Mediator team Fiziologiya Klinika



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/38
tarix27.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#200407
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38
Trombotsitlar va qon ivishi

MEDIATOR team
 
Qon koagulatsiyasida Ca ning roli
Qon koagulatsiya mexanizmlarini oʻrganishdan maʼlum boʻldiki, ichki yoʻlning dastlabgi ikki bosqichidan 
tashqari barcha reaksiyalarni kuchaytirish uchun Ca
2+
ionlari talab qilinadi. Shu sababli, Ca
2+
ionlari boʻlmagan 
taqdirda qon ivishi boʻlmaydi. Shunday qilib Ca
2+
ionlarini chiqarib tashlash orqali qon ivishi “in vitro” usulida 
uzib qoʻyilishi mumkin. Oksalat va sitratlardan “in vitro” antikoagulyant sifatida foydalanish aynan shunga 
asoslangan. Ammo, “in vivo”dagi gipokalsemiya (m: D vitamin yetishmasligi yoki gipoparatireodizm) qon 
ketishiga sabab boʻlmaydi.
 
K vitamini, jigar va tomir devorining gemostaz hamda 
koagulatsiyadagi roli 
!!!
 K vitamini zarur yoki yoʻqligiga qarab plazma omillari ikki guruhga boʻlinadi: 1) K vitaminiga bogʻliq 2) 
K vitaminidan mustaqil.

K vitamini
K vitamini 
naftokuinon
kompleksidan kelib chiqadi. Tabiiy K-vitaminining 2ta fraksiyasi mavjud. U yogʻda 
eruvchan tabiatga ega. Shuning uchun, oral yoki intramuskular yuboriladi. Ammo, intravenoz qoʻllash uchun 
uni maxsus, juda mayda emulsiya holatiga keltirib tayyorlash kerak.
 
K vitamini ovqat tarkibidan olinishi, shuningdek, ichakdagi bakterial flora orqali sintezlanishi mumkin.
□■
K vitamini yashil sabzavotlar, don mahsulotlari va hayvon toʻqimalarida koʻproq uchraydi.
□■
Odam ichagida uchrovchi normal mikroflora (m: E.coli) tomonidan sintezlanishi mumkin. Odamdagi 
bakterial mikroflora organizm ehtiyojlari uchun yetarli K-vitaminini sintezlay oladi, shu sabab K-vitamini 
defitsiti hollari kam hollarda ovqatlanishga bogʻliq boʻladi. 
Ovqat orqali qaʼbul qilingan va sintezlangan vit-K ichaklar orqali soʻriladi va jigarda zahiralanadi. Uning 
ingichka ichak orqali soʻrilishi faqat 
oʻt tuzlari
boʻlganda sodir boʻladi. Jigarda quyidagi faktorlar K-vitaminiga 
bogʻliq holda sintezlanadi: 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin