Mbaza. Uz imtihon javoblar


-BILET  1. Urug‘ning unib chiqishi uchun qanday sharoitlar zarur. Uning sababini



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/39
tarix04.01.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#78396
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39
6 sinf botanika imtihon javoblari

15-BILET 
1. Urug‘ning unib chiqishi uchun qanday sharoitlar zarur. Uning sababini


MBAZA.UZ IMTIHON JAVOBLAR 
tushuntiring?
Urug‘lar biologik xossasiga ko‘ra turli muddatda yetiladi va turli sharoitda unib 
chiqadi. Urug‘ning unib chiqish xusu­ siyati ba’zi o‘simliklarda bir yil saqlansa, 
boshqalarida 10-100 yil ham saqlanishi mumkin. Har bir urug‘ning unib chi-
qishi uchun ma’lum sharoit za­ rur. Aks holda u unmaydi. Bi- rinchi navbatda, ular 
ma’lum muddatli tinim davrini o‘tishi zarur. UrugUar suvni o‘ziga shi- mib olib, 
bo‘rta boshlaydi va katta bosim ostida o‘sadi. Ana shu bosim kuchi ostida urug‘lar
po‘stini yorib yuboradi. Suv faqat urug‘laming bo‘rtishi 
uchun emas, balki rivojlanayotgan maysalaming oziqlanishi 
uchun ham zarur, chunki unda urug‘dagi oziq moddalar 
eriydi, kraxmal sha- karga aylanadi. Bug‘doy maysasidan 
tayyorlanadigan suma- lakning shirin bo‘lishiga sabab ham 
ana shunda. Urug‘laming unishi uchun havo ham juda zarur. 
Urug‘lar tez va bir tekis unib chiqishi uchun tuproq yumshoq, 
o‘rtacha namlikda bo‘lishi kerak. Urug‘lar o‘lchamiga qarab 
turlicha chuqurlikda ekiladi. Ulaming unib chiqish harorati 
har xil. Odatda, yirik urug‘lar maydalariga qaraganda 
chuqurroq ekiladi, chunki yink urug‘da oziq moddalari ko‘p 
bo‘ladi.
Maysalar shu oziq hisobiga tuproq yuzasiga oson unib 
chiqadi. Urug‘ning unib chiqishi uchun zarur omillardan yana
biri haroratdir. Turli o‘simliklar urug‘i unib chiqishi uchun
turli xil haroratni talab qiladi 
 
2. Novda haqida tushuncha bering ?
Novda yuksak o‘simliklaming vegetativ organi bo‘lib, poya hamda unda joylashgan 
barg va kurtaklardan iborat. Daraxt, buta va yarimbutalaming o‘zida kurtak va
barg hosil qiladigan bir yillik shoxi ham novda deyiladi (22-rasm). 
Poya novdaning o‘zak organi hisoblanadi. Poyaning barg va yon kurtaklar joylashgan 
qismi bo‘g‘im deyiladi. Qo‘shni bo‘g‘imlar orasi bo‘g‘im oralig‘i deyiladi. 
Kuz yaqinlashishi bilan novdalaming yashil rangi o‘zgarib, qo‘ng‘ir va qizg‘ish rangga 
kiradi. Chunki bu vaqtda ulaming po‘sti qalinlashadi, ya’ni po‘kak qavat
hosil bo‘ladi. Kech kuzda barglar to‘kilib ketib, ular qo‘ltig‘ida joylashgan kurtaklar 
ochilib qoladi va shu hol­ da qishlaydi.
Novdalar ikki xil bo‘ladi. Agar nov-
da barg va kurtaklardan iborat bo‘Isa, vegetativ novda deyiladi. Novdadan
gul paydo bo‘Isa, generativ yoki gulli novda deb ataladi. Demak, barg va kurtaklari 
bo‘lgan daraxt va butalaming bir yillik nov- dasi yoki urug‘idan unib chiqqan bir
yillik niholga ham novda deyiladi. 



Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin