Mbaza. Uz barcha fanlardan imtihon javoblar va savollari



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/32
tarix13.12.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#175283
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
6 sinf tarix 2021 imtihon javoblari

 
29-BILET  
1.Aleksandr Makedonskiy davlati.
leksandr 329 yil Baqtriyani egallagach, satrap Bess, Oke (Ukuz, Amudaryo) 
dan kechib o‘tib, Navtaka (Qashqadaryo vohasi) ga chekingan. Ammo Bess 
tezda qo‘lga olinib, qatl etilgan. So‘ng, A. Samarqand (Marokanda)ni egallab, 
Sirdaryo tomon yo‘l oladida, u yerda shahar barpo etib, uni Aleksandriya 
Esxata (Chekka Iskandariya) deb ataydi. Umuman Aleksandrning O‘rta 
Osiyoga nisbatan bosqinchilik siyosati qattiq qarshilikka uchragan. 
Usrushonadagi yettita shahar-qal’a A.ga qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Bularning 
ichida eng kattasi – Kiropol bo‘lib, Kir II uni boshqa shahar-qal’alarga 
nisbatan baland devor bilan o‘rattirgandi. Uning ichida mahalliy aholining 
ko‘pchilik qismi, eng jangovar jangchilar to‘plangandi. A. shahar atrofiga 
xandaq qazittirgan, manjaniqlar (devorteshar mashinalar) bilan devorning bir 
necha yeridan teshik ochib, u yerdan shaharga bostirib kirmoqchi bo‘lgan. Bu 
urinishi natijasiz chiqqach, u harbiy hiyla ishlatib, shahar ichidan o‘tgan quruq 
daryo o‘zani orqali o‘zining xos jangchilari bilan shaharga kirgan. Kiropol 
mudofaachilari bilan Aleksandr jangchilari o‘rtasida shiddatli jang bo‘lgan. 
Unda A. boshi va bo‘yniga tosh tegib yarador bo‘lgan, bir qancha 
lashkarboshilari (Krater va boshqalar) kamon o‘qidan shikastlangan. Makedon 
qo‘shini katta qiyinchilik bilan shaharni egallagan. Shahar mudofaachilari 
(jami 15 ming) dan 8000 ga yaqini halok bo‘lgan, qolgani ichki qo‘rg‘onga 
yashiringan, so‘ng tashnalikdan qiynalib taslim bo‘lgan. Makedon qo‘shini 


MBAZA.UZ BARCHA FANLARDAN IMTIHON JAVOBLAR VA SAVOLLARI
 
qolgan shaharlarni ham shu tariqa qiyinchilik bilan egallagan. 
Aleksandr mahalliy xalqning jasoratidan shu qadar xavotirga tushganki, 
Ptolemeyning aytishicha, u o‘z jangchilariga asir olingan kishilarni bo‘lib 
berib, to bu mamlakatdan chiqib ketmagunlaricha ularni zanjirband holda 
saqlashni topshirgan. Aleksandr Sug‘diyonada Spitamen qo‘zg‘olon 
ko‘tarib, Marokandani qamal qilgani (qarang Spitamen, Spitamen qoʻzgʻoloni) 
va Tanais ortidan saklar podshosining ukasi Kartazis boshchiligidagi katta 
qo‘shin unga yordamga yetib kelgani haqida xabar-dor bo‘lgach, 
qo‘zg‘olonchilarga qarshi 2000 kishilik qo‘shin jo‘natib, o‘zi saklar tomon 
qo‘shin tortgan (qarang Tanais daryosi bo‘yidagi jang). Mazkur qo‘shin tor-
mor keltirilgach, A. shaxsan o‘zi katta kuch bilan Spitamenni dasht 
chegarasigacha ta’qib qilib borib, ortga qaytishda 120 mingdan ortiq tinch 
aholini qirib tashlaydi, ko‘plab qishloq va qal’alarni vayron qiladi, ekinzor, 
bog‘-rog‘larni payhon etadi. Aleksandr mil. av. 329–328 yillar qishini Zariaspa 
(Balx, Baqtra)da o‘tkazadi. Bahorda uning huzuriga xorasmiylar podshosi 
Farasman 1500 jangchisi bilan kelib o‘zaro ittifoq tuzishni taklif etadi. 
Aleksandr 328–327 yil boshida Sug‘diyonadagi tog‘lar ustida joylashgan 
qal’alardagi qo‘zg‘olonchilarni bo‘ysundirishga juda ko‘p kuch sarflaydi, 
ularni mag‘lub qilgach, Oksiartning qizi Roxshanak (Roksana) ga uylanadi 
(qarang So‘g‘d qoyasi, Xoriyen qal’asi va boshqalar). 
 
2. Yunonlarning dengizdagi sayohatlari haqida ma’lumot bering.
Qadimgi Yunoniston — Bolqon ya.o.ning jan., Egey dengizidagi orollar, 
Frakiya sohillari, Kichik Osiyoning gʻarbidagi dengiz sohilida joylashgan 
qadimiy yunon davlatlari hududining umumiy nomi. 
Tarixi. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Yu. hududida odamlar paleolit 
davridan yashab kelmoqda. Xalkidika ya.o.dan neandertal odamining bosh 
suyagi chiqqan. Neolit davrida Yu. aholisi dehqonchilik, chorvachilik bilan 
shugʻullanib, oʻtroq hayot kechirgan. Yu.ning jez davri madaniyati shartli 
ravishda Kritmiken madaniyati yoki Egey madaniyati deb atalgan
 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin