Mediator team Fiziologiya Klinika



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/38
tarix27.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#198681
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38
Trombotsitlar va qon ivishi

Tromb turlari
Trombning 3 turi farqlanadi (
baʼzi manbalarga koʻra 4
)

□■
Qizil tromb

venoz tromblar odatda qizil va okklyuziv boʻladi. Qizil tromb yumshoq, qizil va jelatinsimondir.

□■
Oq tromb
arterial tromblar odatda oq, devoriy va mustahkam boʻladi.

□■
Aralash yoki 
laminatlangan tromblar
ham keng tarqalgan boʻlib, 
Zahn chiziqlari
deb nomlanuvchi qizil va 
oq qon hujayralaridan tuzilgan boʻladi. 
 


Zebo Iskandarova. Aziza Zaynutdinova. Mirmuhsin Axtamov
. | 
MEDIATOR team
 
Tromb effektlari
Qon tomirlar ichidagi tromb hajmi va joyi oʻzgarib turadi. Tromblar quyidagi mexanizmlardan biri orqali 
zararli taʼsir qilishi mumkin:
 
1. 
Ishemiya va infarkt
 
Tromb maʼlum organ qismining qon bilan taʼminlanishini kamaytirishi yoki butunlay toʻxtatishi natijasida 
ishemiyaga sabab boʻlishi mumkin. Oxir oqibat esa infarkt kelib chiqishi mumkin. Arterial tromb koʻpincha 
ishemiya va infarkt sababchisi boʻlishi mumkin. Masalan, koronar arteriyalardagi tromb 
miokard ishemiyasi
va 
infarktiga 
sababchi boʻlishi mumkin. 
2.
 
 Tromboembolizm
Tromb yoki uning qismi ajralib (
tromb 3 qismdan tuzilgan boʻladi, bosh, tana, dum. Koʻpincha dumi uziladi

qon oqimi orqali uzoqdagi tomirlarda embollar hosil qilishi mumkin. Yurak va vena tromblar arterial trombdan 
koʻra tez-tez uchraydi. Embollarga misollar:
 
Pulmonar embolizm
: Oyoq venalarida hosil boʻlgan tromblarning uzilishi oʻpka arteriyalarida embollar hosil 
qilishi mumkin.
Serebral embolizm
: yurak yoki uyqu arteriyalarida hosil boʻlgan tromblar miya arteriyalarida embollar hosil 
qilishi mumkin. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin