Mediator team Fiziologiya Klinika



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/38
tarix27.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#198681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Trombotsitlar va qon ivishi

MEDIATOR team
 
Trombotsit shakllanish bosqichlari
1. Megakarioblast

Suyak koʻmigida trombotsitopoez yoʻlining dastlabgi prekursori megakarioblast hisoblanadi. U Meg-CFU dan 


differensirovka jarayonida hosil boʻladi.
 
□■
Megakarioblastlarning diametri 20-30mkm
□■
Sitoplazmasi koʻk va agranular
□■
Yadrosi katta, oval yoki buyrak shaklida boʻladi 
2. 
Promegakariotsit

Promegakariotsit
megakarioblastdan shakllanadi, megakarioblast yadrosining xromatini endo-reduplikatsiyaga 
uchraydi yaʼni hujayra boʻlinishsiz yadro xromatinini ikki hissa oshiradi. Oqibatda, yadro DNK si normal 
diploid toʻplamdan 32 marta koʻp boʻlgan, granular sitoplazmaga ega yirik hujayra – 
Promegakariotsit
shakllanadi. Granulalar hujayraga bazofillik xususiyatini beradi.
 
3. 
Megakariotsit
 
Promegakariotsitlar shakllanib (yetilib) quyidagi xususiyatga ega megakariotsitlarga aylanadi: 
□■
diametri 30-90mkm
□■ 
4-16 boʻlakli (multilobe) yagona yadro ega boʻladi
□■ 
Sitoplazma hajmi katta va och koʻk rangda, tarkibida qizil-pushti granulalar saqlaydi.
□■
Hujayra chetlari notoʻgʻri va pseudopodiylar shaklida. Trombotsitlar aynan shu psevdopodiylardan hosil 
boʻlib, qon oqimiga ajraladi. Har bir megakariotsitdan 4000 ta trombotsit shakllanishi mumkin. 
Trombotsitlarning oʻzak hujayralaridan hosil boʻlgunicha 10 kun vaqt yetarli boʻladi. 
Trombotsitopoez boshqarilishi
Trombositopoez quyidagi gumoral faktorlar orqali boshqariladi 
□■
Trombopoetin
□■
Megakariotsit koloniya stimullovchi faktor (Meg-CSF) 
Trombopoetin

Jigar va buyrak tomonidan sintezlanib sirkulatsiyaga chiqariladigan va megakariotsitlar yetilishini 


taʼminlaydigan oqsil hisoblanadi. Trombopoetin trombotsitlardagi maxsus retseptorlar orqali trombotsitlar
ishlanishini qaytar aloqa orqali boshqaradi. Yaʼni, trombotsitlar miqdori kamaysa, trombotsitlar bilan kamroq 
bogʻlanadi va trombotsitlar koʻproq ishlab chiqarilishini taʼminlaydi. Boshqa tomondan, trombotsitlar miqdori 
koʻp boʻlsa, retseptorlar bilan koʻproq bogʻlanadi va trombositlar ishlanishini kamroq stimullaydi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin