Zebo Iskandarova. Aziza Zaynutdinova. Mirmuhsin Axtamov
. |
MEDIATOR team
Tromb effektlari
Qon tomirlar ichidagi tromb hajmi va joyi oʻzgarib turadi. Tromblar quyidagi mexanizmlardan biri orqali
zararli taʼsir qilishi mumkin:
1.
Ishemiya va infarkt
Tromb maʼlum organ qismining qon bilan taʼminlanishini kamaytirishi yoki butunlay toʻxtatishi natijasida
ishemiyaga sabab boʻlishi mumkin. Oxir oqibat esa infarkt kelib chiqishi mumkin. Arterial tromb koʻpincha
ishemiya va infarkt sababchisi boʻlishi mumkin. Masalan, koronar arteriyalardagi tromb
miokard ishemiyasi
va
infarktiga
sababchi boʻlishi mumkin.
2.
Tromboembolizm
Tromb yoki uning qismi ajralib (
tromb 3 qismdan tuzilgan boʻladi, bosh, tana, dum. Koʻpincha dumi uziladi
)
qon oqimi orqali uzoqdagi tomirlarda embollar hosil qilishi mumkin. Yurak va vena tromblar arterial trombdan
koʻra tez-tez uchraydi. Embollarga misollar:
Pulmonar embolizm
: Oyoq venalarida hosil boʻlgan tromblarning uzilishi oʻpka arteriyalarida embollar hosil
qilishi mumkin.
Serebral embolizm
: yurak yoki uyqu arteriyalarida hosil boʻlgan tromblar miya arteriyalarida embollar hosil
qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: