hollarida protrombin yetishmovchiligi, qon ivish vaqti uzayishi va jiddiy gemorragiyalar kuzatilishi mumkin.
Sabablari: yuqorida aytilganidek ovqat tarkibida yetishmovchiligiga deyarli bogʻliq emas, demak, K-vitamin
yetishmovchiligi quyidagi klinik hollarda kuzatiladi:
1.
Mexanik sariqlik hollarida
(sabab oʻt ichakka yetib bormaganligi uchun vit-K ning absorbsiyasi buziladi).
2.
Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda
ham vit-K yetishmovchiligi kuzatiladi (sabab, ichak normal mikroflorasi hali
yetarli darajada shakllanmagan boʻladi. Shu sababli, yangi tugʻilgan chaqaloqlarga K vitaminini muntazam
berish tavsiya etiladi).
3.
Surunkali diareyada
: Bu holatda anormal mikroflora hisobiga vit-K sintezida buzilish va/yoki
absorbsiyasidagi yetishmovchilik sabab boʻlishi mumkin. Bu holat yogʻlar absorbsiyasidagi defekt tufayli ham
boʻlishi mumkin. (sprueda)
4.
Antibiotiklar zararli taʼsiri hisobiga
. Sabab esa antibiotiklar (asosan, keng spektrga ega sefalosparinlar)
normal mikroflorani ham nobut qilishidir.
Zebo Iskandarova. Aziza Zaynutdinova. Mirmuhsin Axtamov
. |
MEDIATOR team
Jigarning roli
Koagulatsiya mexanizmida jigar quyidagi muhim vazifalarni bajaradi:
1. Prokoagulantlar sintezi: V, VII, IX, X faktorlar, protrombin va fibrinogen sintezlanadi.
2. Aktivlangan prokoagulantlarni olib tashlash. Jigar shuningdek, aktivlangan prokoagulantlarni qondan olib
tashlaydi.
3. Antikoagulantlar sintezi: Jigar shunindek, geparin, antitrombin III va C-oqsil kabi antikoagulantlarni
sintezlaydi.
Dostları ilə paylaş: