Mediator team Fiziologiya Klinika



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/38
tarix27.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#198681
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38
Trombotsitlar va qon ivishi

MEDIATOR team
 
□■
Antitrombin III yoki geparin kofaktori-II 

□■
Protein-C
 
1. Geparin
Birinchi marta jigardan ajratilgan kuchli, tabiiy antikoagulant hisoblanib, shu sababli geparin nomi berilgan. 
(Hepar=liver=jigar). Shuningdek, bir qancha aʼzolardan ham topilgan. Uning tarkibidagi polisaxaridlar 
(Glikozaminoglikanlar) bir qancha sulfat guruhlarini oʻzida saqlaydi. Molekular ogʻirligi esa 15 000 -18 000 
Da.
 
Sekretsiyasi

Geparin bazofillar va semiz hujayralar tomonidan sintezlanadi. (jigar, oʻpka va biriktiruvchi toʻqimaga boy 


organlarda)

Geparinning parchalanishi esa jigarda 
geparinaza 
fermenti taʼsirida amalga oshadi.

Geparin operatsiyadan yoki travmadan keyin tomirlar ichida qon ivishini oldini oladigan faktorlardan biri. 


Uning taʼsir mexanizmi: Geparin bevosita antikoagulant xossaga kam ega yoki umuman ega emas, ammo 
antitrombin III bilan birga, trombinni olib tashlash maqsadida antitrombin III ning effektivligini 100 barobar 
oshiradi. 
(Tromb shakllanish davomida protrombindan shakllangan trombin fibrin iplariga soʻriladi, shunday 
qilib geparin trombning haddan ortiq tarqalishining oldini oladi)
. Yaʼniki trombin antitrombin III bilan 
kompleks hosil qiladi va trombinning fibrinogenga taʼsirini bloklaydi. Shunday qilib, geparinning antikoagulant 
mexanizmini quyida koʻrishimiz mumkin:

□■ 
protrombinning trombinga oʻtishini oldini oladi
□■
trombinning fibrinogenga taʼsirini ingibirlaydi
□■
antitrombin III ishini yengillashtiradi yaʼni IX, X, XI, XII faol shakllarini ingibirlaydi. 
2. Antitrombin III
vaskular endoteliyda boʻlgani kabi plazmada ham mavjud. U proteaza ingibitori boʻlib bir 
qancha koagulatsion faktorlar (aktiv IX, X, XI va XII) hamda trombinni inaktivatsiyalaydi.
3. Protein C
jigarda sintezlanadigan plazma oqsili boʻlib, 
trombomodulin
va 
protein-S
bilan birgalikda 
koagulatsiya tizimini kontrol qilib turadigan negativ qaytar aloqani tashkil qiladi. Uni quyidagi sxemadan 
koʻrishimiz mumkin:
Trombomodulin 


Zebo Iskandarova. Aziza Zaynutdinova. Mirmuhsin Axtamov
. | 
MEDIATOR team
 
Miyaning mikrosirkulatsiyasidan tashqari
barcha endoteliy hujayralaridan ishlab chiqariluvchi trombinni 
bogʻlovchi oqsil. U trombinni 
protein-C
aktivatoriga aylantiradi.
Protein C
Protein C
aktivatori orqali aktivlanadi. Aktiv protein C (APC) hosil boʻlishi uchun 
kofaktor protein-S
kerak 
boʻladi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin