Mediator team Fiziologiya Klinika


Hujayra membranasidagi invaginatlar



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/38
tarix27.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#198681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Trombotsitlar va qon ivishi

Hujayra membranasidagi invaginatlar
– 
kanilikular tizim
yoki yuza birikuv tizimi deb nomlanadi.
Trombotsitlar membranasidagi retseptorlar: kollagen, fibrinogen, ADP va qon tomir Willebrand faktori bilan 
bogʻlanish uchun moʻljallangan.
!!!
Tromboksan A2, prostaglandinlar, leykotrienlar hamda trombotsitar 3 va 4 – factor kabilarning 
prekursorlari ham membranada joylashgan.
Mikrotubulalar
Mikrotubulalar 
tubilin
oqsillarining polimerlanishidan hosil boʻladi. Mikrotubulalarning zich tugunlari 
membrana ostida butun sitoplazma boʻylab joylashgan boʻlib, sirkulatsiyadagi trombotsitlarning 
diskoid 
shaklini saqlashga javobgar.
 
Sitoplazma
Sitoplazma tarkibi – golji, endoplazmatik toʻr, mitoxondriya, mikrotubulalar, mikrovezikulalar, filamentlar, 
granulalar, glikogen, lizosoma, oqsillar, enzimlar va garmonlardan iborat. Ularning baʼzi vazifalari 
quyidagicha:
□■
ET va Golji turli xil enzimlarni sintezlash va yuqori miqdorda Ca
2+
zahiralash funksiyasini bajaradi.
 


Zebo Iskandarova. Aziza Zaynutdinova. Mirmuhsin Axtamov
. | 
MEDIATOR team
 
□■
Mitoxondriya ATF sintezlash funksiyasini bajaradi.
□■
Qisqaruvchan oqsillar aktin, miozin va trombostenindan iborat. Aktin va miozin oqsillari muskulning 
qisqaruvchi oqsillari hisoblanib, trombotsitlarda ular 
retraksiya
jarayonini amalga oshiradi. 
Sitoplazmadagi boshqa oqsillar
:
□■
fibrin stabillovchi faktor
– qon koagulatsiyasida muhim hisoblanadi.
□■
trombotsitlar oʻsish omili
– qon tomir endoteliy hujayralarining, vaskular silliq mushak hujayralarining va 
fibroblastlarning oʻsishiga sababchi boʻladi va shu sababli shikastlangan tomir tiklanishida qatnashadi.
□■
Von Willebrand faktori
(VWF) – tomir endoteliy hujayralari tomonidan ishlab chiqariluvchi sirkulatsiyadagi 
katta oqsil hisoblanadi. U trobotsitlar adgeziyasida muhim rol oʻynaydi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin