Media va axborot savodxonligi



Yüklə 126,03 Kb.
səhifə1/8
tarix21.03.2023
ölçüsü126,03 Kb.
#88969
  1   2   3   4   5   6   7   8
Media va axborot savodxonligi


Media va axborot savodxonligi

Media va axborot savodxonligi nima va uni maktabda qanday o‘rgatish kerak?
Media va axborot savodxonligi – bu ijodiy faoliyatda barcha zarur vositalardan foydalangan holda axborot va media mahsulotlarini samarali olish, tahlil qilish, tanqidiy baholash, talqin qilish, foydalanish, yaratish va tarqatish imkonini beradigan bilim, ko‘nikma, munosabat, malaka va amaliyotlar majmuidir. Bugungi kunda dunyo ommaviq axborot vositalarida axborotni tanlash va to‘g‘ri baholash qobiliyati dolzarb bo‘lib qolmoqda. Media savodxonligi, media ta’limi, media madaniyat, soxta va tashviqot axborotlariga qarshilik ko‘rsatish – bu kalit so‘zlarning barchasi ikki kunlik seminar trening mohiyatini aks ettirdi. “O‘zbekiston ta’lim tizimiga media savodxonlikni joriy etish” loyihasi doirasida “Media savodxonlik nima va uni maktabda qanday o‘qitish kerak?” mavzusidagi ushbu seminar-trening O‘zbekiston Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi, DW Akademiyasi va Germaniya tomoni hamkorligida tashkil etildi. Trening jarayonida ishtirokchilar o‘z tajribalari bilan fikr almashib, “Adolat tili”, kontent, Vebler sxemasi kabi yangiliklarga, turli ma’lumot, usul va metodikalarga ega bo‘lishdi.
Xo‘sh, media savodxonlik nima? Nega bugun uning ahamiyati tobora ortib bormoqda? Axborot oqimining bir necha barobar tezlashishi, ijobiy ma’lumotlar bilan bir qatorda salbiy xarakterdagi axborotning ko‘payishi media savodxonlikka ega bo‘lish zaruratini qo‘ydi. An’anaviy tarzda media savodxonlik shaxsning adabiya sarlarni tahlil eta olish va sifatli matnlarni yaratishidan iborat bo‘lgan. Bugun media savodxonlik – axborotning nega va nima uchun uzatilayotganligini bilish demakdir. Media savodxon inson o‘ziga bu axborotni kim va nima maqsadda yaratgan? Ushbu xabar men uchun zarurmi? Degan savolni bera olishi va to‘g‘ri xulosa chiqarishi, unga nisbatan tanqidiy yondashishi lozim. Mazkur savollar nafaqatsiz oilangiz davrasida televizor ko‘rayotgan, mashinada radio eshitayotgan yoki internetdagi xabarlarni ko‘rayotgan paytda berilishi, balki har qanday axborotni qabul qilayotgan va unga baho berayotganda ham kerak. Bugungi axboriy muhitni tushunishda media savodxonlik muhim ahamiyat kasb e tadi. Xo‘sh, media savodxonlik nima uchun kerak?
Avvalo:

  • Huquqiy demokratik jamiyatimizning to‘laqonli, faol fuqarosi sifatida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun - mohiyatini tushunish;

  • OAV orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralash ko‘nikmalarini shakllantirish;

  • Axborot orqali inson ongini boshqarishga yo‘l qo‘ymaslik va har qanday vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilish ;

  • Insonning vizual obrazlar ta’siri ostida ijobiy yoki salbiy tomonga o‘zgarishlarini tahlil eta olish va vizual xabarlar ostida beriladigan ko‘rinmas ma’lumotlarni “o‘qiy olish”;

  • OAV orqali beriladigan matnli kommunikatsiyalar mohiyatini tahlil etish;

Axborot qayerdan, kim tomonidan va nima maqsadlarda uzatilayapti, kimning manfaatlarini o‘zida aks ettirayapti, degan savollarga javob topa olish uchun zarurdir. Media savodxonlik tushunchasi borasida turli fikrlar mavjud bo‘lib, AQShning Jamiyat xususidagi xalqaro e nsiklopediyasida qayd e tilishicha, “Media savodxonlik — inson jamiyatdagi fuqaro sifatidagi mas’uliyatini his qilgan holda faol va savodli bo‘lishi, media matnlarni qabul qila olishi, yaratishi, tahlil eta olishi va baholashi, zamonaviy mediani ijtimoiy-madaniy va siyosiy mazmunini tushuna olishi demakdir”. Media savodxonlikning maqsadi har bir medianing ustuvorliklari va kamchiliklarini tushungan holda ular tomonidan tarqatilayotgan axborotni saralay bilish va zarurini qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘lsa, asosiy vazifasi insonlar tomonidan iste’mol qilinadigan har qanday axborotning manipulyativ kuchini anglagan holda undan chegaralanishdir. Shuningdek, odamlarga OAV hamda fuqarolik jurnalistika rolini tushunishga yordam berishdir.
Fikrimizcha, media savodxonlik media ta’limning uzviy bog‘liq qismidir. Shu bilan birgalikda uning ko‘rinishlari ko‘paymoqda. Bugungi kunda medianing tahlil etilishi natijasida tilimizga kirib kelayotgan tushunchalar, ya’ni media savodxonlik, media ta’lim, mediani o‘rganish va boshqalar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lsa-da, media axborotni qabul qilish, saralash, tahlil e tish, baholashda media savodxonlik tushunchasi bilan birgalikda media ta’lim, mediani o‘rganish, media madaniyat tushunchalari ham qo‘llanilyapti.
Masalan:
Media ta’lim
– media o‘quv dasturida integrallashgan, fanlar aro asosida o‘rganilishini;
– «mediamavzu»ni aniq bir fan doirasida tahlil etilishini;
– amaliyish va tahlil orqali mediaga tanqidiy yondashishni;
– uning shakli, texnologiyalari, axborotni uzatish usullarini o‘rganishni;
– media agentliklarni, ularning ijtimoiy, siyosiy va madaniy rolini o‘rganishni;
– talabaning OAV bilan ishlashini;
– tadqiqot faoliyatini;
– medianing til va san’at orqali auditoriyaga ta’sirini o‘rganadi.

Mediani o‘rganish esa o‘z navbatida:


– mediani nazariy jihatdan o‘rganishni;
– mediani qiyosiy jihatdan tahlil etishni;
– uning konseptual tarkibini;
– media matnni tahlil etish va uning yaratilish metodikasini;
– ommaviy kommunikatsiya, kino san’ati va madaniyatshunoslik fanlarining o‘zaro bog‘liqligini;
– OAVning ta’sirini o‘rganadi.
Media savodxonlik mediani o‘rganish bo‘lib, media ta’limning quyidagi natijalariga asoslanadi va o‘z oldiga:
– medianing shaxs va jamiyatga ta’sirini tushunish;
– ommaviy kommunika tsi ya jarayonini anglash;
– media matnlarni tushunish va tahlil eta olish;
media kontekstini tushunish;
– media matnlarni yaratish va ularni tahlil etish;
– media matnlarni baholashga va ularni saralash vazifalarini qo‘yadi.
Bugungi kunda media, ya’ni ommaviy axborot vositalari, kino, teatr, san’atning turlari, madaniyat sarchashmalari, internet orqali uzatilayotgan har qanday ma’lumot inson ongiga o‘zining ma’lum bir ta’sirini o‘tkazib, uning dunyoqarashini o‘zgartirishga sabab bo‘lmoqda. Yuqorida tilga olingan tushunchalarning qo‘llanilishi va bugungi kunda media ta’lim, media savodxonlik, media tanqid va mediani o‘rganishga bo‘lgan intilishning asosiy maqsadi ham axborotning yaratilishi, uning tarqalish jarayonini tushunib yetish, tijorat, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va madaniy maqsadlarda tarqatilayotgan axborotning mohiyatini anglagan holda uni baholay olishdir.
Ayni paytda media ta’lim asoslarini har bir ta’lim muassasasiga o‘quv dasturiga kiritish, o‘quvchi yoshlarga maktablarda ta’lim jarayonida uning asoslarini interaktiv, turli o‘yinlar shaklida tushuntirish, o‘sib kelayotgan avlod tomonidan shiddatli axborot oqimida zarurini tanlash va unga tanqidiy yondoshgan holda baholay olish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida yoshlarning kelajakdagi fuqarolik pozitsiyasini yanada mustahkamlanishiga, jahonda yuz berayotgan voqea-hodisalarni xolis baholab, to‘g‘ri qaror qabul qila olishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Asosiy xulosa shuki, biz hammamiz media olamida yashaymiz va har kuni media savodxonlik muammolariga duch kelamiz. Yoshlarga bunday qiyin sharoitda o‘zini tutish qoidalari va o‘z-o‘zini himoya eta olishni o‘rgatish juda muhimdir.

Gulhayo SAMANDAROVA, Shayxontohur tumanidagi 132-maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari





Yüklə 126,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin