Mbaza. Uz imtihon javoblar



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/39
tarix04.01.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#78396
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
6 sinf botanika imtihon javoblari

 
10-BILET 
1. Qoplovchi to‘qimaning tuzilishi va vazifasi.
Qoplovchi to‘qimalar o‘simlikning barcha organla- rini tashqi tomondan qoplab turadi. 
Qoplovchi to‘qima o‘simlik organlarini himoya qilish funksiyasini baja-
radi. Bu to‘qima 3 ga bo‘linadi: epiderma, periderma va po'stloq. Epiderma barg va 
yosh novdalami qoplab turadi. Bu to‘qima bir qavat zich joylashgan shaffof 
hujayralardan tashkil topgan. Epiderma to‘qimasi tashqi tomondan kutiku-
la yoki mum bilan qoplanadi, bu suv bug‘lanishini kamay- tiruvchi moslanishdir. Barg 
va yashil poyalar epidermasida og‘izchalar bo‘lib, ular gaz almashinuvi va suv 
bug‘latishda ishtirok etadi. Ko‘p yillik o‘simliklaming poya va ildizla-
rida epiderma ikkilamchi qoplovchi to‘qima - periderma bilan almashinadi. Periderma 
po‘kak va boshqa hujayralar­ dan tarkib topgan. Po‘kak o‘lik hujayralardan iborat 
bo‘lib, uning qobig‘iga maxsus yog‘simon modda (suberin) shimilgan. Shuning uchun 
po‘kak o‘zidan suv va gazlami o‘tkazmaydi. Uning asosiy vazifasi o‘simlikni yozda 
yuqo- ri haroratdan, qishda sovuqdan va kasallik tug‘diruvchi mikroorganizmlardan 
saqlashdan iborat. Po‘kak hujayralari orasida yasmiqchalar shakllanadi. Daraxt va 
butalaming ta- nasi va ildizida har yili po‘kak to‘qimasining yangi qavati shakllanadi. 
Natijada po‘stloq qavati hosil bo‘ladi. Po‘stloq hujayralari cho‘zilish xususiyatiga ega 
bo‘lmaganligi sa- babli, daraxt va butalar tanasi yo‘g‘onlashgan sari po‘stloqda
yoriqlar paydo bo‘ladi. 
2. Bir hujayrali yashil suvo‘tlarining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Suvo‘tlar (tuban) ancha sodda tuzilgan o‘simliklar bo‘lib, ulaming tanasi ildiz, poya va 
barglarga bo‘linmagan. Suvo‘tlar orasida bir hujayrali va ko‘p hujayralilari ham bor. 
Tuban o‘simliklar tanasi qattana yoki tallom (ildiz, poya va bargga bo‘linmagan tana) 
deb ataladi. Tuban o‘simliklami suvo‘tlar tashkil etadi. Suvo‘tlar, asosan, suvda 
yashaydigan, hujayralarida xlorofill donachalarini saqlaydigan va yoruglik ta’sirida 
organik moddalar 
hosil qiladigan tuban o‘simliklar. Hozirgi vaqtda suvo‘tlaming fanga ma’lum bo‘lgan 
turlari 30 000 ga yaqin bo‘lib, ular orasida ko‘k-yashil, sarg‘ish-yashil, yashil, 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin