Открытьtugmasi bosilsa, joriy obyekt ko’z oldimizda namoyon bo’ladi. Agar bu obyekt jadval bo’lsa, uni ko’rib yangi ma’lumotlar kiritish yoki avvalgisini o’zgartirish imkoniyati hosil bo’ladi.
Конструктор tugmachasi bosilsa, u holda obyektning tuzilmasi namoyon bo’ladi. Agar obyekt jadval bo’lsa, unga yangi maydon kiritish yoki olib tashlash mumkin. Bordiyu forma bo’lsa, u holda boshqarish elementlarini tashkil etadi. Ammo bu hol foydalanuvchilar uchun emas, balki MBni tashkil etuvchilarga ko’proq foydali.
Создать tugmasi bosilsa, u holda yangi obyektlar tuzish, uni boshqarish lozim bo’ladi.Xullas, ana shu sanab o’tilgan tartib(rejim)lar asosida obyektlar ustida quyidagi turda ish bajariladi:
mexanik usul bilan,
avtomatlashtirilgan holatda
jadval ustasi (master) yordamida.
Jadval tuzish Jadval tuzish - bu ma’lumotlarning o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda uning maydonlarini ifodalash. Bu jarayon MB darchasida Создать tugmasini bosish bilan boshlanadi va ekranda quyidagi muloqot darchasi paydo bo’ladi:
Bunda jadval tuzishning bir qator usullari taklif qilinadi:
Режим таблицы (Jadval holatida) Bunda jadval tuzish oddiy mexanik usulda yaratiladi va ekranda formal nomlarda jadval maydonlari paydo bo’ladi. Maydon 1, Maydon 2, Maydon 3, va standart matnli maydon turi akslanadi:
1. Конструктор holatida jadval yaratish.
Конструктор holatini tanlasak, u holda maydonlar nomi ularning turi va xossalari kabi parametrlarni kiritish mumkin bo’lgan muloqot darchasi paydo bo’ladi. Ushbu muloqot darchasida bu parametrlar barchasi klaviatura yordamida qo’lda kiritiladi yoki keraksiz maydonlar olib tashlanadi, yoxud ba’zi maydonlarning turini o’zgartirish kabi amallarni bajarish mumkin bo’ladi.
Мастер таблиц (jadval ustasi) bilan jadval tuzish.
Jadval ustasi bilan ish yuritganda ekranda hosil bo’lgan muloqot darchasida namunaviy jadvallar ro’yhati va bu jadvallarga mos bo’lgan namunaviy jadval maydonlari foydalanuvchiga taklif etiladi. Foydalanuvchi bu muloqot darchasida mavjud bo’lgan ixtiyoriy jadval va uning maydonlarini tanlab olib (maydonlarning nomini o’zgartirishi mumkin) yangi jadval tuzishi mumkin. Bunda maydonlarning turi ham avtomatik ravishda maydon nomiga mos holda tanlanadi.
Импорт (Boshqa ma’lumotlar bazasi)dan jadvalni tanlash
Bunda import qilinuvchi jadvalni tanlash uchun muloqot darchasida import qilinuvchi MB tanlab olinadi va undan foydalanuvchiga kerak bo’lgan maydon bo’yicha ma’lumotlar ajratib olinishi mumkin.
Связь с таблицами (Tashqi fayllardagi MB jadvallari bilan bog’lanish) orqali yangi jadvallar tuzish
Bunda ham yuqoridagi kabi muloqot darchasida o’zaro aloqa o’rnatilishi zarur bo’lgan MB tanlab olinadi.
Access da ishlash texnologiyasi
Ms Access ikki xil holatda ishlaydi:
1) Проектирование (loyihalash)
2) Экспулатация (amaliy foydalanish)
MBBT qaysi tartibda ishlashidan qat’iy nazar,
uni ishlatish texnologiyasi quyidagicha namoyon bo’ladi:
Foydalanuvchi–MBni ma’lum formada to’ldiradi, muayyan запрос (so’rov) orqali qayta ishlaydi va natijalarni otchet (hisobot) tarzida tashkil qiladi. Birgina MBda millionlab foydalanuvchi ish yuritadi, ammo tuzilmasiga qo’l tekizmaydi. Foydalanuvchi asosan 6 ta obyektning 4 tasi bilan bemalol ish yuritadi. Xullas, ushbu obyektlar bilan ish bajarish uchun foydalanuvchi quyidagi tugmachalar bilan ish yuritishi mumkin:
Открыть- tanlagan obyektni ochadi. Конструктор-tanlagan obyekt tuzilmasini ochadi. Создать- yangi obyektlarni tashkil qiladi.