149
Axborotning qadrliligi aniqlik darajasi oshgani sayin yoki xabar
qilinayotgan va aniq natijalar o‘rtasidagi farq kamayganda tez ko‘tariladi.
Ishonchli axborot to‘g‘ri qamrovi qabul qilishni ta’minlaydi. Axborotning qiymati
ushlanib qolish
vaqti oshishi bilan kamayadi, shu tufayli axborot eskiradi.
Axborotni qayta ishlashda ushlanib qolish kamayganda,
birinchidan, qarorlar
oldinroq
qabul qilinishi mumkin, ikkinchidan, uning mazmuni yaxshilanadi.
Axborot foydali bo‘lishi uchun har bir daqiqada
hal etiladigan muammo bilan
bog‘liq bo‘lishi lozim. Faqat ishga tegishli axborot foydalanuvchilarga o‘z vaqtida
va mazmunli qaror qabul qilish imkonini beradi. Ular esa o‘ziga zarur
ma’lumotlarni izlashga ortiqcha vaqt sarf etmaydi.
Agar mavjud axborot ishlab
chiqilayotgan qaror bilan bog‘liq bo‘lmasa, u biror qiymatga ega bo‘lmaydi.
Foydalanuvchining axborot yoki ishning qandaydir qismini bilishi (yoki
bilmasligi) ham axborot qiymatining muhim omilidir.
Mustahkamlash uchun savollar.
1.
Media va axborot savodxonligiga to‘liq ta’rif bering.
2.
Axborot so‘ziga ta’rif bering.
3.
Axborot turlarini sanab bering.
4.
Axborotning qiymati va iste’mol qiymati nima?
Dostları ilə paylaş: