Mbaza. Uz barcha fanlardan imtihon javoblar va savollari



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/32
tarix13.12.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#175283
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
6 sinf tarix 2021 imtihon javoblari

 
17-BILET  
1. Ahamoniylar davlati.
Mil. avv. 558-yilda 
ahamoniylar sulolasidan bo‘lmish podsho 
Kir 
II 
barcha forslarni o‘z hokimiyati ostida birlashtirdi. Midiya pod 
sholigini 
bo‘ysundirganidan so‘ng, Kir II ulkan lashkar tuzdi va bosqinchilik 
yurishlarini da vom ettirdi. Armaniston, Lidiya va Bobil zabt etildi. 
Forslar O‘rtayer dengizi sohiliga chiqdilar, Falastin va Finikiyani 
bo‘ysundirdilar. Kir II ning istilochilik siyosatini vorislari 
Kambiz 
II 


MBAZA.UZ BARCHA FANLARDAN IMTIHON JAVOBLAR VA SAVOLLARI
 
va 
Doro 
I davom ettirdi. Kambiz II Misrni zabt etish orqali Fors 
davlati hududini nihoyatda kengaytirdi. 
 
2. Yunonistonning qulashi haqida ma’lumot bering.
Yunoniston shaharlari birbirlari bilan urushayotgan paytda 
Makedoniya podshosi 
Filipp II 
Yunonistonni bosib olishni 
ko‘zlaydi. Uning qo‘shinlari suvoriylar va piyodalardan tashkil 
topgandi. Piyoda qo‘shinlar 16 qatordan iborat 
falangada
safl 
anardi. Falanganing oltinchi qatoridagi nayza birinchi qatordagi 
jangchini muhofaza etardi. Jang paytida butun falanga zirhlangan 
temir maxluqotga o‘xshab qolar edi. Falanga qanotlarini otliqlar 
himoya qilardilar. Filipp II Yunonistonga qarshi harbiy yurish 
qilishga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi. Mashhur notiq 
Demosfen 
Ellada 
shaharlarini kezib, 
ularning aholisini birlashish va makedonlarga qarshi kurashishga 
da’vat etadi. Fiva va ayrim boshqa shaharlar aholisi Filipp II 
qo‘shinlariga qarshi Afi na ittifoqiga qo‘shiladi. 
Mil. avv. 338- 
yilda 
yunonlar 
va makedonlarning asosiy kuchlari 
Beotiyadagi
Xeroniya 
shahri 
yaqinida to‘qnashadilar. Qattiq jang uzoq davom etadi. Harbiy 
hiyla 
qo‘llagan yunonlar ustunlikni qo‘lga oladilar. Makedonlar chekina 
boshlaydilar. G‘alaba qilayotganigan ishona boshlagan yunonlar 
ular ni 
quvishga tushadilar. Yunonlarning qo‘shinlari shunda ikki bo‘lakka 
ajraladi. Ana shu bo‘laklardan biriga Filipp II ning o‘g‘li 
Aleksandr 
qo‘mondonlik qilayotgan suvoriy qo‘shinlar qaqshatqich zarba 
beradi. Yunon qo‘shinlari chekina boshlaydi va tor-mor etiladi. 
Jangda yunonlarning aksariyati halok bo‘ldi. Xeroniya ostonasidagi 
jangdan so‘ng mag‘lubiyat oqibatida 
Yunoniston Makedoniyaga qaram bo‘lib qoldi. 
«Yunonlar ozodligi 
Xeroniya
ostonasida halok bo‘lganlar bilan birgalikda dafn qilindi»
, degan 
edi Demosfen.
 
Bu mag‘lubiyatdan keyin Yunoniston
 
aholisi o‘z 
qismatini qo‘rquv bilan kutib turishdi.
 
Biroq Filipp II o‘zini 
yunonlar podshosi deb
 
e’lon qilmaydi. Filipp II yunonlar bilan birlashib, forslarga qarshi 
ittifoq tuzadi. 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin