Mbaza. Uz barcha fanlardan imtihon javoblar va savollari



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/32
tarix13.12.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#175283
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
6 sinf tarix 2021 imtihon javoblari

Mil. avv. 328-yil 
kuzida Spitamanning 
Aleksandr bilan hal qiluvchi jangi bo‘lib o‘tadi. Kuchlar teng bo‘lmaganidan 
Spitaman yengilib, yana cho‘lga chekinadi. O‘sha yerda u 
xoinlarcha o‘ldiriladi. Spitamanning o‘limi so‘g‘diylar va baqtriyaliklar 
irodasini buka olmadi. Aleksandr so‘g‘d zodagonlari 
– 
Xoriyen 
va 
Oksiartning
Hisor tog‘larida joylashgan qal’alarini qo‘lga 
kiritib,Oksiartning qizi 
Ravshanakka 
uylanadi. Shunday qilib, Makedoniyalik 
Aleksandr e’tiborli so‘g‘d zodagonlaridan biri bilan qarindosh tutinadi. O‘rta 
Osiyo yerlarini bosib olish uchun 
Aleksandr deyarli uch yil urindi, biroq uncha katta bo‘lmagan hududni: 
Marg‘iyona, Baqtriya, So‘g‘diyona, hozirgi Bekobod va Xo‘jand 
orasida Sirdaryo bo‘ylarini bo‘ysundirishgamuvaffaq bo‘ldi, xolos. Xorazm, 
Toshkent vohasi va Farg‘ona mustaqilligicha qoldi. 
 
 
26-BILET  
1. Midiya davlati haqida ma’lumot bering.
Kaspiy dengizidan janubi-g‘arbda joylashgan 
Midiyada 
qabilalar ittifoqlari 


MBAZA.UZ BARCHA FANLARDAN IMTIHON JAVOBLAR VA SAVOLLARI
 
vujudga keldi. 
Mil. avv. VII asrda 
podsho 
Kiaksar 
hukmronligi davrida 
Midiya qudratli davlatga aylandi. Midiya davlati Bobil bilan ittifoq bo‘lib 
Ossuriyani bosib oladi. Eronning janubida, Fors ko‘rfaziga tutashib ketgan 
yerlarda Fors viloyati – qadimgi forslar o‘rnashgan o‘lka 
joylash gan. 
 
2. Kir II ning massagetlar hududiga bostirib kirishi.
Mil. avv. 530-yilda 
Kir II ulkan lashkar bilan massagetlar ustiga yurish qildi. 
Bu yurish to‘g‘risida «tarix otasi» Gerodot hikoya qilib bergan. Forslar 
massagetlar hududiga bostirib kirganlarida ularning malikasi 
To‘maris 
bosqinchilarga tinch-omon qaytib ketishni taklif qiladi. Ammo fors 
shohi bu taklifni rad etadi va Amudaryodan kechib o‘tishni boshlash to’g’risida 
farmon beradi. Gerodot massagetlarning asosiy kuchlari bilan forslarning jangi 
to‘g‘risida shunday hikoya qiladi: 
«Bu jang... barcha janglardan ham 
dahshatliroq edi. Avval har ikki dushman kuchlar bir-biriga qarshi jangovar 
saf tizishib, kamondan o‘q yog‘dirishdi. O‘qlari tugagach, qo‘llariga xanjar va 
nayzalar olib, dushmanga qarshi tashlandilar. Jang uzoq davom etdi. Hech 
kim chekinishni xayoliga keltirmasdi. Ko‘p qon to‘kildi. Nihoyat, 
massagetlarning 
qo‘li baland keldi. Fors qo‘shinlarining ko‘pchiligi qirildi. Jang maydonida 
Kir II ning o‘zi ham halok bo‘ldi». 
 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin