146
iqtisodiy, ma’naviy va madaniy maqsadlarda tarqatilayotgan axborotning
mohiyatini anglagan holda uni baholay olishdir. Ayni paytda media ta’lim
asoslarini har bir ta’lim muassasasiga o‘quv dasturiga kiritish, o‘quvchi yoshlarga
maktablarda ta’lim jarayonida uning asoslarini interaktiv, turli o‘yinlar shaklida
tushuntirish, o‘sib kelayotgan avlod tomonidan shiddatli axborot oqimida zarurini
tanlash va unga tanqidiy yondoshgan holda baholay olish imkonini beradi. Bu esa
o‘z navbatida yoshlarning kelajakdagi fuqarolik pozititsiyasini yanada
mustahkamlanishiga, jahonda yuz berayotgan voqea hodisalarni xolis baholab,
to‘g‘ri qaror qabul qila olishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Asosiysi shuki, biz
hammamiz media olamida yashaymiz va har kuni media savodxonlik
muammolariga duch kelamiz. Yoshlarga bunday qiyin sharoitda o‘zini tutish
qoidalari va o‘z-o‘zini himoya eta olishni o‘rgatish juda muhimdir.
Musiqa, televizor, video o‘yinlar, jurnallar va boshqa ommaviy axborot
vositalari dunyoni qanday ko‘rishimizga kuchli taʼsir ko‘rsatadi, bu taʼsir
ko‘pincha bolalik davridan boshlanadi. Ommaviy axborot vositalarini
isteʼmolchilar tanqidiy tahlil qila olishlari uchun ularda media savodxonlik
ko‘nikmalari va odatlarini bolalikdan rivojlantirish kerak bo‘ladi. Bu
ko‘nikmalarga ommaviy axborot vositalariga bazaviy darajada kirish, uni muayyan
tushunchalar asosida tanqidiy tahlil qilish, shu tahlil asosida baholash va nihoyat,
ommaviy axborot vositalarini o‘zi ishlab chiqarish va shunga o‘xshash juda ko‘p
ma’lumotlarni huddi shu fandan o‘rganadilar.
Dostları ilə paylaş: