197
14-Mavzu:Ramzlar va tasvirlar tili, reklama vositalari, film tahlili.
Reja:
1.
Ramziy vositalar.
2.
Reklamaga oid vositalar.
3.
Teleko‘rsatuv orqali reklama.
1. Ramziy vositalar.
ramziy vositalar – brend iste’molchilariga ta’sir
ko‘rsatuvchi vizual usul va uslublar majmuasini yaratish, turistik destinatsiya yoki
turfirmaning asosiy xususiyatlari (bayroq, gerb va boshqa ahamiyatli belgilari)ni
ishlab chiqish va yagona uslubini yaratish va ular
asosida reklama-axborot va
sovg‘a xususiyatiga ega mahsulotlar ishlab chiqarish; turistik destinatsiya yoki
turfirmaning ikki tilda ma’lumot beruvchi rasmiy saytini yaratish.
2. Reklamaga oid vositalar.
reklamaga oid vositalari – turistik destinatsiya
yoki turfirma o‘zi haqidagi va destinatsiyada joylashgan
turistik resurslar
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bevosita reklama, reklama murojaati orqali tarqatadi.
Buning uchun:
– matbuot reklamasi(gazeta, jurnal va shu kabilar.);
– internet reklamasi (destinatsiya, turfirma, turoperatorlarning rasmiy sayti,
boshqa turli axborot portallari);
– televizion reklama (teledasturlar, qisqa metrajli film, videoro‘liklar);
3. Teleko‘rsatuv orqali reklama.
Eng ommaviy, nufuzli va qimmat
hisoblangan reklama turidir. Televizion
reklama turli tasvir, harakat va ovoz
uyg‘unlashuvini ta’minlovchi vositadir.
Radio kabi teleko‘rsatuv ham qisqa vaqt ichida iste’molchilarni
jalb etishi
mumkin. Radio reklamadan farqli jihati teleko‘rsatuvda vizual harakatlarning
mavjudligi, tovar va xizmatlarning barcha xususiyatlarini ko‘z bilan ko‘rish
imkoniyatining mavjudligidir.
Televizion reklamaning barcha elementlari bir-birini to‘ldiradi
va yaxlit
taassurot qoldiradi. Telereklama jarayonini rasmda ko‘rishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: