Zebo Iskandarova. Aziza Zaynutdinova. Mirmuhsin Axtamov
. |
MEDIATOR team
Gemostaz
Gemostaz – jarohatlangan qon tomirlardan qon ketishini oldini olish yoki toʻxtatish maqsadida amalga
oshiriladigan spontan fiziologik jarayon. Gemostaz jarayoni qon tomir shikastlanishi bilan darhol boshlanadi va
quyidagi 3 asosiy bosqichdan iborat:
1.
Vazokonstiksiya
2. Gemostatik
vaqtinchalik laxtaning shakllanishi
3. Mustahkam
gemostatik trombning shakllanishi
!!!
Jarayon soʻngida gemostatik tromb ichida fibroz toʻqima oʻsishi kuzatiladi.
1.
Vazokonstriksiya
Vazokonstriksiya gemostaz jarayonida muhim rol oʻynaydi (
spazm
orqali qon oqimi sekinlashadi
). Jarayon
quyidagi mexanizmlar orqali:
□■ Mahalliy miogen spazm mexanizmi
(
dastlabgi vazokonstriksiya
) – Tomirlar shikastlangandan keyin,
darhol, jarohatdan bir necha santimetr masofada kuzatiladi. Qon tomirning torayish darajasi jarohatga
proporsional boʻlib, dastlabgi vazokonstriksiya kichik tomirlardan qonning ketishini toʻxtatishga yetarli
boʻlishi mumkin. Bu mexanizm bir necha daqiqa yoki gumoral omillar taʼsirida bir necha soatgacha davom
etishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: