147
1-Mavzu: Media va axborot savodxonligi tushunchasi.
Reja:
1.
Media va axborot savodxonligi tushunchasi.
2.
Axborotning ta’rifi va turlari.
3.
Axborotning qiymati va iste’mol qiymati haqida tushuncha.
1. Media va axborot savodxonligi tushunchasi. Media savodxonlik-
Odamlarga turli media shakllarini va xabarlarni tahlil qilish, baholash va yaratishga
imkon beradigan ko‘nikmalar to‘plami.
Media savodxonlik isteʼmolchilarga axborot va ommaviy dasturlarda
tashviqot, senzura yoki biron vaziyatni faqat bir tomondan ko‘rsatish kabi
holatlarga ommaviy axborot vositalarini nima majbur qilayotganligini tahlil qilish,
shuningdek, ommaviy
axborot vositalarining egasi, ularning moliyalashtirish
modeli kabi tarkibiy elementlarni tushunish imkonini beradi.
Boshqacha qilib
aytganda, media savodxonlik - bu tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini ommaviy
axborot vositalari orqali uzatiladigan xabarlar va belgilarga qo‘llash qobiliyati.
Ommaviy axborot vositalari yoshlar hayotidagi katta taʼsirga ega kuchdir.
Musiqa, televizor, video o‘yinlar, jurnallar va boshqa ommaviy axborot vositalari
dunyoni qanday ko‘rishimizga kuchli taʼsir ko‘rsatadi, bu taʼsir ko‘pincha
bolalik
davridan boshlanadi. Ommaviy axborot vositalarini isteʼmolchilar tanqidiy tahlil
qila olishlari uchun ularda media savodxonlik ko‘nikmalari
va odatlarini
bolalikdan rivojlantirish kerak bo‘ladi. Bu ko‘nikmalarga ommaviy axborot
vositalariga
bazaviy darajada kirish, uni muayyan tushunchalar asosida tanqidiy
tahlil qilish, shu tahlil
asosida baholash va nihoyat, ommaviy axborot vositalarini
o‘zi ishlab chiqarish kiradi. Media savodxonligi ko‘nikmalarini o‘rganishning
ushbu jarayoni
Dostları ilə paylaş: