MEDIATOR team
Trombotsit shakllanish bosqichlari
1. Megakarioblast
Suyak koʻmigida trombotsitopoez yoʻlining dastlabgi prekursori megakarioblast hisoblanadi. U Meg-CFU dan
differensirovka jarayonida hosil boʻladi.
□■
Megakarioblastlarning diametri 20-30mkm
□■
Sitoplazmasi koʻk va agranular
□■
Yadrosi katta, oval yoki buyrak shaklida boʻladi
2.
Promegakariotsit
Promegakariotsit
megakarioblastdan shakllanadi, megakarioblast yadrosining xromatini endo-reduplikatsiyaga
uchraydi yaʼni hujayra boʻlinishsiz yadro xromatinini ikki hissa oshiradi. Oqibatda, yadro DNK si normal
diploid toʻplamdan 32 marta koʻp boʻlgan, granular sitoplazmaga ega yirik hujayra –
Promegakariotsit
shakllanadi. Granulalar hujayraga bazofillik xususiyatini beradi.
3.
Megakariotsit
Promegakariotsitlar shakllanib (yetilib) quyidagi xususiyatga ega megakariotsitlarga aylanadi:
□■
diametri 30-90mkm
□■
4-16 boʻlakli (multilobe) yagona yadro ega boʻladi
□■
Sitoplazma hajmi katta va och koʻk rangda, tarkibida qizil-pushti granulalar saqlaydi.
□■
Hujayra chetlari notoʻgʻri va pseudopodiylar shaklida. Trombotsitlar aynan shu psevdopodiylardan hosil
boʻlib, qon oqimiga ajraladi. Har bir megakariotsitdan 4000 ta trombotsit shakllanishi mumkin.
Trombotsitlarning oʻzak hujayralaridan hosil boʻlgunicha 10 kun vaqt yetarli boʻladi.
Trombotsitopoez boshqarilishi
Trombositopoez quyidagi gumoral faktorlar orqali boshqariladi
□■
Trombopoetin
□■
Megakariotsit koloniya stimullovchi faktor (Meg-CSF)
Trombopoetin
Jigar va buyrak tomonidan sintezlanib sirkulatsiyaga chiqariladigan va megakariotsitlar yetilishini
taʼminlaydigan oqsil hisoblanadi. Trombopoetin trombotsitlardagi maxsus retseptorlar orqali trombotsitlar
ishlanishini qaytar aloqa orqali boshqaradi. Yaʼni, trombotsitlar miqdori kamaysa, trombotsitlar bilan kamroq
bogʻlanadi va trombotsitlar koʻproq ishlab chiqarilishini taʼminlaydi. Boshqa tomondan, trombotsitlar miqdori
koʻp boʻlsa, retseptorlar bilan koʻproq bogʻlanadi va trombositlar ishlanishini kamroq stimullaydi.
Dostları ilə paylaş: |