Media va axborot savodxonligi pedagogik innovatsiyalar, professional



Yüklə 5,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/117
tarix14.12.2023
ölçüsü5,11 Kb.
#177264
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   117
Media va axborot savodxonligi Norbotayeva Dildora Erkin qizi

Mustahkamlash uchun savollar. 
1.
Raqamli asrda axborot va media savodxonligi haqida yozing.
2. 
21-asrda o‘qitish va o‘rganish haqida gapirib bering.
3.
Arab dunyosi haqida gapirib bering. 
 
 


189 
12-Mavzu: Yoshlar va virtual dunyo. 
Reja: 
1.
Virtual olam tushunchasi.
2.
Yoshlar hayotida virtual olamga kirish yoki virtuallashuv sabablari.
3.
Virtual olamda yoshlarga tahdid soladigan eng katta xatarlardan asosiylari.
 
 
1. Virtual olam tushunchasi.
Virtual olam - bu inson tomonidan kompyuter 
texnologiyalaridan foydalangan holda yaratilgan dunyo. Virtual olam reallikning 
so‘ngi texnologiyalari sizga xayoliy dunyoga to‘liq sho‘ng‘ish uchun ko‘zoynak va 
dubulg‘a yaratishga imkon beradi. Ular sizga haqiqiy hayotdan butunlay 
uzoqlashishga imkon beradi. Yangi texnologiyalar haqida bilib, odamlar virtual 
olamga shoshilishmoqda, ammo ular virtual haqiqatning psixologik ta’siri xavfli 
bo‘lishi mumkinligini unutishadi. Bugungi kunda hayot muammolaridan qochib
boshqa dunyoga tushib ketishingizga imkon beradigan ko‘plab qurilmalar mavjud. 
Virtual haqiqat tizimining rivojlanishi shu darajaga yetdiki, odam tom ma’noda 
ikkinchi dunyoda yashaydi, o‘zini virtual olamga to‘liq singdiradi. 
2. Yoshlar hayotida virtual olamga kirish yoki virtuallashuv sabablari.
Yoshlar hayotida virtual olamga kirish yoki virtuallashuv sabablaridan asosiysi 
ota-onalarning farzandiga bo‘lgan e’tiborning yo‘qligi va bolaning o‘zini yolg‘iz 
his qilishidan kelib chiqadi. Ota-onalar farzandi jim o‘tirsin yoki meni bezovta 
qilmasin deb, unga uyali telefon yoki kompyuter olib berishadi va bolasi shu bilan 
band bo‘lib, bizni tez-tez bezovta qilavermasin deydigan ota-onalar juda ko‘payib 
ketgan. Bolalar esa yaqinlaridan ko‘rmagan e’tiborni o‘zgalardan qidira boshlaydi 
va internetga, ya’ni virtual olamga kiradi. U yerda esa turli xil notanish insonlar 
bilan tanishish, o‘yinlar, ajoyib kinolarni ko‘rish hamda tur xildagi musiqalar 
tinglash, online ishlash va ko‘plab imkoniyatlar mavjud. Virtual olamda yoshlar 
yangi do‘stlar topishi yoki turli xildagi ajoyib o‘yinlar o‘ynab o‘zini band qilishi 
mumkin. Lekin borgan sari internetga tobe bo‘lib, ya’ni virtual olamning asiriga 
aylanib qoladi. Tanganing ham ikki tomoni bo‘lganidek, virtual dunyoning ham 


190 
ijobiy va salbiy omillari mavjud. Virtuallashuv yoshlar hayotida shu darajada jadal 
sur’atda ommalashyaptiki, virtual olamning asiriga aylangan inson huddi 
o‘rgimchak to‘riga tushgan hashorotga o‘xshab u yerdan qutulib chiqishi 
amrimahol bo‘lib qoldi. Xa to‘g‘ri, internet butun dunyoni qamrab olgan 
o‘rgimchak to‘riga o‘xshaydi va buning domiga tushgan insonlarning ko‘pchiligini 
afsuski yoshlar tashkil qiladi. 

Yüklə 5,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin