MBAZA.UZ IMTIHON JAVOBLAR
maydaroq bo‘ladi. Terakning kurtaklari tashqi tomondan pishiq qobiq (tangacha barg)
bilan o‘ralgan. Bu qobiq ulami, ayniqsa, qishning qattiq sovug‘idan,
kasallik
tug‘diruvchi bakteriya, zamburug‘lardan saqlaydi. Kurtaklar uzunasiga kesib qaralsa,
qobig‘i ostida joylashgan boshlang‘ich poyani va zich bo‘lib joylashgan boshlang‘ich
barglami ko‘rish mumkin
Kurtaklar qishki tinim davridan o‘tgach o‘sa boshlaydi. Tajribadan shu narsa ma’lumki,
kech kuzda barglar to‘kilgandan keyin daraxt va butalaming shoxlaridan kesib olib
suvga solib qo‘yilsa, kurtaklar ko‘p vaqtgacha bo‘rtmay turaveradi. Agar shoxchalar
yanvaming ikkinchi yarmi va fevralda suvga solib qo‘yilsa, kurtaklari tez o‘sa
boshlaydi. Kurtaklaming bo‘rtib, yangi barg yoki gul chiqarishi ma’lum bir
vaqt ichida
o‘tadi. Bu davr faza deyiladi. Erta bahorda o‘rik, shaftoli, bodom kabi o‘simliklarda
dastlab generativ so‘ngra vegetativ kurtaklari yoziladi.
3. Gerbariy va tabiiy o‘simliklardan foydalanib ildiz turlarini aniqlang?
Ildiz yuksak o‘simliklaming vegetativ organi bo‘lib,
o‘simlikni tuproqqa biriktiradi, tuproqdan suv va unda erigan
mineral tuzlami shimadi va o‘simlikning yer usti qis-
miga yetkazib beradi.
Ildiz novdadan farq qilib, barg hosil
qilmaydi. Ildizlar, odatda, asosiy, yon va qo‘shimcha
ildiz-
larga bo‘linadi. Murtakdagi boshlang‘ich ildizning bevosi- ta
o‘sishidan asosiy ildiz hosil bo‘ladi. Qo‘shimcha ildiz-
lar
poyadan, bargdan hosil bo‘ladi. Yon ildizlar asosiy va qo‘shimcha ildizdan hosil
bo‘ladi (15-rasm).
Bir tup o‘simlikdagi ildizlar yig‘indisi ildiz tizimi (sis- temasi) deyiladi.
Ildiz
tizimining o‘lchami va tuzilishi o‘simliklar turiga, ildizining shoxlanishiga, qo‘shimcha
il- dizlarga hamda tuproq unumdorligiga bog‘liq. Ildiz tizi mi tuzilishiga ko‘ra: o‘q
ildiz va popuk ildizga bo‘linadi (16-rasm). Murtakdagi boshlang‘ich ildiz rivojlanishda
davom etsa, undan yon ildizlar o‘sib chiqadi, natijada o‘q ildiz tizimi ho sil bo‘ladi.
Bunday moslashish ko‘pchilik ikki urug‘pallali o‘simliklarga xos. 0 ‘q ildiz tizimida
asosiy ildiz yaxshi rivojlangan bo‘- lib, undan yon ildizlar o‘sib chiqadi. Bu ildiz tizimi
ikki urug‘pallali o‘simliklarga xos bo‘lib, uni do‘lana, terak, saksovul, na’matak,
g‘o‘za, qovun, tarvuz, no‘xat, loviya va mosh kabilar misolida k‘rish mumkin.
Agar
murtakdagi boshlang‘ich ildiz o‘sishda davom et- masa, u holda boshlang‘ich poyadan
qo‘shimcha ildizlar o‘sib chiqadi. Natijada popuk ildiz tizimi hosil bo‘ladi.
Popuk ildiz tizimi mayda qo‘shimcha va yon ildizlardan tashkil topadi. Uning asosiy
ildizi yaxshi rivojlanmaydi.
Bun- day ildizlar, asosan, bir urug‘pallali o‘simliklarda
uchraydi (bug‘doy, makkajo‘xori, arpa). Demak, ildizlar kelib chiqi- shiga ko‘ra,
asosiy, yon va qo‘shimcha ildizlarga bo‘linadi. Shuningdek, o‘q va popuk ildiz
tizimlari ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: