Mbaza. Uz imtihon javoblar


MBAZA.UZ IMTIHON JAVOBLAR



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/39
tarix04.01.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#78396
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
6 sinf botanika imtihon javoblari

MBAZA.UZ IMTIHON JAVOBLAR 
2. Meva va uning turlari haqida aytib bering?
Gulli (yopiq urug‘li) o‘simliklarda urug‘lanishdan keyin meva hosil bo‘ladi. Meva, 
asosan, urug‘chi tugunchasidan hosil bo‘ladi. Mevaning hosil bo‘lishida urug‘chidan 
tashqari, gulning boshqa qismlari ham ishtirok etadi. Masalan, gulqo‘rg‘on, gulo‘mi va 
boshqalar. Mevalar, asosan, ikki xil bo‘ladi: 1. Agar u tugunchaning o‘zidan hosil 
bo‘lsa, chin meva (o‘rik, olcha, shaftoli, olxo‘ri, gilos) deyiladi. 2. Agar mevaning 
shakllanishida tugunchadan tashqari gulning boshqa qismlari ham ishtirok etsa, bunday
mevalar soxta meva (olma, nok, behi) deyiladi. Meva, birinchidan, urug‘ pishib 
yetilguncha uni tashqi ta’sirdan himoyalab turadi. Hdrinchidan, urug‘ning tarqali-
shiga yordam beradi. Mevalaming oraliq qismi seret va qa­ lin bo‘lsa, bunday mevalar 
ho‘l meva deyiladi (o‘rik, shaf­ toli, olcha) (51-rasm). Agar oraliq qismi yupqa, etsiz, 
quruq bo‘Isa, bunday mevalar quruq meva deyiladi. Masalan, no‘xat, mosh, loviya, 
bug‘doy, makkajo‘xori mevalari. Ho‘l mevalar orasida ko‘p urug‘li rezavor mevalar 
juda ko‘p. Ularga shirinligi bilan ajralib turadigan yuzlab uzum navlari, pomidor, 
qoraqat, ituzum kabilar kiradi. Qovoq, tarvuz, qovun, handalak, tomoshaqovoq va bod-
ringning eti rezavor mevalamikiga qaraganda qalin va usti qattiq po‘st bilan o‘ralgan, 
shuning uchun ular qovoq me- valarga kiradi. Bog‘larimizdan keng o‘rin olgan va 
qattiq danagi, sersuv eti hamda shu danak ichida joylashgan bittadan (ba’zan ik-
kitadan) mag‘zi bilan ajralib turadigan ho‘l mevalar: o‘rik, olxo‘ri, olcha, gilos kabilar 
danakli mevalardir. Bular inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan foydali moddalar-
ga va darmondorilarga boy bo‘ladi. Olma, nok, behi kabi o‘simliklaming mevasi olma 
meva deb yuritiladi. Quruq mevalar chatnaydigan va chatnamaydiganlarga
bo‘linadi. Chatnamaydigan mevalarga bir urug‘li don meva
kiradi. Don mevali 
o£simliklarga bug‘doy, arpa, suli, makkajo‘xori kabilar misol bo‘ladi. Chatnaydigan 
mevalarga qo‘zoq, qo‘zoqcha, dukkak, ko‘sak mevalar kiradi. Bular- ning mevasi 
pishgach chokidan ochiladi (chatnaydi). Masa­ lan, mosh, loviya, turp, rediska, jag‘-jag‘ 
va boshqalar. Ko‘sak mevalar bir nechta mevabargdan tashkil topgan. Urug‘ 
pishgandan keyin chokidan ochiladi. G‘o‘za, lola, bangidevona, mingdevona, 
chuchmoma va boychechakning mevasi ko‘p urug‘li ko‘sak meva hisoblanadi (52 
rasm). No‘xat, mosh, loviya, burchoq va oq akatsiya dukkak mevali o‘simliklardir. 
Dukkak meva bitta mevabargdan ho­ sil bo‘lib, pishgach mevapallasi yon tomonidagi 
chokidan ochiladi. Urug‘lari mevapallaga birikib turadi. Qo‘zoq meva (karam, qurttana, 
rediska, turp) ikkita me­ vabargdan hosil bo‘ladi, pishgach ikkita pallaga ajraladi.
Pallalar orasida yupqa to‘siq bo‘lib, unga urug‘lar birikadi. Qo‘zoqcha meva tuzilishi 
bilan qo‘zoq mevaga o‘xshaydi, faqat bo‘yi kaltaroq bo‘ladi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin