Media va axborot savodxonligi pedagogik innovatsiyalar, professional


Dunyoning turli mamlakatlarida media savodxonlik bo‘yicha



Yüklə 5,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/117
tarix14.12.2023
ölçüsü5,11 Kb.
#177264
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   117
Media va axborot savodxonligi Norbotayeva Dildora Erkin qizi

2. Dunyoning turli mamlakatlarida media savodxonlik bo‘yicha
dasturlar. 
Dunyoning turli mamlakatlarida media savodxonlik bo‘yicha dasturlar 
ishlab chiqilgan. Hozir ushbu dasturlarni davlatlar kesimida ko‘rib chiqamiz. 
Turli mamlakatlarda media savodxonlikni oshirish bo‘yicha bajarilgan 
ishlar
 
AQShda media savodxonlikni oshirish bo‘yicha bir nechta federal 
agentliklar tomonidan dasturlar ishlab chiqilgan. Masalan, AQSh federal savdo 
komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Admongo dasturi 8-12 yoshdagi bolalar 
uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda bola 
www.admongo.gov
 sayti orqali onlayn 
o‘yinni o‘ynaydi. Bu o‘yin bolalarda media savodxonlik hamda reklamalarni tahlil 
qilish qobilyatini oshiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Admongoni muntazam 
ravishda o‘ynab kelgan bolalar, bu o‘yinni o‘ynamaganlarga nisbatan media 
savodxonlik bo‘yicha o‘tkazilgan testda 9 %ga yaxshiroq natija ko‘rsatgan.
2010-yilda AQShda qabul qilingan AQSH Milliy Taʼlim Texnologiyasi 
rejasida ham Taʼlim departamenti tomonidan ilgari surilgan “Media kelajagi” 
tashabbusi aholi orasida raqamli va media savodxonlik darajasini oshirishga 
qaratilgan dasturlarni o‘z ichiga olar edi.
Ketrin T. Makartur jamg‘armasi ham raqamli media va taʼlim sohasidagi 
tadqiqotlar uchun 80 million dollardan ko‘proq mablag‘ ajratib, turli tadqiqot va 
amaliy loyihalarni qo‘llab-quvvatladi. Yana bir AQShdagi media savodxonlik 
darajasi va reklama tahlil qilish qobilyatini aholi orasida keng targ‘ib etib 
kelayotgan tashkilotlardan biri - Media savodxonlikni oshirish milliy assotsatsiyasi 
hisoblanadi. Bu tashkilot 1997-yildan buyon faoliyat olib boradi va NAMLE 
konfrensiyasi, Media 
savodxonlik 
haftaligi kabi 
dasturlari 
orqali 
media 
savodxonlikni targ‘ib qilib kelmoqda. 
Kanadada media savodxonlikni targ‘ib etish va rivojlantirish XX asrning 
oxirlarida yuksala boshlandi. Shimoliy Amerikada taʼlim mavzusi sifatida 
ommaviy media savodxonlikka yondashuvning boshlanishi 1978-yilda  Ontarioda 


152 
joylashgan Association for Media Literacy (Media Savodxonlik Uyushmasi) 
(AML) tashkil etilishi bilan bog‘liq. O‘sha vaqtgacha ommaviy axborot 
vositalarida o‘qitish odatda individual tarzda amalga oshirilgan. 1987-yilda 
Ontario Media Savodxonligi Assotsiatsiyasidan (AML) bir guruh o‘qituvchilar 
Ontario hukumati uchun Media savodxonlikning asosiy tushunchalarini ishlab 
chiqdilar. O‘sha paytda media savodxonlik 8-13-sinflar uchun ingliz tili o‘quv 
dasturining bir qismi sifatida belgilab qo‘yilgan edi. Tadqiqotchilar bir necha oy 
davomida ishlab, Avstraliya va Buyuk Britaniyadagi turli manbalardan olingan 
asosiy tushunchalarni, xususan, Len Masterman va kanadaliklarni ham g‘oyalarini 
qo‘shishdi. Ushbu loyihada faol ishtirok etgan kanadaliklardan biri Jon 
Pungente bo‘lib, keyinchalik u o‘zining “More Than Meets the Eye: Watching 
Television Watching Us” asarida ham media savodxonlik konsepsiyalarini bayon 
etadi.
Kanada Shimoliy Amerikada birinchi bo‘lib maktab o‘quv dasturida media 
savodxonlikni targ‘ib qildi. Har bir viloyat o‘z o‘quv dasturida ommaviy axborot 
vositalarini majburiy ravishda belgilab qo‘ydilar. Masalan, Kvebekning yangi 
o‘quv dasturi 1-sinfdan o‘rta maktabning so‘nggi yiligacha Media savodxonlikni 
qamrab oladi. Kanadada media-taʼlimning boshlanishi ikki sababga ko‘ra yuzaga 
keldi. Buning bir sababi Amerika ommaviy madaniyatining keng tarqalishi 
haqidagi xavotir bo‘lsa, ikkinchisi yangi taʼlim paradigmalari uchun kontekstning 
taʼlim tizimiga bog‘liqligi edi. Kanadalik olim Marshall Makluan 1950-1960- 
yillarda media savodxonlik bo‘yicha Shimoliy Amerika taʼlim harakatini yaratdi.
Yevropada o‘tkazilgan taʼlim islohotlari negizida media savodxonlikni oshirishda 
katta 
yutuqlarga 
erishildi. 
Birlashgan 
Qiro‘llikda Aloqa 
agentligi media 
savodxonlikni oshirish bo‘yicha yirik siyosiy tashabbusni amalga oshirdi. 
Raqamli, madaniyat, media va sport departamenti (DCMS) ham 2021-yildan 
boshlab britaniyalik bolalar orasida media savodxonlikni oshirish strategiyasini 
boshladi. Strategiyaning maqsadi: yosh avlodni noto‘g‘ri maʼlumotni aniqlashga 
o‘rgatish. Natijalar esa quyidagicha bo‘ldi: 
Bolalarning faqat 2 % noto‘g‘ri maʼlumotni aniqlash uchun zarur bo‘lgan 
ko‘nikmalarga ega. 
O‘qituvchilarning yarmi (53,5 %) milliy o‘quv dasturi bolalarga soxta 
yangiliklarni aniqlash uchun zarur bo‘lgan savodxonlik ko‘nikmalarini bermaydi 
deb hisoblaydi. 
5 ta ota-onaning 2 tasi (39 %) hech qachon uyda bolasi bilan yangiliklarni 
tomosha qilmaydi, tinglamaydi yoki o‘qimaydi.
Yevropa komissiyasi tomonidan media savodxonligini oshirish va axborot 
almashishni rivojlantirishga yordam berish uchun stipendiyalar ham joriy qilingan. 

Yüklə 5,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin