Media va axborot savodxonligi



Yüklə 126,03 Kb.
səhifə7/8
tarix21.03.2023
ölçüsü126,03 Kb.
#88969
1   2   3   4   5   6   7   8
Media va axborot savodxonligi

Tarbiya fanida:
1-11 sinflar kesimida “Telefondan foydalanish odobi”, “Xavfsizliging oʻz qoʻlingda”, “Rost va yolgʻon axborotlar”, “Koʻzga koʻrinmas xatarlar”, “Xavfsiz media ummoni”, “Soxta xabarlar ortida nima bor?”, “Kibermakonda axborot isteʼmoli madaniyati” kabi 40 ga yaqin mavzular oʻrin olgan.
Huquq fani doirasida oʻquvchilar 5-11 sinflar kesimidagi mavzulardan kelib chiqib aytish mumkinki, media va axborot savodxonligi ham umuminsoniy huquqlarga asoslangan. Bunda, soʻz erkinligi va axborotdan foydalanish erkinligi huquqi bugungi mafkuraviy jarayonlarda har qanday maʼlumotga ergashmaslik, ehtiyotkorona yondashishni talab etadi.
Milliy oʻquv dasturi doirasida yangilangan 10-sinf Huquq fani oʻquv dasturida “Аxborot davrida inson huquqlari himoyasi”, “Texnologiyalar asrida mualliflik huquqi va mediasavodxonlik” kabi dolzarb mavzular kiritilgan.
Ona tili va oʻqish savodxonligi fani doirasida 1-11 sinflarda “Аqlli yordamchi”, “Dasturchilik qanday kasb?”, “Ijtimoiy tarmoqlar”, “Jurnalist kim?”, “Telefonga qaramlik kasallikmi?”, “Teleboshlovchi boʻlib qolsam”, “Internet – axborot toʻri” kabi 40 ga yaqin matnlar, ular bilan bogʻliq mashgʻulotlar keltirilgan.
Xalqaro tajribada media taʼlimni rivojlantirishning turli amaliyotlaridan qoʻllaniladi. Misol uchun, Finlyandiyada media-taʼlim nafaqat bolalar bogʻchalari va maktablarda, balki kutubxonalar, oʻyin xonalari, yoshlar markazlari, hatto virtual jamoalar va raqamli oʻyinlarda, xullas, bolalar va yoshlar boʻlgan barcha joylarda amalga oshiriladi. Finlandiya media-taʼlim jamiyati (www.mediaeducation.fi) nafaqat ushbu sohada tadqiqotni va amaliyotni milliy miqyosda qoʻllab-quvvatlaydi, balki media axborot savodxonligini rivojlantirishda ham muhim ahamiyatga egadir.
Finlyandiyada media savodxonlikni targʻib qiluvchi qariyb 100 ta tashkilot mavjud. Bu rasmiy taʼlim, yoshlar ishi, kutubxonalar va boshqa ijtimoiy-madaniy xizmatlar sohalarida amalga oshirilayotgan media-taʼlimga qoʻshimchadir. Bu yoʻnalishdagi chora-tadbirlar mamlakatda muntazam yoʻlga qoʻyilgan, turli yoʻnalishlarni, jumladan, taʼlim sohasini ham qamrab oladi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Xalq taʼlimi tizimida quyidagilarni amalga oshirish reja qilib olingan.
- Xalq taʼlimi tizimi, xususan maktab taʼlimidagi tegishli fanlar mazmuniga media va axborot savodxonligi mavzularini muntazam singdirib borish;
- Qoʻshimcha material va resurslarni yaratish;
- Media taʼlim boʻyicha fanlar mazmuniga singdirilgan mavzular orqali oʻquvchida hayotiy koʻnikma shakllantirish metodikalarni ishlab chiqish;
- Oʻqituvchilarni mediasavodxonlikka tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirish. 2024- yilga qadar 10 mingta oʻqituvchini mediasavodxonlik kurslarida oʻqishlarini tashkil qilish;
- Bolalar, oʻsmirlar, talabalar va maktab oʻquvchilariga onlayn xavfsizlik masalalari, internetda firibgarlik va bezorilik obyekti boʻlgan shaxslarga birlamchi maʼnaviy-psixologik yordam koʻrsatish choralarini koʻrish;
- Oʻquvchilar uchun media-makonda xavfsiz xulq-atvor qoidalarini oʻrgatuvchi targʻibot tadbirlari va shakllarini koʻpaytirish, internetga qaramlikning oldini olish boʻyicha axborot materiallarini (eslatmalar, varaqalar, bukletlar va boshqalar) ishlab chiqish;
- maktabdan tashqari taʼlim – toʻgarak, yozgi oromgohlar doirasida bolalarning mediasavodxonligini oshirish boʻyicha dasturlar ishlab chiqish;
- oʻquvchilar uchun axborot xurujlari, media taʼlim, axborot xurujlaridan himoyalanish yoʻnalishlarida targʻibot roliklarini tayyorlash rejalashtirilgan.
Respublika ta'lim markazi



Yüklə 126,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin