)
Kuikning 1 bosqichli usuli
hozirgi kunda protrombin vaqtini oʻlchashning standart usuli hisoblanadi. Ushbu
metodda oksalatlangan yoki sitratlangan bemor plazmasiga toʻqima tromboplastini (
sotuvda mavjud
) va CaCl2
eritmasi qoʻshiladi. Aralashma 37°Cga qoʻyiladi. Yakunida suyuq holatning gel holatga oʻtishi kuzatiladi va bu
11-16 sekundni tashkil qiladi.
Xalqaro normallashtirilgan nisbat (International normalized ratio
(INR = ruschada
MNO
) yaratilgan boʻlib,
aniqlangan PT baholashga yordam beradi. (
PT dan koʻra INR qulayroq hisoblanadi, chunki INR da toʻqima
faktori faolligi ham hisobga olingan
) INR normada 0,9-1,3 oraligʻida boʻladi. INR ning yuqori darajasi (4 yoki
5) qon ketish xavfi borligini bildirsa, INR ning past koʻrsatkichi qon ivish xavfi borligini koʻrsatadi. Warfarin
terapiya oluvchilarda INR 2 yoki 3oraligʻida boʻlishini koʻrishimiz mumkin.
Trombin vaqti (
TT
)
koagulatsiyaning soʻngi bosqichini yaʼni funksional fibrinogenni bildiradi. Ushbu
testda plazmaga trombin qoʻshiladi va fibrinogenni finbringa aylantiradi. Odatda, bu vaqt 10 sekundni tashkil
qiladi. Disfibrinogenemiya, gipofibrinogenemiya, DVS sindromi va geparin terapiyada TT uzayadi.
Dostları ilə paylaş: |