MBAZA.UZ BARCHA FANLARDAN IMTIHON JAVOBLAR VA SAVOLLARI
vujudga keldi.
Mil. avv. VII asrda
podsho
Kiaksar
hukmronligi davrida
Midiya qudratli davlatga aylandi. Midiya davlati Bobil bilan ittifoq bo‘lib
Ossuriyani bosib oladi. Eronning janubida, Fors ko‘rfaziga tutashib ketgan
yerlarda Fors viloyati – qadimgi forslar o‘rnashgan o‘lka
joylash gan.
2. Kir II ning massagetlar hududiga bostirib kirishi.
Mil. avv. 530-yilda
Kir II ulkan lashkar bilan massagetlar ustiga yurish qildi.
Bu yurish to‘g‘risida «tarix otasi» Gerodot hikoya qilib bergan. Forslar
massagetlar hududiga bostirib kirganlarida ularning malikasi
To‘maris
bosqinchilarga tinch-omon qaytib ketishni taklif qiladi. Ammo fors
shohi bu taklifni rad etadi va Amudaryodan kechib o‘tishni boshlash to’g’risida
farmon beradi. Gerodot massagetlarning asosiy kuchlari bilan forslarning jangi
to‘g‘risida shunday hikoya qiladi:
«Bu jang... barcha janglardan ham
dahshatliroq edi. Avval har ikki dushman kuchlar bir-biriga qarshi jangovar
saf tizishib, kamondan o‘q yog‘dirishdi. O‘qlari tugagach, qo‘llariga xanjar va
nayzalar olib, dushmanga qarshi tashlandilar. Jang uzoq davom etdi. Hech
kim chekinishni xayoliga keltirmasdi. Ko‘p qon to‘kildi. Nihoyat,
massagetlarning
qo‘li baland keldi. Fors qo‘shinlarining ko‘pchiligi qirildi. Jang maydonida
Kir II ning o‘zi ham halok bo‘ldi».
Dostları ilə paylaş: