Virxov tromb shakllanishi uchun 3 faktorni aytgan ( Virxov triadasi ) 1. Endoteliyning jarohatlanishi Yuqorida jarohatlanmagan endoteliy qanday qilib qon ivishini oldini olishi haqida koʻrib chiqdik. Endoteliy
quyidagi holatlarda jarohatlanishi mumkin: ateroskleroz, gipertenziya, arterial kasalliklar, tizimli kasalliklar,
qandli diabet, giperxolesterinemiya vahokazo.
2. Qon oqimidagi oʻzgarishlar Odatda operatsiya oʻtqazgan (tomir jarohatlari) bemorlarda yoki yotib qolgan bemorlarda (muskullar
kontraksiyasi hisobiga).
3. Qonning giperkoagulatsion xususiyati □■ fibrinogen, protrombin, VIa,VIIa va Xa faktorlar kabilarning oshishi
□■ trombotsitlar soni va ularning adgezivlik xususiyati oshishi
□■ antitrombin III va fibrinogen parchalanish mahsulotlari kabi koagulatsion ingibitorlarning kamayishi
Trombogenezdagi hodisalar ketma-ketligi Trom hosil boʻlishiga olib keladigan hodisalar ketma ketligi quyidagilardan iborat:
1. Trombotsitlar adgeziyasi Endoteliyga trombotsitlar adgeziyasi trombogenezning birinchi qadami hisoblanadi. Trombotsitlar massasi
boshqa trombotsitlar kelib birikishi hisobiga oshadi. Harakatdagi leykotsitlar xuddi pashshalar yopishqoq
pashsha qogʻozga yopishgandek trombotsitlarga yopishadi.
2. Koagulatsiya sistemasining aktivlanishi Trombotsitlar
tromboplastinlarni ajratadi va ular esa koagulatsiya sistemasini faollaydi. Shu tarzda fibrin
filamentlari barcha qismga tarqaladi. Trombotsitlar adgezion kompleksi boshqa bir kompleks bilan fibrin
filamentlari orqali bogʻlanadi.
3. Fibrin tarmogʻida RBC va WBC lar chalkashishi sodir boʻladi va oxirida tromb deb ataladigan qattiq ivigan mahsulot hosil boʻladi. Qizil hujayralar parchalanadi
va gemoglobinni yoʻqotadi, shu sababli hosil boʻlganiga maʼlum vaqt oʻtgan tromb sargʻish-yashil rangda, unga
yangi qoʻshilgan tromb esa qizgʻish rangda boʻladi.