Trombotsitlar aktivlanishi Trombotsitlar katta miqdorda
ADF va
tromboksan-A2 ajratadi, ular yaqindagi boshqa trombotsitlarga taʼsir
qiladi va ularning aktivlanishiga olib keladi. Yangi aktivlangan trombotsitlar adgeziyalangan trombotsitlarga
yopishishi kuzatiladi. Shu tariqa koʻplab trombotsitlar aktivlanishi va yopishishi kuzatiladigan
zanjir sikli hosil
boʻladi.
Trombotsitlar agregatsiyasi Katta miqdordagi trombotsitlar aktivlanishi trombotsitlarning oʻzaro yopishib
agregatsiya hosil qilishiga olib
keladi. Trombotsitlar agregatsiyasi –
trombotsit aktivlovchi faktor (PAF = platelet activating factor ),
neytrofillardan ajraluvchi
sitokinlar , trombotsit membrana lipidlari tomonidan oshiriladi.
Shuningdek, ularning agregatsiyasi trombin tomonidan aktivlanadi, GPIIb/IIIa tomonidan stabillanadi. Shakli oʻzgargan trombotsitlar yuzasida GPIIb/IIIa koʻpayadi hamda u fibrinogenga bogʻlanish qismi hisoblanadi, boshqa tomondan esa trombotsitlar agregatsion va adgezion xususiyatini oshiradi. Keyingi laxta shakllanishining ingibirlanishi Membrana fosfolipidlaridan shakllangan
prostasiklinlar tromboksan shakllanishini ingibirlaydi. Bu keyingi
laxta shakllanishini qisqartiradi va trombotsitlarning lokalizatsiyasini taʼminlaydi yaʼni laxtaning tomir ichiga
tarqalishini oldini oladi.
!!! Yuqorida aytib oʻtilgan trombotsitar tiqinning (vaqtinchalik laxtaning) hosil boʻlishi baʼzi adabiyotlarda birlamchi gemostaz deya taʼkidlanadi va u 100mkm dan kichik diametrli qon tomirlar uchun yetarli boʻladi. Yirik qon tomirlardagi qon ivishining oxirgi bosqichlarida fibrin tolalari shakllanadi. Ular trombotsitlarga
Zebo Iskandarova. Aziza Zaynutdinova. Mirmuhsin Axtamov . | MEDIATOR team mustahkam birikadi va zich tiqinni hosil qiladi. Bu bosqich esa ikkilamchi - koagulatsion gemostaz deb nomlanadi.