Mbbt arxitekturasi



Yüklə 120,5 Kb.
səhifə1/3
tarix15.11.2022
ölçüsü120,5 Kb.
#69227
  1   2   3
2-mavzu. Malumotlar bazasi


2.Mavzu: Ma’lumotlar bazasi texnologiyalari
MBBT ARXITEKTURASI
MBBT istalgan foydalanuvchiga ma’lumotlarga kirishga ruxsat etadiki, ularning hech biri amaliy jihatdan quyidagilar haqida tasavvurlarga ega bo‘lmaydi:
- ma’lumotlarning xotirada fizik joylashishi va ular ko‘rinishi;
- so‘raladigan ma’lumotlarni izlash måxanizmi;
- bir xil ma’lumotlarga bir vaqtning o‘zida ko‘pchilik foydalanuvchilar tomonidan bo‘ladigan so‘rovlar muammosi (amaliy dasturlar bilan);
- mumkin bo‘lmagan va ruxsat etilmagan o‘zgarishlarni kiritishdan ma’lumotlarni himoyalashni ta’minlash usullari;
- ma’lumotlar bazasini va boshqa ko‘pgina MBBT funksiyalarini aktiv holatda ta’minlash.
MBBTning bu asosiy funksiyalarining bajarilishida har xil turdagi ma’lumotlar tavsiflanadi.
Albatta, ma’lumotlar bazasini loyihalashni qo‘llash (predmet) sohasini tahlil qilishdan va alohida foydalanuvchilar (masalan, korxona xodimlari, ular uchun ma’lumotlar bazasi tuziladi) talablarini aniqlashdan boshlash kerak. Oldin umumlashgan holda rasmiy bo‘lmagan tavsifga ega tuzilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar bazasi tuziladi. Bu ma’lumotlar bazasini tuzish har bir foydalanuvchilardan so‘rovlar natijasida olingan tasavvurlarni birlashtirilib amalga oshiriladi. Insonlarga tushinarli bo‘lgan tabiiy til, matematik formulalar, jadvallar, grafiklar va boshqa vositalar yordamida bajarilgan bu tavsif ma’lumotlar bazasini loyihalash ustida ish yuritishda ma’lumotlarning infologik modeli deb ataladi.

MBBT arxitekturasi.
Insonlar uchun yo‘naltirilgan bunday modål to‘laligicha ma’lumotlarni saqlash muhitining fizik parametrlariga bog‘liq emas. Bu muhit, oxir-oqibatda, EHM xotirasi bo‘lmasdan, balki inson xotirasi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, infologik modål birorta predmet sohasini akslantirishi uchun, råal olamdagi o‘zgarishlar qandaydir ta’rifni o‘zgartirishni talab qilmaguncha, o‘zgarmasligi kerak. Rasmda ko‘rsatilgan boshqa modellar kompyutår uchun yo‘naltirilgan hisoblanadi. Ular yordamida MBBT dasturlar va foydalanuvchilarga saqlanayotgan ma’lumotlardan foydalanish uchun imkoniyat yaratadi. Bu imkoniyat ma’lumotlarni fizik joylashishini hisobga olmasdan, balki dasturlar va foydalanuvchilar nomlari bo‘yicha amalga oshiriladi. MBBT kerakli ma’lumotlarni tashqi eslab qolish qurilmasidan ma’lumotlarning fizik modeli bo‘yicha izlaydi. Demak, kerakli ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat aniq bir MBBT yordamida bajariladi. Shuning uchun, ma’lumotlar modeli ushbu MBBT ma’lumotlarni tavsiflash tilida tavsiflanishi kerak bo‘ladi. Ma’lumotlarning infologik modeli bo‘yicha yaratiladigan bunday tafsiviga ma’lumotlarning datalogik modeli deyiladi. Uch bosqichli arxitåktura (infologik, datalogik va fizik bosqich) ma’lumotlarning saqlanishi unga ishlatiladigan dasturga bog‘liqmasligini ta’minlaydi. Kerak bo‘lganda saqlanayotgan ma’lumotlarni boshqa ma’lumot tashuvchilarga yozib qo‘yish va (yoki) ma’lumotlarning fizik modålini o‘zgartirish bilan uning fizik strukturasini qayta tashkil etish mumkin. Tizimga istalgan yangi foydalanuvchilarni (yangi ilovalarni) qo‘shish mumkin. Agar datalogik model kerak bo‘lsa, uni qo‘shish mumkin

Yüklə 120,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin