ARPANET-INTERNET deb atala boshlandi va juda kuchli, bir-biri
bilan bog‘langan kompyuterlar va tarmoqlar to‘plamidan iborat tizimga aylandi.
1980-yillar INTERNETning keskin o‘sish davri bo‘ldi. Kompyuterlarning
markazlashmagan boshqarish tarmog‘i bilan bog‘lanish sxemasi butun dunyoga
tarqaldi va chet el tarmoqlari tashkilotchilari AQSH tarmog‘iga ulanishga rozi
bo‘lishdi. INTERNET ning butun dunyoni qamrab olishi quyidagi tarmoqlarning
qo‘shilishi hisobiga bo‘ldi.
2. Internetning tarkibiy qismlari. Internet o‘z-o‘zini shakllantiruvchi va
boshqaruvchi murakkab tizim bo‘lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil
topgandir:
• Texnik
• Dasturiy
• Information
Internetning texnik tarkibiy qismi xar xil turdagi va tipdagi kompyuterlar,
aloqa kanallari (telefon, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari), hamda
tarmoq texnik vositalari majmuasidan tashkil topgandir. Internetning ushbu texnik
vositalarining
barchasi doimiy va vaqtinchalik asosda faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
194
Ulardan ixtiyoriy birining vaqtinchalik ishdan chiqishi Internet tarmog‘ining
umumiy faoliyatiga aslo ta’sir etmaydi.
Internetning dasturiy ta’minoti (tarkibiy qismi) tarmoqqa ulangan xilma-
xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda)
muloqot qilish, ma’lumotlarni ixtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish darajasida
qayta ishlash, axborotlarni qidirib topish va saqlash, hamda tarmoqda information
xavfsizlikni ta’minlash kabi muhim vazifalarni amalga oshiruvchi dasturlar
majmuasidan iboratdir.
3. Internetning information va communication funksiyalari. Internetning information tarkibiy qismi Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan turli
elektron hujjat, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir va xokazo ko‘rinishdagi
axborotlar majmuasidan tashkil topgandir. Ushbu tarkibiy qismning muhim
xususiyatlaridan biri, u butun tarmoq bo‘ylab taqsimlanishi mumkin. Masalan,
shaxsiy kompyuteringizda o‘qiyotgan elektron darsligingizning matni bir
manbadan, rasmlari va tovushi ikkinchi manbadan, video tasvir va izohlari esa
uchinchi manbadan yig‘ilishi mumkin. Shunday qilib, tarmog‘dagi elektron
hujjatni o‘zaro moslashuvchan giper bog‘lanishlar orqali bir necha manbalar
majmuasi ko‘rinishida tashkil etish mumkin ekan. Natijada millionlab o‘zaro
bog‘langan elektron hujjatlar majmuasidan tashkil topgan information muhit hosil
bo‘ladi.
Bir qarashda internetning texnik tarkibiy qismi bilan information tarkibi
o‘zaro o‘xshashdek tuyladi. Chunki ikkala holda ham biz birni ko‘plik usulda
195
tashkil etilgan ob’ektlar borligiga duch kelamiz. Aslida bunday emas. Texnik
nuqtai nazardan internetda mavjud bo‘lgan ixtiyoriy kompyuter ko‘plab
(millionlab) kompyuterlar bilan bog‘langan bo‘ladi.