25-BILET 1. Elam davlati. Mil. avv. 3-ming yillikda Eronning janubi-g’arbiy qismida
Elam davlati vujudga keldi. Bu davlatning
poytaxti
Suza shahri bo‘lgan. Elamda jahondagi eng qadimiy yozuvlardan biri
yaratilgan. Kaspiy dengizidan janubi-g‘arbda joylashgan
Midiyada qabilalar
ittifoqlari vujudga keldi.
Mil. avv. VII asrda podsho
Kiaksar hukmronligi
davrida Midiya qudratli davlatga aylandi. Midiya davlati Bobil bilan ittifoq
bo‘lib Ossuriyani bosib oladi. Eronning janubida, Fors
ko‘rfaziga tutashib ketgan yerlarda Fors viloyati – qadimgi forslar
o‘rnashgan o‘lkajoylash gan.
2. Makedoniyalik Aleksandrning sharqqa tomon istilochilik yurishlari haqida ma’lumot bering. Aleksandr
miloddan avvalgi 336-yilda Makedoniya podshosi bo‘ladi. Shu yili
u 20 yoshga to‘lgan edi.
Makedoniyalik Aleksandr g‘ayrioddiy kuch-g‘ayrat va
jasurlik sohibi bo‘lgan. Safdoshlari va qo‘shinlari unga nihoyatda sadoqatli edi.
Mil. avv. 334-yilda u Sharqqa yurish boshladi, bu yurish 10 yil davom etdi.
Ana shu yurish davomida u Kichik Osiyo, Suriya,
Misr, Eron va Hindistonda katta-katta hududlarni bosib oladi. Makedoniyalik
Aleksandr ulkan hududda o‘z hukmronligini mustahkamlash maqsadida bosib
olingan
shaharlarga
yunonlarni
joylashtirdi.
Mil. avv. 330-yilda Makedoniyalik Aleksandr Qadimgi Fors davlatining Ahamoniylar
sulolasidan bo‘lgan oxirgi shoh
Doro III ning qo‘shinlarini tor-mor keltirdi. U
Hindistonga yurish qilishdan oldin qo‘shinlarining
orqa tomonini xavfsizlantirish maqsadida Amudar yoning narigi tomonida
yashovchi elatlarni bo‘ysundirishga qaror qildi. Birinchi bo‘lib uning yo‘lini
to‘sgan shahar Baqtriya poytaxti
Baqtra (Zariasp) bo‘ldi.
Bu vaqtda ahamoniylar sulolasining vakili
Bess Baqtriyaning satrapi bo‘lgan.
U Baqtra shahrini dushmanga qoldirib, Amudaryoning narigi tarafi ga qochib
ketadi. Makedoniyalik Aleksandr o‘z ustozi, qadimgi yunon faylasufi
Aristotelning Amudaryodan ikki podsho – Kir II va Doro I kechib o‘tgani,
ikkalasi ham mag‘lubiyatga uchragani, shu bois u yurishga
yaxshi tayyorgarlik ko‘rishi lozimligi to‘g‘risidagi maslahatini yodda tutar edi.