154
3-Mavzu: Media va axborot tili.
Reja:
1.
Media ta’lim tushunchalari.
2.
Shaxsiy qiziqishdagi ommaviy axborot vositalari.
3.
Jamiyatni qiziqtiradigan ommaviy axborot vositalari.
4.
Bosma ommaviy axborot vositalari.
1. Media ta’lim tushunchalari.
Ayni paytda media ta’lim asoslarini har bir
ta’lim muassasasiga o‘quv
dasturiga kiritish, o‘quvchi yoshlarga maktablarda
ta’lim jarayonida
uning asoslarini interaktiv, turli o‘yinlar shaklida tushuntirish,
o‘sib kelayotgan avlod tomonidan shiddatli axborot
oqimida zarurini tanlash
va unga tanqidiy yondoshgan holda baholay olish imkonini beradi. Bu esa o‘z
navbatida
yoshlarning
kelajakdagi
fuqarolik
pozitsiyasini
yanada
mustahkamlanishiga, jahonda yuz berayotgan voqea-hodisalarni xolis baholab,
to‘g‘ri
qaror
qabul
qila
olishiga
asos
bo‘lib
xizmat
qiladi.
Media ta’lim
– media o‘quv dasturida
integrallashgan, fanlararo asosida o‘rganilishi;
– “media mavzu”ni aniq bir fan doirasida tahlil etilishi;
– amaliy ish va tahlil orqali mediaga tanqidiy yondashishi;
– uning shakli, texnologiyalari, axborotni uzatish usullarini o‘rganishi;
– media agentliklarni, ularning ijtimoiy, siyosiy va madaniy ro‘lini o‘rganishi;
– talabaning OAV bilan ishlashi;
– tadqiqot faoliyati;
– medianing til va san’at orqali auditoriyaga ta’sirini o‘rganishi;
Mediani o‘rganish esa o‘z navbatida.
– mediani nazariy jihatdan o‘rganishi;
– mediani qiyosiy jihatdan tahlil etishi;
– uning konseptual tarkibi;
– media matnni tahlil etish va uning yaratilish metodikasi;
– ommaviy kommunikatsiya, kino san’ati va madaniyatshunoslik fanlarining
o‘zaro bog‘liqligi;
– OAVning ta’sirini o‘rganishi;
155
Media savodxonlik mediani o‘rganish bo‘lib, media ta’limning quyidagi
natijalariga asoslanadi va o‘z oldiga:
– medianing shaxs va jamiyatga ta’sirini tushunish;
– ommaviy kommunikatsiya
jarayonini anglash;
– media matnlarni tushunish va tahlil eta olish;
– media kontekstini tushunish;
– media matnlarni yaratish va ularni tahlil etish;
– media matnlarni baholashga va ularni saralash vazifalarini qo‘yadi;
Dostları ilə paylaş: