!!! Jigar yetishmovchiligi (gepatit, sirroz) qon ivishida yetishmovchiliklarga, shuningdek, tomir ichida nazoratsiz qon ivishlariga olib kelishi mumkin. Qon tomirlarning roli Qon koagulatsiyasi va gemostaz mexanizmlarida qon tomirlarining
endoteliysi, subendotelial toʻqima va
silliq mushaklari muhim vazifalarni bajaradi.
Endoteliy bir vaqtning oʻzida antikoagulatsion va koagulatsion rol oʻynaydi:
Endoteliyning antikoagulatsion rollari: □■ subendotelial toʻqima va qon orasida bariyer hisoblanadi
□■ u ishlab chiqargan
geparin va a2-makroglobulin koagulatsiyani ingibirlab turadi
□■ jarohatlanmagan endoteliyning
silliqligi trombotsitlar agregatsiyasini oldini oladi
□■ endoteliy hujayralari
PGI2 (prostaglandin) ishlab chiqaradi, u trombotsitlar agregatsiyasini ingibirlaydi.
Endoteliyning koagulatsion rollari □■ Endoteliy
Von Willebrand faktorini (VWF) sintezlaydi. Plazma VWF i (tomir jarohatlangandan keyin)
trombotsitlar va subendoteliy oʻrtasida koʻprik vazifasini bajaradi va shu bilan trombotsitlar agregatsiyasi va
gemostazni boshlaydi.
□■ Jarohatdan keyin,
toʻqima faktori endoteliydan ajralib chiqadi. TF qon ivishining
tashqi yoʻli mexanizmlarini boshlab beradi.
□■ Plazminogenni plazminga aylantiradigan
plazminogen aktivatori ham endoteliy hujayralari tomonidan
ajraladi.
Subendotelial toʻqima asosan, kollagen tolalaridan tuzilgan subendotelial toʻqima koagulatsiyada quyidagi vazifalarni bajaradi: