishiga yetdi. Qo‘zg‘olon ko‘targan qullarni tor-mor etishga jo‘natilgan
uch ming kishilik qo‘shin Vezuviy tog‘lari yaqinida harbiy lager tikladi. Qamal
boshlandi. Spartak kutilmaganda
dadil rejani amalga oshirdi. Qullar uzum novdalaridan narvon to‘qib,
ko’rinmaydigan tarafdan cho‘qqidan pastga tushib oldilar. Rimliklar
guruhining orqasidan zarba bergan Spartak ularni tor-mor etdi. Ammo ko‘p
o‘tmay qo‘zg‘olon ko‘targanlar orasida ixtilof paydo bo‘ldi.
Qullarning bir
qismi Rimni tark etib, o‘z yurtlariga qaytishni afzal
bildilar. Ko‘pgina qullar esa
mamlakatdan chiqib ketmaslikka, Rimni tor-mor
etishga va quldorlardan qasos olishga ahd qilishdi. Spartakka qarshi tajribali
sarkarda Mark Krass boshchiligida ko‘p ming sonli qo‘shin
jo‘natildi. Mil. avv. 71-yilning bahorida ro‘y
bergan hal qiluvchi jangda
Spartak lashkari tormor etildi, uning o‘zi esa ana shu jangda halok bo‘ldi. 6
mingdan ziyod asirlar Rim-Kapuya oralig‘idagi yo‘l bo‘ylaridagi xochlarga
mixlab tashlandi.
Dostları ilə paylaş: