150
2-Mavzu: Media va axborot savodxonligi, uning hayotidagi o‘rni.
Reja:
1.
Media va axborot savodxonligi va uning hayotdagi o‘rni.
2.
Dunyoning turli mamlakatlarida media savodxonlik bo‘yicha dasturlar.
3.
Media savodxonlik ta’limi tarafdorlari.
1.
Media va axborot savodxonligi va uning hayotdagi o‘rni.
Zamonaviy
jamiyatda axborot faoliyatining o‘rni: iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy,
ta’lim sohalari.
Hayotning turli sohalarida axborot texnologiyalaridan jadal foydalanish zamonaviy
jamiyatda axborotning o‘rni va ro‘li haqidagi g‘oyani sezilarli darajada o‘zgartirdi.
Davlat ilmiy-axborot siyosatini amalga oshirishda asosiy e’tibor
axborot
almashinuvi uchun telekommunikatsiya infratuzilmasini yaratishga,
mavjud
axborot tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashga va ularning global tarmoqlar bilan
mosligini ta’minlashga, rossiyalik foydalanuvchilarning
global boyliklarga
kirishini ta’minlashga qaratilishi kerak.
UNESCO tashkiloti tomonidan XXI asrda media taʼlimni targ‘ib qilish
madaniy-maʼrifiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishi sifatida eʼtirof etildi,
hamda
aynan shu yo‘l bilan media savodxonlikni oshirish mumkinligi ta’kidlandi.
UNESCO odamlarning tanqidiy fikrlash va to‘g‘ri qaror qabul qilish darajasini
yaxshilash uchun ommaviy axborot vositalari
va media savodxonlikni
rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Tashkilot, ayniqsa, siyosatchilar, o‘qituvchilar,
ommaviy axborot vositalari mutaxassislari, yoshlar tashkilotlari va ushbu sohadagi
nochor aholi qatlamlarining salohiyatini oshirishga intiladi, aʼzo davlatlarga milliy
ommaviy axborot vositalari va axborot savodxonligi siyosati va strategiyalarini
shakllantirishda yordam beradi.
Media savodxonlikni o‘rganadigan eng qadimgi tashkilot bu “National
Telemedia” Council (Milliy Telemedia Kengashi) Viskonsin
shtatining Madison
shahrida joylashgan va Marieli Rou 50 yildan ortiq rahbarlik qilgan. Tashkilot
151
dastlab “Telemedium” deb nomlanuvchi media
savodxonlik jurnalini nashr
ettirgan.
Dostları ilə paylaş: