Mediator team Fiziologiya Klinika


□■  Vaqtinchalik laxta hosil qilishda – trombotsitlar agregatsiyasi va adgeziyasi hisobiga  □■



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/38
tarix27.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#200407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Trombotsitlar va qon ivishi

□■ 
Vaqtinchalik laxta hosil qilishda
– trombotsitlar agregatsiyasi va adgeziyasi hisobiga 
□■
Laxta hosil boʻlishidagi vazifasi – 
trombotsitlar qon ivishining boshlanishi uchun javobgar 
ichki protrombin 
aktivatori
shakllanishida muhim rol oʻynaydi. 
□■
 Retraksiyadagi roli (laxta tortilishida)
Trombotsitlar tarkibidagi qisqaruvchi oqsillar (aktin, miozin, tromboserin) laxta retraksiyasida muhim rol 
oʻynaydi. 
□■
Jarohatlangan tomirlar tiklanishidagi (
reparatsiyadagi
) roli
Trombotsitlar sitoplazmmasida mavjud boʻlgan 
trombotsitar oʻsish omili
(PDGF) shikastlangan tomirlar 
endoteliysi tiklanishida muhim rol oʻynaydi. 
!!!
Trombotsitar oʻsish omili shuningdek, makrofaglar va endotelial hujayralarda ham sintezlanadi va u alfa va 
betta subbirlikdan iborat. 
2. 
Himoya mexanizmidagi roli
Trombotsitlar agglutinatsiya jarayonida fagositoz qilish qobilyatiga ham ega. Ular odatda, uglerod 
zarrachalarini, viruslar va immun komplekslarni fagotsitoz qilishga yordamlashadi. (
!!!
Tarkibidagi lizotsim, 
betta lizin vahokazolar yordamida
)
3. 
Tashish va zahira funksiyasi
Trombotsitlar GIT dan o'tayotganda konsentratsiya gradiyentiga qarshi 5HT (serotonin) ni olishi mumkin. 5HT 
trombotsitlarda zahiralanishi va jarohatlangan sohaga tashilishi mumkin. 
Normal miqdori va normadan siljish turlari
Normada trombotsitlarning miqdori 1,5-4,5 lakh/ml atrofida oʻzgarib turadi. Oʻrtacha miqdori esa 2,5 lakh/ml 
ga teng hisoblanadi. 
Fiziologik oʻzgarishlar
1. 
Yosh
– trombotsitlarning miqdori chaqaloqlarda kamroq (1-2lakh/ml) boʻladi. Kattalardagi miqdori 
tugʻilishdan 3 oy oʻtib aniqlanadi.
2.
 Jins
– odatda erkaklar va ayollarda trombotsitlar miqdori farqlanmaydi. Ammo, ayollarda hayz jarayonida 
qon ketishlar hisobiga trombotsitlar miqdori kamayishi kuzatiladi.
3. 
Ovqatdan keyin
– trombotsitlar miqdorining yengil oʻsishi kuzatiladi.
4. Kuch talab qiladigan mashqlardan keyin – trombotsitlar miqdori oshishi kuzatiladi.
5. 
Yuqori balandliklarda
– trombotsitlar miqdori ortishi kuzatiladi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin