Mbaza. Uz barcha fanlardan imtihon javoblar va savollari



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/32
tarix13.12.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#175283
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32
6 sinf tarix 2021 imtihon javoblari

mil. avv. 202-yilda 
uning lashkari 
Zama 
shahri yaqinida (Shimoliy Afrika) rimliklar tomonidan tor-mor 
etildi. 
Karfagen Rimga taslim bo‘lib, katta miqdordagi boylik bilan tovon 
to‘lashi kerak edi. Biroq vaqt o‘tib, Karfagen o‘z qudratini 
tiklashga 
harakat qiladi. Uchinchi Puni urushida rimliklar Karfagenni qamal 
qildilar. Shahar aholisi ikki yil Karfagenni mudofaa qildi, shaharda 
ochlik boshlandi. Rimlik legionerlar shaharga hujum qilib, o‘t 
qo‘yishar edi. Shunday qilib
mil. avv. 146-yilda 
Karfagen 
butunlay vayronaga aylantirildi. Rim qo‘shinlari esa g‘alaba sururi, 
talangan
o‘lja va minglab qullar bilan Italiyaga qaytib keldilar. 
 
 
24-BILET  
1. Rim respublikasi.
Rim hukmdorlari muhim masalalarni muhokama qilish uchun 
Xalq majlisini 
chaqirganlar. Xalq majlisi urush e’lon qilar, sulh tuzar, qonunlarni tasdiqlar va 
bekor qilar, barcha muhim mansabdor shaxslarni tayinlar 
edi. Bu majlisning qarorini 
Senat 
tasdiqlagan, lotinchadan tarjima qilinganda 
«senat» so‘zi «
oqsoqollar kengashi
» degan ma’noni 
anglatadi. Rimning tub aholisi 
patritsiylar
, Rimga ko‘chib kelgan odamlar va 
ularning avlodlari 
plebeylar 
deb atalgan. Rim boshqaruvida faqat patritsiylar 
ishtirok eta olar edi. 
Mil. avv. VI asr oxiridan 
Rim davlati 
respublika
deb 
yuritila boshlangan. Lotinchadan tarjima qilinganda «respublika » so‘zi «
xalq 


MBAZA.UZ BARCHA FANLARDAN IMTIHON JAVOBLAR VA SAVOLLARI
 
ishi

umumiy ish
» degan ma’nolarni anglatadi («res» – ish, «publika» – xalq). 
Xalq majlisi patritsiylardan ikki kishini bir yil muddatga hokim qilib saylagan. 
Ular 
konsullar 
deb atalgan. 
Badavlat odam turli yo‘llar bilan saylovchilarni o‘z tarafi ga og‘dirib, bepul 
tushlik uyushtirishgan, sovg‘a-salom tarqatishgan va 
shunga o‘xshash ishlarni amalga oshirishgan. Saylov kuni konsullikka o‘z 
nomzodini qo‘ygan badavlat kishilar «
kandida
» deb ataluvchi oq-harir libos 
kiyib olishgan. Hozirgi «kandidat», ya’ni qandaydir lavozimni 
egallashga harakat qiluvchi nomzod shaxs ma’nosini beruvchi so‘z ham 
«kandida»dankelib chiqqan. Oq rang nomzodning vijdoni ham uning libosidek 
beg‘ubor va pokiza bo‘lishi kerakligini bildirgan Senat mamlakatda katta 
hokimiyatga ega bo‘lgan. Birorta ham qonun Senatda muhokama etilmasdan 
turib, Xalq majlisi tomonidan qabul qilinmasdi. Asosiy mansabdor shaxslar 
– konsullar esa bevosita davlatni boshqarar edilar. Qadimda eng tajribali va 
hurmatli kishilar Senatda o‘rin egallagan bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan konsullar 
hech bir saylovsiz Senatda o‘rin egallab oladigan va uning umrbod a’zosiga – 
senatorga 
aylanadigan mavqega erishdilar. Urush boshlangan taqdirda yoki 
xalq qo‘zg‘oloni ro‘y berganda 
diktator 
va uning o‘rinbosari – qo‘shinlar 
boshlig‘i etib tayinlanardi. Diktator cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lgan. 
Ammo u hokimiyatda olti oydan 
ko‘p tura olmas edi. Yunonlarning dengizdagi sayohatlari haqida ma’lumot 
bering.
 
2. Yunon-fors urushlari haqida ma’lumot bering. 

Mil. avv. V asr boshlarida Yunonistonga forslar tahdid sola boshladi.Doro I 
hukmronlik qilayotgan Fors davlati yangi-yangi mamlakatlarni bosib olishga 
intilgan. Yunonistonning barcha shaharlarida fors elchilari paydo bo‘lib, ular: 
«Bizning hukmdorimiz, buyuk shahanshoh Doro, kunchiqardan kunbotargacha 
barcha mamlakatlarning birdan- bir egasi sizdan yer va suv talab qilmoqdadir 
»
, deb baralla aytishardi. Yunonistondagi ayrim shaharlar aholisi forslarga 
qarshilik ko‘rsatishning sira iloji yo‘q 
deb hisoblab, shoh Doro I ning shartlarini qabul qilishga rozi edilar. 
Afi na va Sparta bosqinchilarga itoat etmaslikka ahd qildi. Fors elchilari Afi 
naga kelganda, shahar aholisi g‘azabdan ularni o‘ldirib, qoyadan tashlab 
yubordilar. Elchilarni chuqur quduqqa tashlab yuborgan spartaliklar esa 
zaharxandalik bilan: 
«Suvni ham, yerni ham quduq tubidan yetarlicha 
olasizlar» 
deyishgan ekan. Fors shohi dastlab Kichik Osiyodagi yu non 
shaharlarini bosib olib. 


MBAZA.UZ BARCHA FANLARDAN IMTIHON JAVOBLAR VA SAVOLLARI

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin