Mil.avv. VIII-VI asrlarda Italiya sohillarida koloniyalarga asos
solgan yunonlar bu mamlakatda
sigirlarni o‘tlatish uchun ajoyib o‘tloqlarni topganlar. Apennin
yarimorolidagi eng katta daryo
Po daryosidir. Yarimorolning
qabilalari
italiklar deb nomlangan. Italiyaning shimoli-g‘arbiy
qismida
etrusklar yashagan. Ularning asosiy mashg’uloti
dehqonchilik bo‘lgan.
2. Xristianlikning vujudga kelishi haqida ma’lumot bering. Milodiy I-asr boshlarida Rim hokimiyati ostida bo‘lgan Falastin
yerlaridagi
Vifl eem shahrida «Xudoning o‘g‘li» nomini olgan
Iso tug‘ilganligi haqida rivoyatlar keng tarqala boshlagan.
Rivoyatlarga ko‘ra, 30 yoshida Iso o‘n ikki nafar havoriylari (apostollar) bilan Falastin bo‘ylab sayohat qilib, Xudo oyat lari haqida hikoya qilib beradi va mo‘jizalar ko‘rsatadi – yashashdan umidini uzgan, tuzalmas xastalarni davolaydi. Mahalliy ruhoniylar Iso payg‘ambarni mavjud diniy haqiqatlarni buzib talqin etishda ayblab, uni o‘lim jazosiga mahkum etadilar. Rim noibi Pontiy Pilat bu hukmni tasdiqlagan. Rivoyatlarga ko‘ra, Isoni yer yuzidagi ilk inson – Odam ato dafn etilgan Golgofa tog‘ida xochga tortganlar. Vafotidan keyin murdasini bir g‘orga qo‘yishadi. Uchinchi kuni dafn etish uchun kelishganlarida Iso Masih jasadi qo‘yilgan joyida yo‘qligini ko‘rishadi. Odamlar Iso payg‘ambarning qayta tirilib, me’rojga ko‘tarilishiga
va Yer yuziga qaytib kelishiga ishonganlar. Iso Masih haqidagi
rivoyatlar
Yevangeliya (
Injil ) nomini olgan, yunonchadan tarjima
qilganda bu so‘z «Xushxabar» ma’nosini anglatadi. Iso payg‘ambar
ta’limoti izdoshlari
xristianlardir . Shogirdlari apostollar
(havoriylar) deb atalgan. Xristianlar jamoalariga
yepiskoplar peshvolik qiladi.
Milodiy I asr – xristianlik vujudga kelgan sana
MBAZA.UZ BARCHA FANLARDAN IMTIHON JAVOBLAR VA SAVOLLARI