Media va axborot savodxonligi pedagogik innovatsiyalar, professional



Yüklə 5,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/117
tarix14.12.2023
ölçüsü5,11 Kb.
#177264
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   117
Media va axborot savodxonligi Norbotayeva Dildora Erkin qizi

 
 
 
 
 
 
B/BX/B 
 
JADVALI-
Bilaman/ 
Bilishni 
hohlayman/ Bilib oldim. 
Mavzu, 
matn, 
bo‘lim 
bo‘yicha 
izlanuvchilikni 
olib 
borish 
imkonini 
beradi.
 
Tizimli 
fikrlash, 
tuzilmaga keltirish, tahlil 
qilish 
ko‘nikmalarini 
rivojlantiradi. 
Jadvalni 
tuzish 
qoidasi 
bilan 
tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda 
jadvalni rasmiylashtiradilar. 
“Mavzu bo‘yicha nimalarni bilasiz” va 
“Nimani bilishni xohlaysiz” degan 
savollarga javob beradilar (oldindagi ish 
uchun yo‘naltiruvchi asos yaratiladi). 
Jadvalning 

va 

bo‘limlarini 
to‘ldiradilar. 
Ma’ruzani 
tinglaydilar, 
mustaqil 
o‘qiydilar. 
Mustaqil/kichik guruhlarda jadvalning 
3 bo‘limni to‘ldiradilar 


141 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


142 
 
(5-ilova)
 
Mavzu bo‘yicha uyga vazifa. 
O‘quvchilar mavzuni o‘rganib kelish, berilgan 
savollarga javob yozish mavzuni o‘qib kelish va 
testlar tuzish. 


143 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI
 
JIZZAX VILOYATI KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA 
MUVOFIQLASHTIRISH HUDUDIY BOSHQARMASI 
 
JIZZAX VILOYATI SHAROF RASHIDOV TUMAN 2-SON 
KASB-HUNAR MAKTABI
 
 
MEDIA VA AXBOROT SAVODXONLIGI FANIDAN
 
MA’RUZALAR TO‘PLAMI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
“Mutaxassislik fanlar” kafedrasi 
O‘qituvchi: 
Norbo‘tayeva Dildora Erkin qizi 
2022 yil 


144 
 
 
 
 
 
Mundarija 
 

Media va axborot savodxonligi tushunchasi 
 

Media va axborot savodxonligi, uning hayotidagi o‘rni 
 

Media va axborot tili 
 

Media va an’anaviy matnlarni o‘qish 
 

Media kontent yaratish va undan foydalanish 
 

Mediada matnlarni yaratish 
 

Media va axborot bilan ishlash 
 

Medianing funksiyalari 
 

Axborotni izlash va matn tahlili 
 
10 
Medianing boshqa axborot xizmatlari bilan o‘zaro munosabati 
 
11 
Media va axborot texnologiyalardan to‘g‘ri foydalanish 
 
12 
Yoshlar va virtual dunyo 
 
13 
Internet imkoniyatlari va xatarlari 
 
14 
Ramzlar va tasvirlar tili, reklama vositalari, film tahlili 
 
15 
Raqamli media yangi media sifatida 
 
16 
Virtual borliq, 3D texnologiyasi, dasturiy ilovalar 
 
17 
Raqamli mediadan foydalanish 
 
18 
Shaxsiy blog yaratish, Vikipediya bilan ishlash 
 
19 
An’anaviy mediadan zamonaviy mediasari 
 
20 
Texnik kodlar va shartli belgilar tahlili 
 
 
 
 


145 
KIRISH 
Ushbu Media va axborot savodxomligi fanidan tuzilgan ishchi dastur Oliy 
va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy o‘quv dasturi 
asosida ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda kasb-hunar maktablari oldida har 
tamonlama kamol topgan, faol turmushga tayyor, kasb-hunarlarni egallagan, 
yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beradigan yosh avlodni tarbiyalab 
voyaga yyetkazishdan iborat katta ma’suliyat turibdi. Shu ma’suliyatni bajarishda 
“Media va aborot savodxonligi” fanining o‘rni juda katta.
“Media va aborot savodxonligi” faniga 40 soat ajratilgan bo‘lib, 
o‘quvchilar “Media va aborot savodxonligi” fanining maqsadi haqida to‘liq 
ma’lumotga ega bo‘ladilar. Media savodxonligi o‘quvchilarga turli media 
shakllarini va xabarlarni tahlil qilish, baholash va yaratishga imkon beradigan 
ko‘nikmalar to‘plami. Ommaviy axborot vositalari yoshlar hayotidagi katta 
taʼsirga ega kuchdir.
Media savodxonlik nima? Nega bugun uning ahamiyati tobora ortib 
bormoqda? Axborot oqimining bir necha barobar tezlashishi, ijobiy ma’lumotlar 
bilan bir qatorda salbiy xarakterdagi axborotning ko‘payishi media savodxonlikka 
ega bo‘lish zaruratini qo‘ydi. An’anaviy tarzda media savodxonlik shaxsning 
adabiya sirlarni tahlil eta olish va sifatli matnlarni yaratishidan iborat bo‘lgan. 
Bugun media savodxonlik – axborotning nega va nima uchun uzatilayotganligini 
bilish demakdir. Media savodxon inson o‘ziga bu axborotni kim va nima 
maqsadda yaratgan? Ushbu xabar men uchun zarurmi? Degan savolni bera olishi 
va to‘g‘ri xulosa chiqarishi, unga nisbatan tanqidiy yondashishi lozim. Mazkur 
savollar nafaqat siz oilangiz davrasida televizor ko‘rayotgan, mashinada radio 
eshitayotgan yoki internetdagi xabarlarni ko‘rayotgan paytda berilishi, balki har 
qanday axborotni qabul qilayotgan va unga baho berayotganda ham kerak.
Media savodxonlik tushunchasi borasida turli fikrlar mavjud bo‘lib, 
AQShning Jamiyat xususidagi xalqaro ensiklopediyasida qayd etilishicha, “Media 
savodxonlik — inson jamiyatdagi fuqaro sifatidagi mas’uliyatini his qilgan holda 
faol va savodli bo‘lishi, media matnlarni qabul qila olishi, yaratishi, tahlil eta olishi 
va baholashi, zamonaviy mediani ijtimoiy madaniy va siyosiy mazmunini tushuna 
olishi demakdir”. Media savodxonlikning maqsadi har bir medianing ustuvorliklari 
va kamchiliklarini tushungan holda ular tomonidan tarqatilayotgan axborotni 
saralay bilish va zarurini qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘lsa, asosiy 
vazifasi insonlar tomonidan iste’mol qilinadigan har qanday axborotning 
manipulyativ kuchini anglagan holda undan chegaralanishdir.
Bugungi kunda media, ya’ni ommaviy axborot vositalari, kino, teatr, 
san’atning turlari, madaniyat sarchashmalari, internet orqali uzatilayotgan har 
qanday ma’lumot inson ongiga o‘zining ma’lum bir ta’sirini o‘tkazib, uning 
dunyoqarashini o‘zgartirishga sabab bo‘lmoqda. Yuqorida tilga olingan 
tushunchalarning qo‘llanilishi va bugungi kunda media ta’lim, media savodxonlik, 
media tanqid va mediani o‘rganishga bo‘lgan intilishning asosiy maqsadi ham 
axborotning yaratilishi, uning tarqalish jarayonini tushunib yetish, tijorat, siyosiy, 


146 
iqtisodiy, ma’naviy va madaniy maqsadlarda tarqatilayotgan axborotning 
mohiyatini anglagan holda uni baholay olishdir. Ayni paytda media ta’lim 
asoslarini har bir ta’lim muassasasiga o‘quv dasturiga kiritish, o‘quvchi yoshlarga 
maktablarda ta’lim jarayonida uning asoslarini interaktiv, turli o‘yinlar shaklida 
tushuntirish, o‘sib kelayotgan avlod tomonidan shiddatli axborot oqimida zarurini 
tanlash va unga tanqidiy yondoshgan holda baholay olish imkonini beradi. Bu esa 
o‘z navbatida yoshlarning kelajakdagi fuqarolik pozititsiyasini yanada 
mustahkamlanishiga, jahonda yuz berayotgan voqea hodisalarni xolis baholab, 
to‘g‘ri qaror qabul qila olishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Asosiysi shuki, biz 
hammamiz media olamida yashaymiz va har kuni media savodxonlik 
muammolariga duch kelamiz. Yoshlarga bunday qiyin sharoitda o‘zini tutish 
qoidalari va o‘z-o‘zini himoya eta olishni o‘rgatish juda muhimdir. 
Musiqa, televizor, video o‘yinlar, jurnallar va boshqa ommaviy axborot 
vositalari dunyoni qanday ko‘rishimizga kuchli taʼsir ko‘rsatadi, bu taʼsir 
ko‘pincha bolalik davridan boshlanadi. Ommaviy axborot vositalarini 
isteʼmolchilar tanqidiy tahlil qila olishlari uchun ularda media savodxonlik 
ko‘nikmalari va odatlarini bolalikdan rivojlantirish kerak bo‘ladi. Bu 
ko‘nikmalarga ommaviy axborot vositalariga bazaviy darajada kirish, uni muayyan 
tushunchalar asosida tanqidiy tahlil qilish, shu tahlil asosida baholash va nihoyat, 
ommaviy axborot vositalarini o‘zi ishlab chiqarish va shunga o‘xshash juda ko‘p 
ma’lumotlarni huddi shu fandan o‘rganadilar.

Yüklə 5,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin